Determinatives (ко 'rsatkichlar) Umumiy ma ’lumotlar


Some people do not like meat. – Ba’zi odamlar go’shtni yoqtirmaydi Come at any


Download 33.88 Kb.
bet2/11
Sana17.02.2023
Hajmi33.88 Kb.
#1205507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARTIKL 2 4 GRUPPA

Some people do not like meat. – Ba’zi odamlar go’shtni yoqtirmaydi
Come at any time. Istagan vaqtda keling.
Tom goes there every day. Tom u yerga har kuni boradi.


e). What? — qanday?, which? — qaysi?, whose? — kimning? So‘roq olmoshlari:
Whose pencil is this? Bu kimning qalami?
On which floor do you live? Qaysi qavatda yashaysiz?
What books have you read? Qanday kitoblar o‘qidingiz?
5. Ba’zi ko'rsatkichiar faqat donalab sanaladigan otlar oldida, ba’zilari esa faqat donalab sanalmaydigan otlar oldida, ba’zilari barcha otlar oldida kelishi mumkin:
Donalab sanaladigan otlar bilan keladi: a, the, an, some, any this, that, these, those ; none, one, two, three... ,many ,a lot of , a large number of ; a great number of ; few ; fewer... than; more... than ;
Donalab sanalmaydigan otlar bilan keladi: the, some, any; this, that; none; much (odatda bo'lishsiz va so’roq gaplarda); a lot of; a large amount of; (a) little ; less... than; more... than

6. Ko'rsatkichlar qaysi otga taalluqli bo'lsa, o'sha otdan oldin keladi,


agar 0‘sha ko‘rsatkichdan tashqari otning boshqa aniqlovchisi bo‘Isa, ular ot
bilan ko‘rsatkich o‘rtasida keladi.
Pushkin created the Russian literary language. Pushkin rus adabiy tilini yaratdi
His first scientific work was a great success. Uning birinchi ilmiy ishi katta inuvaffaqiyat qozondi.
ARTIKL
Umumiy та 'lumotlar
1. Artikl otlar oldida ishlatiladigan maxsus so'zlardir. O'zbek tilida
artikl mavjud emas. Artiklning alohida tarjimasi yo‘q. Ot oldida artiklning
ishlatilishi va ishlatilmasligining ahamiyati katta.
2. Ingliz tilida ikkita artikl bor: Noaniq artikl (The Indefinite Article)
va aniq artikl (The Definite Article).
3. Noaniq artiklning ikkita shakli bor: a va an. An shakli unli tovushlar
bilan boshlangan otlar oldida keladi: an opera, an apple, an hour. Qolgan
hollarda artiklning a shakli ishlatiladi: a pen, a book, a student.
4. Aniq artiklning bitta shakli bor: the.
5. Noaniq artikl ONE (bir) so‘zidan kelib chiqqan, shuning uchun ham u faqat birlikdagi otlar oldida ishlatiladi.
6. Aniq artikl eski ingliz tilidagi the (u, o‘sha) ko‘rsatish olmoshidan kelib chiqqan bo'lib, ba’zi hollarda hozir ham dastlabki m a’nosini saqlab
qolgan.
7. Noaniq artikl ishlatilganda otning biror turga (sinfga) mansubligini
bildiradi.
8. Aniq artikl otni boshqa shu turdagi otlardan ajratib ko'rsatganda
ishlatiladi.
TURDOSH OTLAR BILAN
NOANIQ ARTIKLNING ISHLATILISHI
1. Noaniq artikl biror turga mansub bo’lgan birlikdagi shaxs yoki buyum
oldida ishlatiladi va qandaydir bir degan ma’noni bildiradi:
She has a watch of her own. Uning o‘z soati bor.
He gave her a cigarette and lighted it - U unga sigareta berdi va uni yoqdi.

Ko'plikda ot artiklsiz ishlatiladi. Agar miqdorni anglatmoqchi bo’lsak,


some ishlatamiz:
I have brought you some flowers. — Men sizga bir nechta gul keltirdim.
I hate to wear flowers... — Men gul taqishni yomon ko‘raman.
2. Ot shaxs yoki buyumning kim yoki nima ekanligini ifodalasa noaniq
arlikl bilan ishlatiladi. Bunday ot gapda:

Download 33.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling