D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


-variant. Mening zurriyodim, hosildan nishona, mendan yodgorlik,  chindan kulmoq. 2-variant


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

1-variant.
Mening zurriyodim, hosildan nishona, mendan yodgorlik, 
chindan kulmoq.
2-variant.
Uzumni yemoq, do ‘stidan eshitmoq, onasiga olmoq, hassa 
bilan ochmoq.
3-variant.
Bizning bog‘, tayoq bilan urmoq, kasallik sababli 
kelmaslik, telefonda sezib qolmoq.
NAMUNA:
Mening zurriyodim - Zurriyod meniki.
Mening zurriyodim: 
[I q.k + I e.q.]
Zurriyod meniki: [EAKJ.
9- amaliy ish. 
Berilgan she’riy parchani so‘z birikmalariga ajrating. 
So‘z birikmalarini sintaktik tahlil qiling.
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlaming parvozi, yellaming nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor... (Zulfiya)
Sintaktik tahlil tartibi:
1. 
Gapdagi so‘zlaming o‘zaro bog'lanishi sxema orqali ko‘rsatiladi, 
(sxematik tahlil) va shu asosda gapdagi so‘z birikmalari aniqlanadi.
148


2. So‘z birikmasida hokim va tobe so‘zlar ajratiladi, ulaming 
ifodalanishi, morfologik shakli qayd etiladi.
3. So‘z birikmasi qismlari orasida shakllangan sintaktik aloqa turi 
belgilanadi.
4. So‘z birikmasi qismlarining erkin yoki bog'liq ekanligiga ko‘ra 
turi (erkin va bog‘liq aloqa) aniqlanadi.
5. Tobelikning yo‘nalishiga ko‘ra sintaktik aloqa turlari (koordinativ 
yoki subordinativ aloqa) aniqlanadi.
6. So‘z birikmasi qismlari orasida shakllangan mazmuniy-sintaktik 
munosabat turi qayd etiladi: a) atributiv munosabat (sifatlovchi- 
sifatlanmish munosabati, ifodalanishi, morfologik shakli) ko‘rsatiladi; b) 
obyektli munosabat (to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish munosabati, ifodalanishi, 
morfologik shakli, to‘ldiruvchining turi: vositali, vositasiz, kelishikli yoki 
ko‘makchili, funksional yoki nofimksional ekanligi) belgilanadi; s) relyativ 
munosabat (hol-hollanmish munosabati, ifodalanishi, morfologik shakli, 
holning turi, funksional yoki nofimksional ekanligi) belgilanadi.
7. Hokim so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra so‘z 
birikmasi tiplari (otli birikma, felli birikma, ravishli birikma) aniqlanadi.
8. So‘z birikmasi qismlarini bog‘lovchi vositalar (formal-grammatik 
vositalar, leksik-grammatik vositalar, pozitsion vosita - so‘z tartibi, 
intonatsiya) aniqlanadi.
9. Tobe bogianish usullari qayd etiladi: a) moslashuv usuli va unga 
xos belgilar (hokim va tobe so‘zning ifoda materiali, ulaming qanday 
morfologik shakllar orqali moslashuvi) belgilanadi; b) boshqaruv usuli va 
unga xos belgilar (boshqaruvchi va boshqariluvchi so'zlar aniqlanadi, 
hokim so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra boshqaruv 
turlari (fe’l boshqamvi, ot boshqamvi, sifat boshqaruvi, ravish boshqaruvi, 
son boshqaruvi) aniqlanadi, tobe so‘zning grammatik shakliga ko‘ra 
boshqaruv turlari (kelishikli va ko‘makchili boshqaruv) ko‘rsatiladi; c) 
bitishuv usuli va unga xos belgilar (hokim va tobe so'zning ifoda materiali, 
ulaming qanday grammarik vosita orqali birikishi) qayd etiladi.
10. So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki murakkab 
ekanligi) belgilanadi.
11. So‘z birikmasining semantikasi aniqlanadi.
12. So‘z birikmasining qurilish modeli belgilanadi.
149


NAMUNA:
Biryil tut ekkan kishi yuzyil gavhar teradi. (Maqol) 
1. Gapning sxematik tahlili:
So‘z birikmalari: biryil, b iryil ekkan, tut ekkan, ekkan kishi, yuzyil, 
yuz yil termoq, gavhar termoq.
Bir yil - so‘z birikmasi, bir - tobe so‘z, son bilan ifodalangan; yil -
hokim so‘z, ot bilan ifodalangan; tobe aloqa: erkin aloqada; subordinativ 
(bir tomonlama) aloqa, atributiv munosabat, aniqlovchili birikma; otli 
birikma, qismlami bog'lovchi vosita: tartib va ohang, qismlar bitishuv 
usulida bog‘langan: son+ot tuzilishida, sodda birikma; miqdor + vaqt 
uzvlarini aks ettirgan, qurilish modeli :[ISOn.+Iot]

Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling