44
Psixrometr (grekcha «psixria»- sovuq) ikkita bir xil termometrdan yasalgan.
Ularning biri, sharchasi to‘g‘ridan- to‘g‘ri havoda turgani uchun quruq termometr,
ikkinchisi esa nam termometr deyiladi. Nam termometrning sharchasi doka o‘ralib,
uning uchi suv solingan vannaga botiriladi. Dokadan suv bug‘lanishi tufayli termometr
sharchasi soviydi. Shuning uchun ham nam termometr quruq termometrga nisbatan past
haroratni ko‘rsatadi. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, termometrning ko‘rsatishlaridagi
farq shuncha katta bo‘ladi. Termometrlarning ko‘rsatishlarini
belgilab, psixrometr
uchun berilgan maxsus jadvaldan havoning nisbiy namligini aniqalymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: