D. V. Subanova Nizomiy nomidagi tdpu "Ingliz tili nazariyasi va o’qitish metodikasi" kafedrasi V b dotsenti


Download 270.06 Kb.
bet1/15
Sana19.10.2023
Hajmi270.06 Kb.
#1709560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
mustaqil talim yo\'riqnomasi tarjima 23-24


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI






«Tasdiqlandi»
Chet tillar fakulteti dekani
__________ A.Mamadaliyev
“___”_______2023

Tarjima nazariyasi va amaliyoti
fanidan
(mustaqil ishlarni tashkil qilish bo’yicha yo’riqnoma)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar

Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika


Bakalavriat yo‘nalishi: 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)




Toshkent -2023


Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanidan mustaqil ishlar yo’riqnomasi bakalavriat talabalarida amaliy va kasbiy malakalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Yo’riqnomada fan dasturiga asosan fanning nazariy va amaliy mashg’ulotlari doirasidagi mavzular chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan holda
kiritilgan.


Tuzuvchi:
D.V.Subanova - Nizomiy nomidagi TDPU “Ingliz tili nazariyasi va o’qitish metodikasi“ kafedrasi v.b dotsenti
S.S. Vallamtova - Nizomiy nomidagi TDPU “Ingliz tili nazariyasi va o’qitish metodikasi“ kafedrasi o’qituvchisi

Yo’riqnoma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakultetining Ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan va 2023 yil “___” dagi _____-sonli majlis bayoni bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.



MUSTAQIL TA’LIM VAZIFALARINI BAJARISH UCHUN TAVSIYALAR
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanidan mustaqil ishlarining maqsadi - o’rganilayotgan tildan ona tiliga yozma va og’zaki tarjima qila olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, ularning ijodiy faoliyatini o’stirish, va tarjima ustida mustaqil ishlay olish ko’nikma va malakalarini hosil qilish va rivojlantirishdan iborat. Ushbu umumiy maqsadga erishish uchun quyidagi bir necha vazifalarni bajarish nazarda tutiladi:
- talabalarning til tayyorgarlik sifatini oshirib borish, til va mutaxassislik bo’yicha adabiyotlar ustida ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- o’z kasbiy bilim va malakalarini keyinchalik mustaqil to’ldirib va yangilab turish ehtiyojlarini yaratish va saqlab qolish, fan bo’yicha yaratilgan ko’nikma va malakalarni o’stirib, rivojlantirib borish;
- talaba bajarishi kerak bo’lgan ishlarni to’gi tashkil qilish, kelib chiqadigan
qiyinchiliklarni oldindan bila olish, his etish va ularni bartaraf qilish yo’llarini topa olish.
Bunda mustaqil ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
- annotasiya, referat, rezyumelar tuza olish;
- fan doirasida tezis yiki maqolalar yozish;
- turli janrdagi matnlarni tarjima qila olish;
- turli dialoglar, monologlar,ilmiy matnalar, ish yuzasidan xatlarni tarjima qila olish;
- tarjimaning turli metodlaridan foydalana olish;
- sohaga oid turli hujjatlarni tarjima qila olish;
- ingliz tilidan ona tiliga ilmiy maqolalarni tarjima qila olish;
- fan doirasida ishlatiladigan terminlarni jamlanmasini tuzish;
- mavzular bo’yicha presentatsiyalar tayyorlash.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanidan mustaqil ishni tashkil qilish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • nazariy va amaliy mashgulotlar o’tish davomida talabalarning ijodiy jarayonga yo’naltirilishi, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga orgatish, mashqlar bajarishi;

  • badiiy asarlarni estetik-goyaviy jihatdan tahlil qilish, klassik asarlar matni ustida ishlash, adabiy jarayonni kuzatib borish;

  • malakaviy amaliyotni otish chogida yangi texnika, jihozlar, keng kolamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni organish;

  • talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogliq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur organish;

  • tarjima muammolari va ularni yechish yo’llarini o’rganish, tarjima turlarini bilish va ulardan amaliyotda foydalanaolish;

  • internet orqali inglizzabon mamlakatlar turmush tarzida sodir bolayotgan oxirgi ma’lumotlar, ozgarishlar boyicha malumotlar olish va toplangan ma’lumotlarni amaliy mashg`ulotlar jarayonida auditoriyaga yetkazishdan iborat.


Download 270.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling