Turli kengliklarda teng kunlik va Quyosh turish davrlarida Quyoshning
ufqdan balandligi
Kengliklar
21 mart
22 iyun
23 sentyabr
22 dekabr
Shimoliy qutb
0
23,5
0
-
Shimoliy qutb doirasi
23,5
47
23,5
0
Shimoliy tropik
66,5
90
66,5
43
Ekvator
90
66,5
90
66,5
Janubiy tropik
66,5
43
66,5
90
Janubiy qutb doirasi
23,5
0
23,5
47
Janubiy qutb
0
-
0
23,5
Yer yuzasiga atmosfera orqali sochilmasdan keladigan radiatsiya to‘g‘ri
radiatsiya deb ataladi. Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning bir qismi atmosfera
tomonidan tarqatib yuboriladi. Bunday radiatsiyani sochma radiatsiya deb ataladi. Yer
yuzasiga yetib keladigan to‘g‘ri va sochma radiatsiya miqdori yalpi radiatsiya deb
ataladi. Bulutlik yuqori bo‘lsa sochma radiatsiya to‘g‘ri radiatsiyadan ko‘p bo‘ladi,
atmosefra tiniq bo‘lsa to‘g‘ri radiatsiya sochma radiatsiyadan ko‘p bo‘ladi
2
.
Tropik cho‘llarda (Saxroi Kabirning sharqi, Arabiston yarim orolining markaziy
qismlari) yalpi radiatsiya miqdori yuqori bo‘ladi, mazkur hududlarda ekvator tomon
yillik radiatsiya miqdori maydon birligiga (1 sm
2
) 120-160 kkal. ga
kamayadi. Mo‘tadil kengliklarda yillik Quyoshdan keladigan radiatsiya miqdori 80-100
kkal, Arktikada 60-70 kkal, Antarktidada esa atmosfera tiniq bo‘lganligi uchun yalpi
radiatsiya 100-120 kkal. ni tashkil qiladi .
Yozda (iyun oylarida) Shimoliy yarim shar eng katta miqdorda yalpi radiatsiya
oladi, ayniqcha bu miqdor tropik va subtropik kengliklarning ichki quruqlik qismlarida
juda yuqori bo‘ladi. Mo‘tadil va qutbiy kengliklar oladigan yalpi radiatsiya miqdori bir-
biridan kam farq qiladi, chunki Ushbu davrda kunning uzunligi katta. Ekvator
kengliklarida havoning namligi va bulutlik yuqori bo‘lganligi uchun yalpi radiatsiya
miqdori kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |