Davlat univyersiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Download 352.69 Kb.
bet13/14
Sana19.06.2023
Hajmi352.69 Kb.
#1623977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3.1 AGB-21 -guruh talabasi Nematilloyev Shaxriyor

XULOSA va Takliflar
Xulosa qilsak, ishlab chiqarish omillari ma’lum tizimni tashkil etadi, ular xar xil uskunalardan iborat, bu uskunalar bajaradigan vazifalar bir xil emas. Ular bajaradigan vazifalar bir-biriga moslashgan sharoitda ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Moddiy ashyoviy omillari shaxsiy-insoniy omil bilan birikkan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi, xayotiy ne’matlar yaratiladiki, ular birinchidan, moddiy mahsulotlardan, ikkinchidan xar xil xizmatlardan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish ne’matlarining yaratilishi, ularning pirovard qanday maqsadga ishlatilishiga qarab ikki qismga bulinadi:
1. Moddiy ishlab chiqarish- moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni yaratish masalan: yuk tashish, yo‘l xizmati ko‘rsatish, ishlab chiqarish axborotini uzatish va hokazolar. Mazkur sohaga sanoat, transport, aloqa, qurilish, qishloq xo‘jaligi kabilar kiradi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish - moddiy shaklga ega bulmagan va aholi uchun zarur xizmatlarni ishlab chiqarish. Mazkur sohaga aholiga madaniy-maishiy, meditsina, sport-fizkultura xizmati ko‘rsatish, bilim berish xizmati kabilar kiradi..
Moddiy ishlab chiqarish birlamchi, unga qarab nomoddiy soha rivojlanadi. Moddiy ishlab chiqarish nomoddiy soha uchun ish kuchini bo‘shatib beradi, uni moddiy resurslar bilan ta’minlaydi, bu sohada ishlovchilarni boqadi. Uning darajasi qancha yuqori bo‘lsa, nomoddiy soha xam shunchalik rivoj topadi. Masalan: AQSH da ishlab chiqarish yuqori bo‘lganidan nomoddiy ishlab chiqarish yuqori bo‘lgandan nomoddiy ishlab chiqarish sohasida aholining (ishlovchilarning) 50 % dan ko‘proq qismini band etish imkoni bor. Aksincha, O‘zbekistonda ishlab chiqarish kam rivojlanganidan ishlovchilarning faqat 25 % nomoddiy sohada band. Ishlab chiqarish omillarining birikish usuli iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega, chunki shunga karab, uni o‘stiruvchi kuch paydo bo‘ladi. Ularning birikishi ikki xil bo‘ladi:
1. Bilvosita birikish. Bunda o‘zgaga tegishli moddiy omillar o‘zganing ish kuchi bilan birikadi. Har ikkala omilning egasi har xil bo‘ladi. Mehnat bir tomonda bo‘lsa, vositalar ikkinchi tomondan turadi. Shu sababli mehnat ahli bo‘lmish ishlab chiqaruvchida manfaatdorlik va ma’suliyat kuchsiz bo‘ladi.
2. Bevosita birikish. Bunda moddiy va shaxsiy omilllar bir qo‘lda bo‘ladi, mulkchilik ularni bir-biridan ajratmaydi. Ham mulk egasi, xam ishlovchi aynan bir shaxs bo‘ladi. O‘z mulki bo‘lmish moddiy omillarni o‘z kuchi bilan ishlatish ishlab chiqarishni yaxshi rag‘batlantiradi, chunki uning natijasi ishlab chiqaruvchining o‘ziga tegadi.
Ishlab chiqarish natijasi uning omillarining birikish usuli bilan chegaralab qolmaydi. U eng avval omillarning sifatiga, sungra miqdoriga va nihoyat ularning nisbatiga bog‘liqdir. Moddiy va shaxsiy omillar bir-biriga mos bo‘lgandangina ishlab chiqarish ravon rivojlanadi.
4. Ma’lumki, iste’mol qilish uchun avvapo ishlab chiqarish zarur. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun esa iqtisodiy resurslar ishlatiladi. Iqtisodiy resurslar ishga solinganda u ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Ishlab chiqarish yuz berishi uchun uning omillari harakatga kelishi shart.
Iqtisodiyot nazariyasida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etiladi. turli nazariya namoyandalari ishlab chiqarish omillarisiz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mumkin emaslishni ta’-kidlashadi. Lekin ularni talqin qilishda har xil jihatdan yondashiladi. Bunda mahsulot yaratishda u yoki bu omilning tutgan o‘rni va yaratilgan mahsulot taqsimotidagi qissasi haqidagi fikrlar bir-biridan farq qiladi. Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767-1832) iishab chiqarishning uch omili nazariyasini asoslab, ularga yer, kapital, mehnat kiradi deydi.
Ularning o‘zaro ta’siri natijasida ishlab chiqarish yuz beradi. Mahsulot yaratishda uchala omil ham qatnashar ekan, har bir omil egasi ana shu omilning hissasiga ko‘ra daromad olishi kerakligini ko‘rsatadi, yer egasi - renta, mehnat qilgan ish haqi, kapital egasi foyda oladi. Klassik siyosiy iqtisod vakillariham shunday fikrni ilgari surishadi.
Avstriya maktabi asoschilaridan E. Bavyerk (1851-1914) ishlab chiqarishining ikki omili mavjud, kapital va mehnat, yer esa kapital turli-tumanligining bir ko‘rinishi deb biladi. U ishlab chiqarish omillari unumdorligining ma’lum bir chegaradan so‘ng pasayib borishini ko‘rsatadi, meyoriy unumdorlik qonuni amal qilishini asoslab beradi.
Ishlab chiqarish omillari texnologiya yordamida bir butun qilib bog‘lanadi. (Texnologiya - ishlab chiqarish jarayonini amalga oshi-rishning vosita va uslublari to‘g‘risidagi bilimlar, tajribalar majmuidir.)
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik iqtisodchilar ishlab chiqarishning 4 omilini ko‘rsatishadi. Ular yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik bo‘lib, ularning har biri daromad keltirish asosiga ega.
Iqtisodiy resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanishi, ulardan oqilona foydalanish natijasida mahsulot yaratiladi, xizmat ko‘rsatiladi. Omillar ishlab chiqarishda alohida-alohida qatnasha olmaydi. Ular birgalikda hamda ma’lum bir nisbatda ishlatiladi. Ular doimo bir-birini to‘ldiradi. Masalan, mashina o‘riini jonli mehnat bilan hoki aksincha, tabiiy ashyo o‘rnini sintetik ashyo bilan to‘ldirish mumkin. Shuning uchun resurslardan biri qimmatlashsa, uiing o‘rnini to‘ldiradigan boshqa arzon resurs bilan almashtirishga harakat qilinadi.
Ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari shu resurs egalarining daromadi bo‘ladi.
Ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, shu omil-ning hissasiga bog‘liq bo‘ladi. Yer omili tushunchasiga iqtisodiy nuqtai mazardan faqat yer emas, balki barcha tabiiy resurslar kiritiladi. Unga haydaladigan yerlar, o‘rmonlar, suv resurslari, turli tabiiy boyliklar, ko‘mir, neft, metall, minyerallar kiradi. Ular ishlab chiqariashing tabiiy sharoitini hosil qiladi. Yer omili (tabiiy resurslar) keltiradigan daromad renta deb ataladi.



Download 352.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling