V. Darsni yakun yasash va baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. 267-mashq matnni o‘qib beriladi. So‘roqlar yordamida sifatlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish lozimligi tushuntiriladi.
umri qisqa ,o‘jar barg ,qo‘ng‘ir tusga ,daydi shamolning ,yangi barglar.
94
Mavzu: Sifatlarning otga bog ‘lanishi .(268-270-mashq)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga sifatning nutqimizdagi roli, sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish, shaxs va narsalarning belgi xususiyatlarini yaqqol ko‘ra bilish, sifatlarga so‘roqlarni to‘g‘ri qo‘ya bilish, ta’sirchan so‘zlash, go‘zallikka intilish kabi his-tuyg‘ularni tarbiyalash. FK1: mazmunli gap (matn) lar yarata oladi, sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi vazifasini bilish;
tarbiyaviy: odob-inson ko‘rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o‘g‘itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o‘zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o‘rgatish. orasta kiyinish va gigienik talablarga amal qilish;
TK5 : maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rgatish, ijodiy tushunib yetishga, bilimlatrni erkin egallashga yo‘naltirish. FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi. TK2 : media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakllantirish darsi.
Darsning metodi: analiz-sintez metodi, “Grafik test”metodi, suhbat metodi.
Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari,tarqatma materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |