Buxoro davlat universiteti kurbonova firuza azamatjonovnaning komil sindarov va skot turovning ijodi


Skot Turovning AQSh detektiv janri rivojiga qo’shgan hissasi


Download 89.77 Kb.
bet11/13
Sana21.04.2023
Hajmi89.77 Kb.
#1375178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
08.04.2023

2.2. Skot Turovning AQSh detektiv janri rivojiga qo’shgan hissasi
Taniqli Amerikalik yozuvchi va huquqshunos Skott Turow 1949 yilning 12-aprelida AQSHning Chikago,Illinois shtatida tug'ilgan. Uning ota-onasi Belorussiyaning Turov viloyat- qishlog`idan kelgan rus-yahudiy muhojirlarining farzandlari edi. Mana shuning uchun oilaning ham nomi yashaydigan hudud nomiga moslashtirilgan. XVIIarsa Minsk shahrining janubida joylashgan Turov ovulida bir nechta yahudiy oilalari istiqomat qilishardi. Ammo vaqt o`tgan sari ,ya`ni, XVIII asrda yuqorida berilgan raqamlar ko`payib , yahudiylar jamiyatida 300 dan ortiq odamlar ma`lum bir sohalarda ishlay boshlashdi. Misol qilib olsak, 105 nafar fuqaro dehqonchilik bilan shug`ullangan bo`lsa, qaolganlar esa savdo- sotiq hamda baliqchilik bilan shug`ullanishgan . 1925 yilgacha Turov ovulida 5000 dan ortiq yahudiylar istiqomat qilishar edi. Ammo 1941- yildagi natsislarning hujumidan so`ng, mintaqadagi aholi soni keskin darajad kamayib ketdi: yahudiy va lo`lilar quvg`in qilindi, o'liklar nom-nishonsiz ommaviy qabrlarga ko`mildi. Mana shunday fojeadan omon qolgan Turovlarning ba'zilari tirik qolish ilinjida Kubaga va Argentina, boshqalari esa Nyu-York va Chikagoga qochib ketishdi. Skott Turov o`zining qaydnomasi quyidagilarni bayon etgan:”
Qochib ketganlar orasida Ispan va Italyan ( talaffuzida farqlanadigan )Turovlari ham bor edi “ . Mana shunday o`z yerini tashlab boshqa zamindan makon topgan muhojirlardan biri Devid Turow, Pita Pastron hamda ularning o`g`li Skot Turow edi.Oilaning boshlig`i bo`lmish Devid Turov juda malakali , o`z kasbiga sodiq va sidqidildan mehnat qiluvchi, fidoyi shifokor ,akusher, edi. Kasbiga bo`lgan jonkuyarligidan kechasimi kunduzimi xalq xizmatida bo`lgan . Shuning uchun bola tarbiyasi ,oilaga juda kam vaqt sarflashiga to`g`ri kelgan. Bundan kelib chiqib , ushbu sharafli mas`uliyat uning onasi Rita Pastronga yuklangan edi. Uy bekasi bo`lishiga qaramay, Pastron xonim bolalar dunyosiga xos kitoblar yozishga , o`z ustida ishlab til o`rganib o`g`liga ham o`rgatishga astoydil bel bog`lagan edi. Turov oilasi o'g'lini yahudiy e'tiqodida tarbiyalagan va hali hanuz Skot yahudiy diniga e`tiqod qiladi. Ularning yagona orzu istaklari o`g`illari yetuk kasb egasi bo`olmish otasiday shifokor qilish edi. Shu maqsadda uning ongiga mashaqaatli mehnat , to`xtamasdan ilm o`rganish orqasidan maqsadga erishish g`oyasi singdirilgan. Yoshligidan o`qish va yozishga qo`yilgan mehr natijasida , yosh Skot 11 yoshiga yetar yetmas , 7 – sinf o`qish kitobidagi asarlarga qarab o`zining birinchi asarini yozdi . Turov o`zining qaydnomasida ,Ana shu hodisani u adabiyotga , yozuvchilikka qo`yilgan dastablabki qadam deb hisoblashini aytib o`tdi.Scott Nyu Trier o'rta maktabida tahsil olgan
1966-1970 yillar oralig`ida Turow Amherst kollejida bakalavr darajasiga o'qigan.Turov 18 yoshida, birinchi kursni tugatgandan so'ng, yozda beriladigan ta`tilida Chikagoda pochta tashuvchisi sifatida ishga joylashdi. U kunida 5 soat ishlab , qolgan vaqtini Xalq kutubxonasida o`tkazar edi. U yerda dunyoqarash va yozish qobiliyatini oshirish maqsadida turli xil fantastik asarlarni mutolaa qilar edi. O`qish boshlanganda Universitetga qaytib kelganida, u til va adabiyot kurslariga a`z obo`lib , o`zining hikoyalaini yozishni boshladi.Dastabki hikoyalari “Transatlantic Review” jurnalida chop etildi. Shu tariqa 1970-yilda Turow o`zining datlabki mukofotini College English Association and Book-of-the-Month klubidan oldi. 1970 yilda Amherst kollejida Alpha Delta Phi adabiy jamiyatiga qo'shildi. 1970 yildan 1972 yilgacha bo`lgan davrda mazkur jamiyatda faoliyati davomida uning iste'dodi unga Stenfordning taniqli Ijodiy Yozuv Markazida o'qish uchun “Edith Mirrielees” stipendiyasini taqdim etdi.
Turow Stanford universitetida tahsil olayotgan davrda rassom va tasviriy san`at muallimasi bo`lmish Annette Weisberg jbilan tanishadi va 1971 –yilning 4 aprelida oila qurishdi. Birin ketin 3 bolaning ota-onasiga aylanishdi va ularga Rachel, Gabriel, va Eve deb nom berishdi. O`qishni bitirganidan so`ng, Turov Jonsning badiiy adabiyot bo'yicha ikki yillik ma'ruzasini o'qish uchun maruzachi sifatida ishga o`zi o`qigan Stanford Universitetiga ishga kirdi va 1975-yilda Magistrlik darajasini ham qo`lga kiritdi. Turowning o'qituvchilaridan biri bo`lmish ,
Genri Jeyms va Teodor Drayzer an'analaridagi realist yozuvchi
Uollace Stegner drammatik asarlarda haqiqiy real hayot , kundalik tajribalarni ko`rsatib berish zarurligini ta'kidladi. Vaqt o`tavergach, Turow oilali erkak sifatida juda ko`plab daromad keltiruvchi sohalar haqida rejalar tuzdi. Uning asarlari mablag` yetiwmovchiligi sabab chiqarilmay qolayotganligi sababli o`zining kas sohasini o`zgartirmoqchi bo`ldi. “The Way Thing Are “ asarida Chicagodagi nohaqliklar Rus yahudiylarning hamma sohada ajtilib qo`yilishi va shu mavzuga doir huquq qonuniyatlar haqida ozgina gapirib o`tganida , mana huquq hosasiga mehri tushdi. Shunday qilib, Turow 1977-yilda nufuzli Garvard yuridik maktabiga o'qishga kirdi va u yerda keyingi uch yil ushbu dargohda tahsil oldi . Bu vaqt ichida u o'zining birinchi ilmiy-fantastik bo'lmagan "One L" nomli kitobini yozdi, unda mazkur muassasada o'zining qizg'in va mashaqqatli birinchi yilini hujjatlashtirdi. 1978 yilda Yurist doktori (JD) darajasini oldi. Keyingi sakkiz yil davomida u Chikagoda AQSh advokatining yordamchisi bo'lib ishladi va yuqori darajadagi firibgarlik va korruptsiya ishlariga qarshi kurashdi.Shuningdek, Illinoys shtatidagi sud korruptsiya ishlari bo'yicha federal prokuratura bo'lgan Greylord operatsiyasida bosh maslahatchi bo'lgan.Ammo sud zalida yillar davomida kurashganidan so'ng , u hayotining yangi bobini ochishga qaror qildi va shuning uchun Turow qonuniy triller yozuvchisi bo'lish uchun AQSh prokuraturasini tark etdi. Jinoiy odil sudlov tizimidagi ekspert bilimi va tajribasidan foydalanib, 1987- yilda Turow o`zining birinchi romanini “Begunoh bo'lmagan” (“Presumed Innocent”) yozdi. Turowning “Begunoh bo'lmagan” asari Nyu-Yorkda eng katta shov shuvga va e'tiborga erishdi, bu narsa esa o`z navbatida nashriyotlar va nashr huquqlari uchun savdo urushini boshladi. Turov shunchaki romani nashr etilishidan umidvor edi , vaholanki nashriyotlar tomonidan unga asar uchun 200 000 AQSh dollaridan oshgan summada taklif kela boshladi. . Shu onda Turov o`zining birinchi asarini hech kim olmagani nashr etilmasdan qolib ketganligi haqida eslab, tanishlari bo`lmish Farrar, Straus va Giroux nashriyotidan nashr etdi. Yozuvchi tanqidchi Keti Stivensonning yozishicha, Turowdan uning yozuvi haqida so'ralganda, Turow tushlik paytida bir guruh yozuvchilarga shunday dedi: "Muvaffaqiyatli bestsellerga ega bo'lishning yagoni tarkibiy qismi bu. .. omad. Oddiy obro` hech qachon yetarli bo`lmaydi. Men ko`p vatimni qanday qilib yozuchi bo`lib shu darajaga eriwdim degan savolda o`tkazaman Yagona javobni quyidagicha topdim “Agar qo`ling yoziwdan to`xtasa sen yozuvchi emassan”.
Ushbu asar Turowning Chikagoda AQSH advokatining yordamchisi boʻlib ishlagan vaqtida yozilgan bo`lib,u bilan ishqiy munosabatda bo'lgan ayol Rusty Sabichning hikoyasi asosida tayyorlangan shubhali poeziyadir.Keyinchalik 1990- yilda “ Isbot yuki” ( “The Burden of Proof”) deb nomlangan asarga qo`l urdi.Asar mazmunida ko‘proq bosh qahramonning maishiy muammolariga e’tibor qaratiladi. Isbot yuki asarida bosh qahramon Sandy Stemning- turmush o`rtoq, ota,qo`shni,o`ynash hamda do`st sifatidagi shaxsiy jihatlari ko`pro`q yortib berilgan. Asarda yolg`iz qolgan Stem tushunarsiz holda o`z joniga qasd qilgan xotini, mahalliy kasallikning keng tarqalishi va 850.000 $ pulning g`oyibona yo`qolishi kabi holatlarni xotining ukasi bo`lmish qaynukasidan gumon qilinishi asarda keng yoritilgan. Mazkur asar uch qismdan iborat bo`lib, 1-qism 1-12-boblarni, 2-qism 13-30-boblarni va 3-qismda 31-50-boblarni o'z ichiga oladi.
Turow 1993-yilda esa “Aybdorlikka iqror bo'lish” (“Pleading Guilty”) nomli romanini yakunladi. “Aybdorlikka iqror bo'lish” zamonaviylashtirilgan epistolyar uslubda yozilgan detektiv fantastika romani bo`lib , sobiq politsiyachi ,advokat, detektiv hamda birinchi shaxs hikoyachisi Makkormak "Mak" Malloy o'z firmasida ishlaydigan yuridik sherigi, muqaddam sudlangan Bert Kaminning qayerdaligini yashirincha aniqlash vazifasi berilgan. Yuqorid keltirilgan asarlardagi sahna kabi bus afar voqea joyi sifatida Kindle County tanlangan.Asar voqeligi davomida bir yarim haftadan ko'proq muddatda Malloy bir necha haftadan beri bedarak yo'qolgan shuningdek,56 million dollarni olib qochib ketgani taxmin qilinayotgan Kaminni qidiradi. Ushbu romanning tematik markazi - bu kasbiy yaxlitlik idealini ag'darib tashlaydigan inson ochko'zligining kuchi, mavzusi esa jismoniy shaxslar hamda yirik, korporativ tashkilotlarda yuridik va korporativ "qoidalar"ning buzilishi va shaxsiy manfaatlar inson qizishlari ustidan hukmronlik qilishi hisoblanadi. Turov asarda asosan ikki asosiy toifa xarakterga egaqahramonlarni ko`rsatib bergan Bular Tuts Nunsio va Jeyk Eiger kabilar bo`lib, biri hokimiyat tuzgan qonun qoidalarga bo`ysinib,halol yo`ldan ketsa , biri Bert Kamin kabi jirkanch maqsadlari uchun qonundan foydalanuvchilardir. Makning o'zi katta maosh tufayli pul vasvasasiga tushib qolgan bo`la-da, bazi bir insoniy sifatlarga ega shaxs hisoblanadi. Advokatlikdan tashqari, roman vasvasaga solingan yoki pulga sotiladigan turli xil personajlar hayoti talqin etiladi.
Va nihoyat 1999-yilda to`rtinchi romani bo`lmish “Shaxsiy jarohatlar”(“ Personal Injuries”) kabi huquqiy trillerini yozdi. Ushbu asarda tematik muammolar shaxsga nisbatan turli xil noinsofliklarda ochib berilgan . Jumladan, huquq tizimidagi korruptsiyani ko`ra bila turib ta'qib qilmaslik, har qanday yirik operatsiyada zarur bo'lganda moliyaviy xarajatlar qilish va shaxsiy qurbonliklarni amalga oshirish , axloqiy muammolar kabilar o`z aksini topgan . Shuningdek, sadoqat, sevgi, inson o`zaro munosabatlari, uzoq muddatli va zaiflashtiruvchi kasallikning keng qamrovli oqibatlari va insonlarning bu kabi hodisalar orasida ma`nan hamda jismonan jarohatlanishini ko`rish mumkin bog'liq. Ko'pgina sharhlovchilarning ta'kidlashicha, asardagi xiyonat hikoyasi asosan do'stlar va oilaga sodiqlik va qiyinchiliklarga duch kelganda sodiq qolish uchun kurash hikoyasidir.
Shundan keyin , Turow o'zining yozuvchi faoliyatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi va uning yuqoridagi yozgan to'rtta romanining har biri New York Times Bestseller ro'yxatiga kirdi.Uning hayratlanarli trillerlari uning mashhur Kindle okrugi seriyasini boshladi, u bugungi kunda ham kuchayib bormoqda. Joriy yilning kuzida Turow seriyaning yangi qismi "Gumonlanuvchi" ni nashr etishni rejalashtirmoqda. Kindle okrugi kitoblari Skott Turovni mashhur qildi va muallifga ko'plab adabiy mukofotlar, jumladan Britaniya jinoyat yozuvchilar uyushmasining "Kumush xanjar" mukofotiga sazovor bo'ldi. Turovning keyingi asarlari orasida 1960-yillarda voyaga yetgan sudya va uning tengdoshlarining chigal hayotiga bagʻishlangan 1996- yilda yozilgan “Otalarimiz qonunlari”asari ham juda mashhur hisoblanib shov-shuvlarga sabab bo`ldi. "Otalarimiz qonunlari” asari axloqiy qarash va tarixiy diapazonga ega bo`lib, bu mutlaqo yangicha tusdagi asar hisoblanadi. Ushbu romanda Kindl okrugida (Turovning O'rta G'arbdagi xayoliy maydonchasi) sudya Sonia "Sonny" Klonskiy himoyachidan ustun kelib, o'z mijozi uchun sud jarayoniga rozi bo'ldi. Hakamlar hay'ati bo`lmaganligini inobatga olgan holda, Sonni o'z onasini o'ldirish uchun til biriktirganlikda ayblangan Nil Eddgarning aybi yoki aybsizligini hal qilishi kerak. Mazkur asar “Ayblov”,”Ko`rsatma”,”Hukm” kabi boblardan iborat. Birinchi bobi eng qisqa qismdan tuzilgan bo`lib, taxminan 40 sahifadan iborat.Mana bobning o`zi yana 3 bo`limdan iborat va ularning har biri sanalar hamda asar qahramonining nuqatai nazari bilan nomlangan. Ikkinchi va uchinchi qismi ham shu xrologik tartib asosida tuzilgan. Asarning tematik jihati yoshlarning Ota-ona qonunlariga rioya qilmasligini keltirib chiqaradigan xunuk bir illat shundan iboratki, har bir avlod ular o`zlarini mustaqil deb hisoblaydilar. Bunday illat, ayniqsa, buyuk o'zgarishlar davrida, masalan, Amerikada 1960-yillarda global inqilobiy urushlar, 400 yil davomida bostirilgan irqiy tengsizlik ustidan ochiq qoʻzgʻolonlar, bir zumda muloqot va oʻz-oʻzidan dunyoni oʻzgartirishga vaʼda bergan yoshlar madaniyati orasida kuzatildi. Ko'pgina yoshlar butunlay o'ziga xos yangi yashash tizimiga kirib borishdi.
Shuningdek, oilaning ahamiyati, qarindoshlik va hamkorlikdagi o'zaro manfaatlar birlashtirilgan jamoalarda birlashish juda bir murakkab mavzu bo`lib qoldi. Masalan,1995 yilda Eddgar va Nil ismli keksa ota va beg'araz o'g'il bir-birlariga g'azablanish va norozilik hislarini qilishganlari tufayli ham ancha vaqtdan keyin bir-birlarining huzuriga muhtoj bo'lishdi. Yana bir misol, romandagi aksariyat oila guruhlari bundan ham battar muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi, Hobie nikohda qayta-qayta muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, Eddgar va Jun ajrashishi, Set esa 1970 yilda Sonni bilan ajralib va Lyusi bilan turmush qura olmasligi , Sonni esa Charli bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va boshqa millatning chirkin illatlari o`z aksini topgan .
"Oddiy qahramonlar" (2005) filmida jinoyatchi muxbir otasining Ikkinchi Jahon urushi davridagi harbiy sud haqidagi haqiqatni ochib beruvchi hujjatlarni topishi aks ettririlgan. Yana bir asari Identical (2013) filmi egizak akasi o'n yillar oldin tan olgan qotillikni sodir etganlikda ayblanayotgan siyosatchiga bag`ishlangan bo`lib, Kastor va Polluks haqidagi afsonaga asoslangandir. 2017 yilda Turow Xalqaro Jinoyat Sudi tomonidan Bosniya mojarosidan keyin lo'li qochqinlar lageri bilan bog'liq potentsial urush jinoyatlarini tergov qilishni so'ragan, o'rta yoshdagi inqiroz o'rtasida bo'lgan advokat haqida guvohlik berdi. Oxirgi sudda (2020) jinoiy himoyachi o'zining so'nggi ishini ko'rib chiqadi, unda qotillikda ayblangan do'sti ishtirok etadi. Turowning boshqa kitoblari orasida "Yakuniy jazo: o'lim jazosi bilan shug'ullanish bo'yicha advokatning fikrlari" (2003). U, shuningdek, ikki jildli Guilty As Charged: A Mystery Writers of America Anthology (1996, 1997) kitobini tahrir qilgan. Ammo muallif sifatida muvaffaqiyat qozonganiga qaramay, Turow har doim yuridik dunyoda o'z mavjudligini saqlab qoldi.
1990-yillarning oxirida u AQSh Senatining Illinoys shtatidagi nomzodlar komissiyasining aʼzosi boʻlib, federal sudyalar tayinlash boʻyicha maslahatlar berishga yordam berdi.Keyinchalik, 2011 yilda u siyosiy islohotlar uchun faoliyat olib bordi va Garvard huquq maktabi professori Lourens Lessig bilan Ikkinchi Konstitutsiyaviy konventsiyani yaratish qonuniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashdi.Yozuvchilik faoliyatining eng yuqori cho'qqisida u Sonnenschein Nath & Rosenthal va Dentons yuridik firmalarining hamkori bo'lib ishlagan. Uning eng shov-shuvli ishlaridan biri qotillikda yolg'on hukm qilinganidan keyin o'n yildan ko'proq vaqtni o'lim jazosida o'tkazgan Alejandro Ernandesning vakili edi. Skott Turow Ernandesning adolatli hukmi uchun ishladi va oxir-oqibat uni ozodlikka chiqardi. Bu ish va shunga o'xshash boshqa holatlar uni Illinoys shtatidagi sobiq gubernator Jorj Rayan boshchiligidagi o'lim jazosini isloh qilish komissiyasiga qo'shilishiga olib keldi. 2003 yilda komissiya 160 dan ortiq o'lim jazosini umrbod qamoq jazosiga muvaffaqiyatli almashtirdi, bu esa oxir-oqibat shtatning o'lim jazosini butunlay bekor qilishiga olib keldi. Turow 1990-yillarning oxirida AQSh Senatining Illinoys shtatidagi nomzodlar komissiyasining aʼzosi boʻlib, federal sudyalar tayinlash boʻyicha maslahatlar berishga yordam bergan.
Uning bir qancha kitoblari, jumladan, "Begunoh bo'lganlar", "Isbot yuki", "Qaytariladigan xatolar" va "Begunoh"kabilar asosida filmlari suratga olingan.
Uning so'nggi romani "Gudolik"da Gollandiyaning Gaaga shahrida bosh qahramon Bosniyadagi urush paytida lo'lilar qishlog'ining g'oyib bo'lishini tekshiradi. Turovning nasriy uslubi sarguzashtli va shubhasiz adabiydir. Uning hikoyalaridagi jumlalari ehtiyotkorlik bilan tuzilgan bo`lib, vaholanki o'quvchilarning tushunishini ularning yozishmalarining ravshanligi bilan boyitilgan tasvirlar bilan tuzilgan. Turow Xemingueyning XX-asrdagi “Oshkora uslub”iga qarshilik qilib, uning oʻrniga F. Skott Fitsjeraldning qattiq fikrli , hattoki baʼzan shahvoniylik tuyg`u bilan birlashtirilgan yanada boyroq, barokko nasrini tanladi. “Begunoh bo'lmagan” da metaforalar chigal ishlatilishi orqali munosabatlar va motivlarning nozik tomonlari mazax qilinadi 2017 yilda nashr etilgan kitob yozuvchining romanchi sifatidagi debyutining 40 yilligini nishonlaydi.Hozirda Skott Turow xalqaro huquq firmasi bo'lgan Dentonning hamkori hisoblanadi va u o'z ishlarining aksariyat qismini bepul ishlaydi.

II bob yuzasidan xulosa


II bobning xulosasi haqida gapiradigan bo`lsak, ushbu bobda mashhur ikki detektivnavis yozuvchining hayot va ijod yo`li haqida to`liq ma`lumotlarni tahlil qilib, yozdik. Birinchi ijodkorimiz kasbi va yo`nalishi asli huquqshunoslik bo`lgan Komil Sindarov adabiyotda tutgan roli haqida. Ushbu ijodkor yoshligidan ilm-fanga qo`ygan muhabbati ishqi orqali maktabni tamomlab huquqshunoslik institutiga o`qishga kiradi. Keyin oliygohni tugatib , yuridik soha vakili bo`lib o`z mehnat faoliyatini boshlaydi . Sal kam 40 yillik ish tajribasiga ega huquqshunos, ora –orada qalam tebratishni o`ziga sevimli mashg`ulot qilgan bo`ladi. Vaholanki, yillar davomida ko`rgan , eshitganlarini qog`ozga muhrlay boshlaydi. She`riyatning havaskori bo`lgan Komil Sindarov, O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboyevning bergan maslahati ila nasr yo`nalshida sermahsul ijod qilib, o`zining birinchi “Qimmatga tushga xato” asarini yozadi . Shubhasiz, bu asar tez orada omma yuzini ko`rib, katta shuhrat qozonadi. Keyinchalik nasrda juda ko`p detektiv qissa yoza boshlaydi va yuqorida Komil Sindarovning adabiyot gulshaniga qadam qoyishi haqida batafsil yoritib berganmiz.
Ikkinchi rejada esa yana bir Amerikalik asali kasbi yuridik soha vakili hisoblangan Skott Turowning hayotida va ijodida adabiyot sarchashmasining beqiyos ravnaqi haqida aytib o`tdik.



Download 89.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling