Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy


Download 247.04 Kb.
bet29/32
Sana18.02.2023
Hajmi247.04 Kb.
#1212410
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
ona tili

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Odobli va mehnatsevar farzand – oila ko‘rki.

O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan 267-mashq matnni o‘qitiladi. So‘roqlar yordamida sifatlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish lozimligi tushuntiriladi.
umri qisqa ,o‘jar barg ,qo‘ng‘ir tusga ,daydi shamolning ,yangi barglar.
III. Yangi mavzuni bayoni.
Sifatlarning otga bog‘lanib kelishini mustahkamlash va ularning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi quyidagicha tushuntiriladi: Yaylovda o‘tlab yurgan toychani tasvirlovchi rasmni doskaga osib, unga o‘quvchilar diqqatini qaratadi.
— Rasmda nimalarni ko‘ryapsiz? (Yaylov, o‘tloq, toycha, bolalarni ko‘ryapmiz.)
— Yaylov qanday? (Keng, ko‘m-ko‘k, bepoyon.)
— O‘tlar qanday? (Ko‘m-ko‘k, barra.)
— Toychoq qanday? (Yosh, jajji, sho‘x, o‘ynoqi.)
— Toychoq nimaning bolasi? (Otning bolasi.)
— Toychoq, o‘tloq, yaylov haqida 5—6 so‘zli gaplar tuzing.
O‘quvchilar tuzgan gaplardan ikkitasi tanlab olinadi va doskaga yoziladi.
(Ko‘m-ko‘k o‘tloq qo‘y-qo‘zilarni chorlaydi. Sho‘x, o‘ynoqi toychoq yaylovda o‘tlayapti.)
Quyidagi savollar beriladi.
— Birinchi gapni o‘qing. Gap nima haqida aytilgan? (O‘tloq haqida.)
— Qaysi so‘z ega? (O‘tloq — ega, eganing tagiga bir chiziq chiziladi.)
— Kesim-chi? (Chorlaydi — kesim, kesimning tagiga ikki chiziq chiziladi.)
— Qanday o‘tloq? (Ko‘m-ko‘k o‘tloq.)
— Shu gapda ega nima bilan ifodalangan? (Ot bilan ifodalangan.)
— Ikkinchi darajali bo‘lak nima bilan ifodalangan? (Sifat bilan ifodalangan.)
Ikkinchi gap ham xuddi shunday tahlil qilinadi.
— Demak, sifat gapda otga bog‘lanib, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelar ekan, — degan xulosa chiqariladi.
268- mashqdagi maqollar o‘qib, ma’nosini tushuntirish so ‘raladi.

Download 247.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling