Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Qishda (dekabr oyida) Janubiy yarim shar ko‘p issiqlik oladi. Antarktida


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

Qishda (dekabr oyida) Janubiy yarim shar ko‘p issiqlik oladi. Antarktida 
Shimoliy yarim sharning yozida Arktika oladigan issiqlikdan ko‘proq issiqlik 
oladi, chunki Antarktidada havo juda ham tiniq bo‘ladi. Bu yerda ham tropik 
cho‘llar ko‘p issiqlik oladi (Kalahari, Katta Avstrliya, Ichki tekisliklar), ammo 
shimoliy yarim shardagi cho‘llardan kam issiqlik oladi, chunki janubiy yarim 


35 
sharning katta qismi suvlikdan (okeanlardan) iborat bo‘lganligi uchun namlik 
yuqori bo‘ladi. 
Yer yuzasiga kelayotgan va qaytayotgan radiatsiya o‘rtasidagi farq geografik 
qobiqning radiatsion muvozanati deb ataladi. Geografik qobiqning radiatsion 
muvozanati Yer yuzasining va atmosferaning radiatsion muvozanatlari yig‘indisidan 
iborat. Yer yuzasiga kelgan radiatsiyani yalpi radiatsiya tashkil qiladi, Yer yuzasidan 
ketayotgan radiatsiyani esa albedo va effektiv nurlanish tashkil qiladi.
Radiatsion muvozanat quyidagi tenglik orqali ifodalanadi:
R= Q (1-

) – Eef 
R- radiatsion muvozanat, Q- yalpi radiatsiya, 

- albedo, eef- effektiv nurlanish. 
Agar geografik qobiqqa kelgan radiatsiya qaytgan radiatsiyadan ortiq bo‘lsa, 
radiatsion muvozanat musbat bo‘ladi, agar kam bo‘lsa manfiy bo‘ladi. Tunda hamma 
kengliklarda radiatsion muvozanat manfiy bo‘ladi, kunduzi esa musbat bo‘ladi. Sutka 
davomida radiatsion muvozanat musbat ham, manfiy ham bo‘lishi mumkin
3

Muz zonasini istesno qilganda, Yer shari yuzasida yillik radiatsiya balansi 
musbatdir. Radiatsiya balansi sutka davomida o‘zgarib turadi: kechqurun hamma 
kengliklarda radiatsiya balansi manfiy bo‘ladi, kunduzi esa (qishda qutblarni hisobga 
olmaganda) tushgacha hamma erda musbat, tushdan keyin esa manfiy bo‘ladi. 
Radiatsiya balansi Yer yuzasiga issiqlik olib keladi va u ekvatordan qutbga qarab 
o‘zgarib boradi. Shu sababli, radiatsiya balansi issiqlik balansini vujudga 
keltiradi.O‘rtacha ko‘p yillik issiqlik balansi sayyoramiz yuzasida ham va atmosferada 
ham 0 ga teng. Buni quyidagi misoldan yaxshi bilish mumkin. 
Yer yuzasiga kelgan yalpi radiatsiyaning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Yer 
yuzasidan qaytarilgan radiatsiyani Yerga tushgan radiatsiyaga nisbati albedo deb 
ataladi.
Albedo har qanday yuzani Quyosh nurlarini qaytarish qobiliyatini ifodalaydi va 
foizda yoki kasr sonlarda ifodalanadi. Yer yuzasida o‘rtacha al’bedo 0,35 ga teng. 
Al’bedo Yer yuzasining xususiyati va holatiga bog‘liq. Yangi yoqqan qorning nurni 
qaytarish qobiliyati juda yuqori bo‘ladi
4
. Uning yuzasi tushgan nurni 90%ni qaytaradi, 
bargli o‘rmonlar esa 16-27%, igna bargli o‘rmonlar 6-19%, shudgorlangan yuzalar 7-
10%, cho‘llar 9-34% nurni qaytaradi. Suv yuzasi 2% nurni qaytaradi, 98%ni esa yutadi. 
 


36 
Yer yuzasi qisqa to‘lqinli Quyosh nurlarini yutib o‘zi ham issiqlik tarata 
boshlaydi. Yerning harorati yuqori bo‘lmaganligi uchun uzun to‘lqinlarda issiqlik 
taratadi. 
Atmosfera ham o‘zidan o‘tayotgan Quyosh nurlarini bir qismini yutib, fazoga va 
yerga tomon issiqlik taratadi. Atmosferadan Yerni issiqlik taratishiga qarshi 
yo‘naltirilgan issiqlik qarshi nurlanish deb ataladi, mazkur nurlar ham uzun to‘lqinli 
hisoblanadi. 
Atmosferaning yuqori qismida Quyosh nuriga perpendikulyar bo‘lgan har bir 
kv.sm yuzaga yiliga 250 kkal issiqlik tushadi. Agar biz buni 100% deb olsak, shuning 
38% bulutlarga urilib qaytadi va atmosferaning yuqori chegarasida atrofga tarqaydi
14%i esa atmosferada yutiladi. 48%i to‘g‘ri radiatsiya sifatida Yer yuziga etib keladi. 
Yer yuzasiga etib kelgan 48 % Quyosh radiatsiyasining 44 % i yutilsa, 4 %i yana qaytib 
ketadi. Shunday qilib, Yerning albedosi 42 % (38%+4%=42%) ni tashkil etadi. 
Demak, atmosfera 14 % issiqlikni quyoshdan, 24 % issiqlikni Yer yuzasidan 
hamda Yer yuzasining samarali (uzun to‘lqinli) nur sochishiga ketgan 20 % issiqlikni 
(14+24+20=58) olib dunyo bo‘shlig‘iga tarqatib yuboradi. 
Shunday qilib, Yer yuzasiga atmosfera orqali kelayotgan issiqlik miqdori unda 
sarflanayotgan issiqlik miqdoriga teng. Lekin Yer yuzasidagi issiqlik balansi turli 
geografik kengliklarda turlicha. 
Shimoliy yarim sharda Quyosh iyul oyi oxirida gorizont ustida eng baland turadi, 
bu vaqtda Quyoshdan kelayotgan issiqlik sarflanadigan (Yerning sovishiga va Yerdan 
dunyo bo‘shlig‘iga ketayotgan) issiqlik miqdoriga nisbatan ortiqdir. Shu sababli, 
shimoliy yarim shardagi materiklarda iyul oyida, dengizlarda esa avgustda harorat eng 
yuqori bo‘ladi. Aksincha, yanvar oyida Quyoshdan kelayotgan issiqlik miqdori
shimoliy yarim sharda eng kam va natijada harorat yanvar oyida (dengizlarda fevralda) 
eng past bo‘ladi.
Demak, atmosferada uzun to‘lqinli radiatsiyaning ikki oqimi mavjud ekan, ya’ni 
Yerni va atmosferani nurlanishi. Ularning orasidagi farq effektiv nurlanish deb ataladi. 
Effektiv nurlanishning miqdori tropik kengliklarda yuqori, yiliga bir kvadrat santimetr 
yuzaga 80 kkal issiqlik to‘g‘ri keladi. Buning asosiy sababi tropik kengliklarda Yer 
yuzasi haroratining yuqoriligi havoning quruqligi va osmonni tiniqligidir. Ekvator 
kengliklarida esa havoning namligi yuqori bo‘lganligi uchun effektiv nurlanish yiliga 
maydon birligiga 30 kkal.ni tashkil qiladi. Yer yuzasi uchun o‘rtacha effektiv nurlanish 
46 kkal.ni tashkil qiladi. Atmosferani Quyoshdan kelayotgan qisqa to‘lqinli radiatsiyani 
o‘zidan o‘tkazib yuborishi va Yerdan kelayotgan uzun to‘lqinli radiatsiyani ushlab 
qolishi issiqxona samarasi deb ataladi. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling