Devoniy foniy
Download 135.5 Kb.
|
Devoniy foniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT
Gufti: “Baram dilatro”, jon ham fidot, yoro!
Go‘yam: “Dilat namonad”, dil xud kujost moro. Dil raftu jon ham az pay dar vajhu mutribu may, In har du lek be vay go‘: “Bazmi mo mayoro”. Mazmuni: “Dilingni olib ketaman” deding, (mayli), jonim ham senga fido bo‘lsin. “Diling qolmasin” desam, mening dilim qayerda, (o‘zim) bilmayman. Sozanda va may uchun (ularning ortidan) dilu jonim ketib qoldilar, ammo ayt: mahbubasiz bu ikkitasining ham bazmimizda keragi yo‘q”. Foniyning tatabbusida ham dilning ketishi va mayu mutribu may vositasi ifoda etiladi. Oshiq – shoir jonu dilini mahbubaga fido etadi, hamma narsani unutib, oshiq bo‘ladi, ammo qancha muhabbatu sozu navoga (mutribu mayga) intilsa, mahbubasiz bularni ahamiyati yo‘qoladi. Foniy g‘azalida ham vahdat ul-vujud g‘oyasi ifodalangan va bu orifona mazmun oriflik tariqatiga xos bo‘lib, Hofiz ko‘targan fikrlarning rivojidir. Shu tariqa, Foniy tatabbusi bu o‘rinda tavrona qolishga tushgan va Hofiz g‘azalining jilvalanishidan nurlangan; shu asosda u original, tubdan yangi g‘azal sifatida namoyon bo‘lgan. Foniyning “alif” bobidagi Xoja Hofiz g‘azaliga bog‘langan to‘rtinchi tatabbusi quyidagicha: Nasimi subh, bigo‘, on niholi ra’noro, Ki bog‘i umr xazondida az tu shud moro. Mazmuni: “Tong shabadasi, ul niholga o‘xshagan ra’no qizga aytki, bizning umr bog‘imiz sendan xazonrezgiga aylandi”. Xoja Hofiz g‘azalining matlai quyidagicha: Sabo, ba lutf bigo‘ on g‘izoli ra’noro, Ki sar ba ko‘hu biyobon tu dodayn moro. Mazmuni: “Ey tong shamoli, lutfu inoyat ila ul ohuga o‘xshagan ra’no qizga aytki, tog‘u cho‘lllarga bizni sen sarson-sargardon qilganing qilgan”. G‘azallar tarkib, vazn, qofiya va umumiy ohangi bilan bir-biriga monand, vahonlanki, ularning biri ikkinchisining tatabbusidir. Nasim – sabo, nihol – g‘izol, ra’no – ra’no, umr bog‘ining xazon bo‘lishi – tog‘u cho‘llarga bosh olib ketish va boshqa iborayu tarkiblar ikki g‘azalning qolipini tashkil etib, ularni mazmun jihatidan bir-biriga yaqinlashtirgan. Shu shaklda g‘azallar mahbubaning jabr-sitami va oshiqning nolayu afg‘oniyu latofatli tuyg‘ularini ifodalagan. Ishqiy kechinma samimiy va osuda taassurot bilan sug‘orilgan. “Devoni Foniy” tarkibidagi g‘azallarning sakson foizi mashhur g‘azalnavis fors-tojik shoiri “ Xoja Hofizga tatabbu shaklida dunyoga kelgan. Ularning orasida javobiya, istiqboliya, tazmin, tavriya va rangomuz g‘azallar ham mavjud. Biz ular orasida devonning faqat “alif” bobidagi to‘rt tatabbusi bilan tanishdik. Ko‘ramizki, Foniy Xoja Hofizni g‘azal bo‘stonida eng buyuk va betakror shoir deb bilib, uning g‘azallarini boshqalardan ustun ko‘rgan; Foniyning tab’iga o‘sha g‘azallar manzur tushgan, xususan, ularda bayon etilgan mazmunlar, obrazlar, ifodalar va irfoniy g‘oyalar Foniyga ma’qul bo‘lgan va shu sababli ular ohangida g‘azal yaratishga intilgan. Xoja Hofiz g‘azallari qancha shuhrat qozongan bo‘lsa, ularga bog‘langan Foniy tatabbulari ham shuncha mashhur bo‘lib, ular fors-tojik va o‘zbek adabiyoti tarixida kuchli, baquvvat va originalga o‘xshagan tatabbu maktabining rivojlanishiga muhim omil sifatida xizmat qilgan. Foniy tatabbulari hofizona originaldan qolishmaydi va ular qatorida originallik xususiyat kasb etgan. Hofiz g‘azallarining betakror ohorli g‘oyalari asrlar osha qancha davom etib, muxlislarni maftun qilib kelayotgan bo‘lsa, Foniy tatabbulari orqali bu jarayon yanada qanot qoqib, hofizona mazmunlarning yoyilishi va parvoziga kuch-quvvat baxshida etgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, Navoiy-Foniyning forsiy tilda yaratilgan g’azallari o’zining tuzilishi, mazmun-mohiyati jihatidan,g’oyaviy-badiiy tarafidan hamda obrazlar tizimi tomonidan fors adabiyotidagi g’azallarning eng yaxshi namunalarini tashkil etadi. Navoiy-Foniyning forsiy tildagi g’azallari fors adabiyotidagi mavjud an’analar asosida yaratilib, bu adabiyotda g’azalnavislik sohasida o’ziga xos yangi bir bosqichni boshlab berdi, deyishga asoslar bor. “DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT Ma’lumki, Alisher Navoiy lirikaning 16 ta janrida mahorat bilan qalam tebratgan. Sulton Husayn Boyqaro Navoiy ijodi , uning rangba-rang, g’oyaviy-badiiy jihatdan yuksak she’rlari haqida o’zining “Risola” asarida baho berib, uni “she’riyat mulkining sohibqironi” , deb ataydi. Albatta, bu ta’rif shunchaki aytilmagan. Bu ta’rif zamirida ulug’ bobokalonimizning ijtimoiy-falsafiy, ta’limiy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarining hosilasi o’laroq maydonga kelgan lirik she’rlari uchun berilgandir. Navoiy boshqa she’riy shakllar bilan birga qit’a janriga mansub bo’lgan yuqori darajadagi ma’no-mazmunga ega bo’lgan she’rlar yaratgan. Navoiy qit’alari mavzu va mazmun jihatdan turli-tuman va xilma-xildir. Navoiy qit’alarida ijtimoiy-axloqiy masalalar real, jonli va haqqoniy tarzda tasvirlangan. Navoiyning qit’alarining aksariyatida asosiy qahramonlar tarixiy shaxslardir. Navoiy ijodidan o’rin olgan qit’alarning ko’pchilik katta qismi turkiy (o’zbek) tilida yaratilgan bo’lsa, “Devoni Foniy”da ham qit’alarning forsiy tildagi namunalari ham ko’plab uchraydi. Xuddi o’zbek tilidagi qit’alari kabi Navoiyning forsiy tilda yaratilgan qit’alari mavzu, mazmun hamda g’oyaviy-badiiy tomondan yuksak darajada yozilgan. Quyidagi qit’aga e’tiborimizni qaratamiz: Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling