Buxoro Davlat Universiteti 9-2 uzb guruhi talabasi Primova Taxminaning Filologlar uchun Matematika fanidan yozgan Mustaqil ishi
Download 53.84 Kb.
|
matematika1111
boysundirilgan boladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekani, kishilar oz oldilariga malum bir maqsadlarni qoyadilar. Ular
organilishi lozim bolgan predmetlar doirasi, tadqiqot yonalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish - insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, yani ularning tashqi tomonida bevosita namoyon boladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida malumotlar olinadi. Hissiy bilish 3 ta shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, tamini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. Idrok predmetning yaxlit yaqqol obrazi bolib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil boladi. Alohida olingan sezgilardan farqli olaroq, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masalan olmani behidan, nokdan va shu kabilardan) farq qilish imkonini beradi. Tasavvur esa avval idrok etilgan predmetning obrazini malum bir signallar (berilgan predmet bilan malum bir umumiylikka ega bolgan) tasirida miyada qayta hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat hissiy bilish shaklidir. Masalan, tanishingizga oxshagan kishini uchratganda tanishingizni eslaysiz, yoki qurmoqchi bolgan imoratingizni mavjud imoratlar obrazlari yordamida yaqqol his qilasiz. Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bolgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi: Birinchidan, hissiy bilish obyektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) subyektga (individga, togrirogi, uning sezgi organlariga) bevosita tasir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bogliq bolgan boshqa predmet-signal tasir etadi. Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. Uchinchidan, hissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat. Tortinchidan, hissiy bilish, konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham, har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bogliq tarzda oziga xos xususiyatga ega boladi. Beshinchidan, hissiy bilish bilishining dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish mavjud bola olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan ozining sezgi organlari orqali boglangan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan malumotlarga tayanadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bogliq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yoli bilan, yanitajribada bunday bilimlarning obyektini qayd etish orqali asoslanadi. Oz navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yonaltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan korsatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi, yaqqol his qilinadi va qidiriladi. Lekin, shunga qaramasdan hissiy bilish oz imkoniyatlari, chegarasiga ega. U bizga alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar toplami), ularning tashqi belgilari haqida malumot beradi. Unda mavjud predmetlar ortasidagi aloqadorlik (masalan muz bilan havoning harorati ortasidagi boglanish) organilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi. Bundan tashqari, bazi hollarda hissiyotimiz bizni aldab qoyadi. Masalan, uzoqdan sizga qarab yurib kelayotgan kishini tanishingizga oxshatasiz, lekin yaqinroq kelganda uning boshqa kishi eganiligi malum boladi. Boshqa bir misol. Endi tanishgan kishingiz haqidagi dastlabki taassurot (bu asosan uning tashqi tamonidan korinishiga qarab hosil qilinadi), u bilan muloqatda bolgandan keyin ozgaradi. Mana shu orinda «Kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kozatishadi» degan maqolning hissiy bilish bilan aql ortasidagi ozaro munosabatni, farqni yaxshi ifoda qilishini takidlash lozim. Yuqorida qayd etib otilgan holatlar bilishda tafakkurga bolgan ehtiyojni, uning mohiyatini, bilishda tutgan ornini chuqur anglashga yordam beradi. Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-rasional (lotincha ratio-aql) bilish bosqichi bolib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular ortasidagi ichki, zaruriy aloqalar, yani qonuniy boglanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Unda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda inikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli olaroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan abstraklashgan (fikran chetlashgan, mavhumlashgan) holda, etiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilardagi) etibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ongga ega bolish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson»tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar ortasidagi munosabatlarni, boglanish usullarini ornatishni taqoza etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida oxshash va muhim belgilariga kora sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tugiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular ortasidagi muhim boglanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar ortasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab, uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon boladi. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bolmagan narsalar-yuqori darajada ideallashgan obyektlarni (masalan absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar) ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini organish, hodisalarni oldindan korish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda-moddiy hodisada (tovush tolqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning ozaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bolish shaklidir. 2. Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud. Download 53.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling