Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
6 – MA’RUZA
MAVZU: TABAQALANISHNING KUNLIK O‘ZGARISHI. HAVO MASSALARINING TABAQALANISHI. Reja: 1. Tabaqalanishning kunlik o‘zgarishi. 2. Havo massalarining tabaqalanishi. 29 Sutka davomida atmosferaning stratifikatsiyasi o‘zgaradi. Quruqlikda, tuproq sirti haroratining sutkalik o‘zgarishi katta bo‘lgan sharoitlarda (ayniksa yozda), kunduzi havoning pastki qatlamlari tuproqdan katta issiqlik oladi va vertikal harorat gradientlari ortadi. Yer yaqini qatlamida bu gradientlar quruq adiabatik gradientdan ancha katta bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, atmosfera stratifikatsiyasi noturgun bo‘ladi va konveksiya paydo bo‘ladi. Stratifikatsiyaning noturgunligi kabi konveksiya xam tushda va tushdan keyingi dastlabki soatlarda ayniksa katta bo‘ladi. Shuning uchun konveksiya bilan bog‘lik bo‘lgan tup-tup bo‘lutlar aynan tushdan sung maksimal rivojlanishga ega bo‘ladilar. Kechga tomon stratifikatsiya turgunlashadi, havoning yerga yaqin qatlamlari tuproqdan soviydi, tungi soatlarda esa stratifikatsiya shunchalik turgun bo‘ladiki, yer yaqinida harorat inversiyalari, ya’ni tuproq ustidagi havo haroratining balandlik bo‘yicha kamayishi emas, balki ortishi kuzatiladi. Konveksiyaning sutkaning bu vaqtida sUnishi uz-uzidan tushunarli. Dengiz ustida sharoit boshqacha bo‘ladi. Dengiz sirtida haroratning sutkalik o‘zgarishi juda kichik. Shuning uchun dengiz ustida noturgunlikning sezilarli kunduzgi ortishi kuzatilmaydi. Demak, konveksiyaning rivojlanishida tushdan keyingi maksimum bo‘lmaydi. Aksincha, dengiz ustida stratifikatsiyaning noturgunligi tungi soatlarda biroz ortadi. Bunday holat dengiz sirtida tunda harorat deyarli kunduzgidek qolishi, balandliklarda - erkin atmosferada esa havoning nurlanishi okibatida tunda haroratning pasayishi bilan bog‘lik. Shuning uchun dengiz ustida tunda vertikal harorat gradientlari biroz ortadi va konveksiya jarayoni kuchayadi. Termik xossalari turlicha bo‘lgan havo massalari stratifikatsiya sharoitlari bo‘yicha farklanadi. Iliq havo massasi sovuqroq tushalgan sirt tomonga xarakatlanadi. Bunda havo massasi pastdan sovib boradi. Bunday sovish dastlab havo massasining eng kuyi qatlamlariga, sungra sunuvchi ko‘rinishda sekin-asta yuqoriga tarkaladi. Demak, havo massasining kuyi qatlamlarida vertikal harorat gradientlari kamayadi. pastki yuz metrda havo massasi nafakat quruq turgun, balki nam turgun stratifikatsiyaga ega bo‘ladi. Bunda konveksiyaning susayishi va sunishi kuzatilishi ayon. Turgun massadagi suv bug‘ining kondensatsiyasi tumanlar va shiva- lama yomg‘ir yoki qishda mayda kor yog‘inlarini beruvchi kuyi qatlam qatlamli bo‘lutlari shaklida yuz beradi. Sovuq; havo massasi issiqroq tushalgan sirt tomonga xarakatlanadi va pastdan isiydi. Shuning uchun sovuq havo massasida pastki bir necha kilometrli qatlamda nam adiabatik gradiet lardan katta 0,7-0,8°C/100 m harorat gradientlari hosil bo‘ladi. Bu holat sovuq havo massasi bu qatlamlarda noturgun stratifikatsiyaga ega bo‘lishini bildiradi. Bunday massada konveksiya kuchli rivojlanadi, suv bug‘ining kondensatsiyasi esa jala yog‘inlarini beruvchi tup-tup va yomg‘irli tup-tup bo‘lutlar ko‘rinishida yuz beradi. Mahalliy havo massalari qishda, sovigan quruqlik ustida, turgun, yozda esa, isigan tuproq ustida, noturgun bo‘ladi. Shuning uchun O‘rta kengliklarda quruqlik ustida qishda ko‘proq qatlamli bo‘lutlar, yozda esa tup-tup bo‘lutlar kuzatiladi. Real sharoitlarda katta hajmli havoning vertikal aralashuvlari kuzatiladi. Bu jarayon havo massasining front sirti bo‘lab yuqorilama xarakatida, tog‘ tizmasidan oshib 30 o‘tishida va boshqa hollarda sodir bo‘ladi. Bunday xarakatlarda aralashish yuz berayotgan havo qatlami nisbiy namligining vertikal taqsimotiga bog‘lik holda nam havoning stratifikatsiyasi sezilarli o‘zgarishi mumkin. Ikki xolni kurib chiqamiz. Birinchi holda havo qatlamining ko‘tarilishgacha bo‘lgan stratifikatsiyasi mutlako noturgun (11-rasm). Qatlamning quyi qismidagi nisbiy namlik (T A ) uning yuqori chegarasidagi (T v )ga nisbatan ancha katta. Shuning uchun A zarracha kondensatsiya satxi (T A )ga tez erishadi va undan yuqorida nam adiabata bo‘ylab ko‘tarilib, sekin-asta sovib boradi. V zarracha kondensatsiya satxdga (T v ) erishguncha vertikal bo‘ylab uzunroq yulni bosib utadi. A'V' chizigi bilan xarakterlanuvchi qatlam stratifikatsiyasi endi nam noturgun bo‘ladi. Ikkinchi holda qatlamning boshlangich stratifikatsiyasi avvalgi holdagi kabi mutlako turgun (12-rasm). Biroq nisbiy namlik balandlik bo‘yicha ortib boradi. Havo qatlamining ko‘tarilishida uning quyidagi qismi (T A ) yuqorisidagiga nisbatan (T v ) kondensatsiya satxiga ancha erta erishadi. Shunday qilib, adiabatik ko‘tarilishda qatlam stratifkatsiyasi yanada turgun- lashadi. Birinchi holda qatlam stratifkatsiyasi potensial noturgun, ikkinchi holda - potensial turgun deb ataladi. Birinchi xol havo massasining tog‘ tizmasining shamolga karagan sirti bo‘ylab ko‘tarilishida kuzatilishi mumkin. Startifikatsiyaning O‘zgarishi konvektiv xarakatlarga olib kelib, konvektiv bo‘lutlar shakllanishi mumkin. Xullangan termometrning harorat kursatkichi (v') potenitsal noturgunlik yoki turgunlik mezoni bo‘lib xizmat kiladi. Agar bu harorat kuyi satxda yuqori satxdagiga nisbatan kichik, ya’ni v\ <0' y a bo‘lsa, bu xol havo massasining potensial turgunligiga mos keladi. Aksincha, ya’ni v' l >v' v bo‘lganida, potensial noturgunlik kuzatiladi. tenglamaga muvofik, havo zarrasining tezlanishi zarra va uning atrofidagi havo zichliklarining farkiga bog‘lik. Avvalgi barcha tenglamalarda namlikning havo zarrasining zichligiga ta’siri hisobga olinmagan edi. Ko‘pchilik hollarda bu ta’sir sezilarsiz bo‘ladi. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling