Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Download 0.93 Mb.
bet4/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

BEPOYON OSMON




Erkin A’ZAM, O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Nazar Eshonqulning “Bepoyon osmon” degan hikoyasi menga juda yoqadi. Gazetada bir sahifa bo‘lib chiqqan edi. Qaysi gazetaligi esimda yo‘q, ammo sarlavha va matnning joylashuvigacha ko‘z oldimda turibdi. Nihoyatda o‘zbaki hikoya. Undagi mazmun-mohiyatni, deylik, g‘arb adabiyotiga ko‘chirib qarasangiz bor fayz-tarovatini yo‘qotadi. Gʻarb kitobxoni oilada farzandsizlik jafosiga boshqacha qaraydi, musulmon qavmining bu borada har qanday ko‘chaga bosh urib chiqishga tayyorligi ularga tushunarsiz. Milliy ruh deganlari shu bo‘lsa kerak-da.


Yaxshi asarning bir xislati shuki, qahramonning kechmishi xuddi sizning ham boshingizdan o‘tgandek bo‘lib tuyulaveradi. Masalan, o‘zim serfarzand oilada o‘sganman, befarzand amakim yo‘q, binobarin, men hech birining xonadonida asrandi o‘g‘il maqomida yurgan emasman. Lekin hikoyani o‘qirkanman, o‘sha mungli manzaralar menga bag‘oyat tanishdek, o‘sha savdolarga o‘zim, ha, aynan o‘zim guvoh bo‘lgandek entiktirarli bir holatga tushganim rost. Qalamkash sifatida asar qaysi matoga qanday ip bilan tikilganini uncha-muncha bilib-sezib turaman. Ehtimol, hikoya avtobiografik asosga egadir, shuning uchun bu qadar jonli, ta’sirli chiqqandir. Muallifdan so‘ramaganman. Kuladi-da. Yozuvchi yozuvchidan bunday narsalarni surishtirmaydi, negaki biladi: bari qalamga, iste’dodli qalamga bog‘liq. Qalam cho‘ltoq bo‘lsa, kechagina o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini yozsa ham beta’sir bir uydirmaga o‘xshab chiqaveradi... Balli, Nazarboy!
Nazar Eshonqulning boshqa asarlarini o‘qimagan yoki ulari yoqmas ekan-da, deb o‘ylamang. Ancha-munchasidan xabarimiz bor, o‘qiganmiz; ba’zilari tepadagi “Osmon”dek ma’qul bo‘lgan, ba’zilari injiq ta’bga unchalik o‘tirishmagandir. Buning uchun hamqalam aka-ukalar bir- birining yoqasidan olmas. Boya g‘arb adabiyotini bejiz eslamadik. Nazarboy o‘sha adabiyotga ko‘proq e’timod qo‘ygan, o‘shalardan ruhlanib milliy nasrimiz ufqlarini kengaytirmoq bo‘ladi. Yaxshi amal, baraka topsin! Xonaki, xashaki gaplar badiga urgan-da, ijodkor ko‘ngil yangilik istaydi. Lekin goho o‘sha jilvalarga mahliyo bo‘lib qolishi ham bor...
Kaminaga yozuvchimizning adabiyotshunoslikka oid tajribalari ayniqsa ma’qul. “Men”dan mengacha” degan ikki kitob chiqardi. Biri biridan mazmundor, noyob kitoblar. Manaman degan bir olimning vazifasi uddalangan. Jahon adabiyotini o‘rganaman deganga ham tayyor manba.
Bir muddat “O‘zbekkino” Badiiy kengashida hamkorlik qilganimizni aytmasa, biz Nazarboy bilan birga ishlamaganmiz, gap-gashtagimiz ham bo‘lak, ko‘rganda olisdan bir- birimizga do‘stona qo‘l silkishib qo‘yamiz, xolos. Lekin Nazar Eshonqul haqida o‘ylaganimda bir olim do‘stimning aytgani esga tushaveradi. Huv taloto‘p davrlarda ular bir tahririyatda xizmat qilgan ekan. Zamon charxi teskari kelib, ijodiy jamoa boshiga qora bulut to‘planganda yolg‘iz Nazar Eshonqul oxirigacha turib bergan ekan... Yozuvchi odamga, imonli odamga bundan boshqa ta’rifning hojati yo‘qdir!
Qolganiga nima deyin? Zabardast adib, mohir dramaturg, jahon adabiyotining bepoyon kengliklariga talpingan ijodkor... Keling, ko‘pirishdan ne naf, anig‘ini o‘zi biladi-ku!
60 yosh hech gap emas, Nazarboy inim, bu yog‘iga ham bo‘shashtirmagaysiz!



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling