Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

7 – MA’RUZA
MAVZU: ATMOSFERANING RADIATSIYA REJIMI. ISSIQLIK 
NURLANISHINING ASOSIY QONUNLARI. 
Reja: 


31 
1. Atmosferaning radiatsiya rejimi.
2. Issiqlik nurlanishining asosiy qonunlari. 
 
Tayanch iboralar: Quyosh radiatsiyasi, Quyosh doimiyligi, Quyosh doimiyligi, 
To‘g‘ri radiatsiya, tarqoq radiatsiya, yalpi radiatsiya, effektiv nurlanish, qarshi 
nurlanish, al’bedo
Issig‘lik va yoriug‘lik sayyoramizning geografik qobig‘i uchun eng muhim 
omildir. Yer yuzasidagi issiqlik va yorug‘likning asosiy manbai – Quyoshdir. Yerning 
ichki issig‘ligi esa Quyosh issig‘ligidan 5 ming marta kam. Demak, Yer yuzasining 
issiqlik balansida Quyosh hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Yer yuzasi Quyoshdan bir yilda 
1,37x10
24
J energiya oladi. Quyosh radiatsiyasi atmosfera, gidrosfera, biosfera va 
litosferani ustki qismida bo‘ladigan hamma jarayonlarning energiya manbai 
hisoblanadi. 
Quyosh no‘rining ma’lum yuzaga sochilish intensivligi nurning tushish 
burchagiga va Yer bilan Quyosh orasidagi masofaga bog‘liq. Yer yuzasiga fazodan 
Quyosh va boshqa osmon jismlari issiqligi keladi. Fazodan keladigan issiqlikning 97% 
ni Quyoshdan keladigan issiqlik tashkil qiladi. Mazkur issiqlik Quyoshning 
elektromagnit nurlarini taratishi natijasida vujudga keladi. Yer yuzasining 1 sm
2
maydoniga 1 mn. davomida tushadigan Quyosh issiqligining miqdori Quyosh 
doimiyligi deb ataladi (1,98 kkal/sm
2
. min.). 
Quyoshdan keladigan elektromagnit nurlari turli xil uzunlikdagi to‘lqinlardan 
iborat (ultraqisqa to‘lqinli, uzun to‘lqinli, olis ultrabinafsha, yorug‘lik va yaqin 
infraqizil nurlar). Ultraqisqa to‘lqinli radiatsiya (<0,1027 mkm) atmosferaning 100-200 
km. balandlikdagi qatlamlarigacha kirib keladi va molekulalarni ionlashishiga olib 
keladi. Uzunroq to‘lqinlar (0,1027-0,24 mkm) atmosferaning 70-80 km balandlikdagi 
qatlamigacha tushib keladi va molekulyar radiatsiyalarni hosil bo‘lishiga olib keladi
natijasida radikal ionlar vujudga keladi. Olis ultrabinafsha to‘lqinlar (0,2424-0,2900 
mkm) 15-25 km balandlikda ozon qatlami tomonidan to‘la yutiladi. Mazkur nurlar 
molekulyar kislorodni dissotsiatsiyani keltirib chiqaradi, ozon hosil bo‘lishiga olib 
keladi va stratosferani qizitib yuboradi. Ular ionosfera va ozonosferani hosil qiladigan 
asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Yaqin ultrabinafsha to‘lqinlar (0,029-0,40 mkm), 
yorug‘lik nurlari va infra qizil nurlari Yer yuzasiga bevosita yetib keladi va geografik 
qobiqdagi fotoximik va termoximik reaktsiyalar hamda radio to‘lqin nurlanishni keltirib 
chiqaradi. 
Yer yuzasiga fazodan Quyosh va boshqa osmon jismlari issiqligi keladi. Fazodan 
keladigan issiqlikning 97% ni Quyoshdan keladigan issiqlik tashkil qiladi. Mazkur 
issiqlik Quyoshning elektromagnit nurlarini taratishi natijasida vujudga keladi. Yer 


32 
yuzasining 1 sm
2
maydoniga 1 min. davomida tushadigan Quyosh issiqligining miqdori 
Quyosh doimiyligi deb ataladi (1,98 kkal/sm
2
. min.)
1

Quyoshdan keladigan elektromagnit nurlari turli xil uzunlikdagi to‘lqinlardan 
iborat (ultraqisqa to‘lqinli, uzun to‘lqinli, olis ultrabinafsha, yorug‘lik va yaqin 
infraqizil nurlar). Ultraqisqa to‘lqinli radiatsiya (0,1027 mkm) atmosferaning 100-200 
km. balandlikdagi qatlamlarigacha kirib keladi va molekulalarni ionlashishiga olib 
keladi. Uzunroq to‘lqinlar (0,1027-0,24 mkm) atmosferaning 70-80 km balandlikdagi 
qatlamigacha tushib keladi va molekulyar radiatsiyalarni hosil bo‘lishiga olib keladi, 
natijasida radikal ionlar vujudga keladi. Olis ultrabinafsha to‘lqinlar (0,2424-0,2900 
mkm) 15-25 km balandlikda ozon qatlami tomonidan to‘la yutiladi. Mazkur nurlar 
molekulyar kislorodni dissotsiatsiyani keltirib chiqaradi, ozon hosil bo‘lishiga olib 
keladi va stratosferani qizitib yuboradi. Ular ionosfera va ozonosferani hosil qiladigan 
asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Yaqin ultrabinafsha to‘lqinlar (0,029-0,40 mkm), 
yorug‘lik nurlari va infra qizilnurlari Yer yuzasiga bevosita yetib keladi va geografik 
qobiqdagi fotoximik va termoximik reaktsiyalar hamda radio to‘lqin nurlanishni keltirib 
chiqaradi. 
Quyosh nuri perpendikulyar tushsa, joy eng ko‘p radiatsiya oladi, chunki bunday 
holatda Quyoshning bir to‘p energiyasi kichik maydonga tushadi, aksincha, u yotiq 
tushsa, o‘sha bir to‘p nur energiyasi kattaroq maydonga tarqaladi. Quyosh no‘rining 
qancha burchak hosil qilishi, joyning geografik kengligi hamda Quyoshning 
gorizontdan qanchalik baland turishiga bog‘liq. 
Quyosh nuri 23
0
30
,
shimoliy kenglik bilan xudi shu darajadagi janubiy kenglik 
orasidagi maydonga eng katta 90
0
burchak hosil qilib tushadi. Yer yuzasining qolgan 
kengliklarida esa Quyosh no‘rining tushuish burchagi 90
0
dan kam bo‘ladi. Demak, 
Quyosh no‘rining tushish burchagi qanchalik yotiq bo‘lsa, Quyosh radiatsiyasining 
intensivligi shunchalik kam bo‘ladi. Masalan, agar tush paytida radiatsiya kuchini 
ekvatorda 1 deb olsak, 60
0
kenglikda 0,5 ga, qutbda esa 0 ga barobar bo‘ladi. 
Yerning sharsimonligi va o‘qi orbita tekisligiga og‘ganligi natijasida Quyosh 
no‘rining tushish burchagi yil davomida o‘zgarib turadi. 
Yerning radiatsiya orqali oladigan energiyasining miqdori faqat nurning tushish 
burchagiga emas, balki Quyoshning yoritish davrining uzun va qisqa bham bog‘liqdir.
Quyosh no‘rining tushish burchagi singari, uning yoritish davri ham yil fasllariga qarab 
o‘zgaradi. Ekvator atrofida kun bilan tunning uzunligi yilning hamma fasllarida deyarli 
teng bo‘lsa, o‘rtacha va qutbiy kengliklarda tun bilan kunning nisbati yil fasllarida 
keskin o‘zgaradi. Masalan 70
0
sh.k.da Quyosh yozda 65 sutka, qutbda esa 180 sutka 
mobaynida botmaydi. Qutbda yozda Quyoshning uzoq faqt yoritib va isitib turishi 


33 
issiqlikning etishmasligini birmuncha qoplaydi. Qish faslida esa Quyosh butunlay 
chiqmaydi, oqibatda radiatsiya miqdori 0
0
ga barobar bo‘ladi.Ana shuning uchun ham 
qutbda Quyosh radiatsiyasining yillik o‘rtacha miqdori ekvatordagidan 3-3,5 marta 
kam bo‘ladi. 
Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga etib kelishiga yana atmosfera ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Chunki atmosfera quyoshdan kelayotgan nurning bir qismini yutadi: 
Quyoshdan kelayotgan nurning bir qismini suv bug‘lari yutsa, qisqa to‘lqinli ultra 
binafsha nurni esa ozon yutadi. Korbanat angidrid esa uzun to‘lqinli nurni ushlab qoladi. 
Shunday qilib, Quyoshdan kelayotgan yorug‘likning bir qismi (15%) atmosferada 
sarflanadi (yutiladi), natijada Yerga kelayotgan Quyosh radiatsiyasi kuchsizlanib 
qoladi. 
Quyosh radiatsiyasining atmosferada sochilib, yutilib susayishi Yerning turli 
kengliklarida turlichadir. Chunki Quyosh no‘rining tushish burchagi katta bo‘lsa, u 
atmosfera orqali qisqa, aksincha, tushish burchagi kichik bo‘lsa, uzoq yo‘l bosib o‘tadi.
Agar Quyosh zenitda tursa, nur tik tushadi va atmosferaning eng yaqin va qisqa yo‘l 
bilan kesib o‘tadi, natijada Quyosh radiatsiyasi Yer yuzasida kuchli bo‘ladi. 
Quyosh no‘rining tushish burchagi 90
0
bo‘lganda, uning atmosferadan o‘tadigan 
yo‘lining uzunligi 1,0 deb olsak, shunda radiatsiyaning susayish darajasi 25% bo‘ladi. 
Quyosh no‘rining tushish burchagi 50
0
bo‘lganda, atmosferadan o‘tadigan nur yo‘li 1,30 
ga teng, radiatsiyaning susayish darajasi 31% ga etadi. Quyosh no‘rining tushish 
burchagi 30
0
bo‘lganda, atmosferadan o‘tadigan nur yo‘li 2,0 ga teng, radiatsiyaning 
susayish darajasi 44% , 10
0
burchak hosil qilib tushganda esa, atmosferadan o‘tadigan 
nur yo‘lining uzunligi 5,56, radiatsiyaning susayish darajasi 80% ga teng, Quyosh 
no‘rining tushish burchagi 0
0
bo‘lganda, atmosferadan o‘tadigan nur yo‘lining uzunligi 
35,40, radiatsiyaning susayish darajasi 100% bo‘ladi. 
Yerning shakli sharsimon bo‘lganligi tufayli turli kengliklarda Quyosh 
nurlarining Yer yuzasiga tushish burchagi turlicha. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 
miqdori nurlarning tushish burchagi qancha katta bo‘lsa shuncha ko‘p bo‘ladi. Quyosh 
nurlari tik tushadigan hududlarda, issiqlik tushayotgan nurlarning ko‘ndalang kesimi 
maydoniga teng maydonda tarqaladi. Quyosh nurlari qiya tushgan hududlarda ma’lum 
miqdordagi issiqlik kattaroq maydonda (v) taraladi, shuning uchun maydon birligiga 
to‘g‘ri keladigan issiqlik miqdori kam bo‘ladi
Quyosh issiqligining sur’atini nurlarni tushish burchagiga bog‘liqligini 
quyidagicha ifodalash mumkin.
S
1

C
o
Sinh 
So – nur tik tushgan paytdagi Quyosh radiatsiyasining sur’ati (intensivligi). S
1

Quyosh nurlarini ma’lum bir burchak ostida tushgan paytdagi radiatsiya sur’ati. Quyosh 
nurlari faqat tropik kengliklardagina (23
o
27
1
shimoliy kenglikdan 23
o
27
1
janubiy 
kenglikkacha) 90
o
burchakda Yer yuzasiga tushadi. Boshqa kengliklarda esa u doimo 


34 
90
o
dan kam. Shuning uchun turli kengliklar turlicha miqdorda Quyosh issiqligini oladi 
(5-jadval). 
(5-jadval 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling