Devoniy foniy
Download 135.5 Kb.
|
Devoniy foniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT
Ma’niyi shirinu ranginam ba turkiy behad ast,
Forsy ham la’lu darhoi samin bingary. Go‘yiyo dar rost bozori suxan bikushodaam, Yak taraf do‘koni qannodiyu yak so‘ zargary. Z-in do‘konho har gado kolo kujo donad xirad, Z-on ki boshad ag‘niyo, in naqdhoro mushtari. “DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT Qit’aning birinchi bayti faxriya mazmuniga ega. Bobomiz iftixor hissi bilan: “Turkiy tilda shirin va rang-barang ma’nili she’rlarim behaddir. Agar nazar tashlasang, forsiyda ham la’lu dur yanglig‘ qimmatbaho she’rlarimning ko‘pligiga inonasan”, – deydilar. Keyingi satrlarda shu haqiqat tasavvur orqali topilgan mantiq va manzarada bir do‘kon ochgan. Uning bir tomoni qandchilik do‘koni-yu, ikkinchi tomoni zargarlik. Lekin bu do‘konlardan biror nima olmoq uchun kuchli aql, zo‘r farosat, o‘tkir nazar kerak. Aqli yupun, ko‘ngli botil, nodonlarga esa yo‘l bo‘lsin, ular “do‘kon” oralab shunchaki o‘tishi yoki uning atrofida o‘ralashishi mumkin, xolos. Undan tafakkur ehtiyojlarini qondira olganlar esa, boy-badavlatdurlar. Besh yuz yildan ortiq vaqt o‘tibdiki, bu gap o‘zining mazmun va ahamiyatini zarracha yo‘qotmabdi. Darhaqiqat, bilish, tushunishni qo‘ya turaylik. Mir Alisher Navoiyning ijodiyotiga yaqinlashish uchun katta tayyorgarlik kerak. Hazrat Navoiy ajdodlari anglash, ularning ma’no qatlamlarini ochish, go‘zallik sirlaridan zavqlanish va hayratlanishdan ortiqroq g‘aniylik yo‘q. Dushman gar hasud shud nek ast, Ki ba ranj oyad o‘ zi fe’li badash, Fe’li o‘ yoru dushmanash boshad, Az pai qasdi jismu joni xudash. Qaysidir zamonda uchta hasadchi bir joyda topishib qolishibdi. Birinchisi: “Hech kimga yaxshilikni ravo ko‘rmayman”, desa, ikkinchisi: “Birovning birovga yaxshilik qilishiga mutlaqo qarshiman”, debdi. Uchinchichi esa: “Menga kimda-kim neklik qilsa, o‘sha bilan dushman bo‘larman”, degan ekan. Mana, hasad nima va hasadchi kim? Hasad ongdagi, qondagi illat. Balki shuning uchun hasadchilar so‘nggi nafaslarigacha bu ofatdan qutula olishmas. Ammo “ichida tonnalab ko‘mir” to‘plangan hasadchining dushmanligini sezganingizda, bir narsani hisobga oling: o‘zingizni unga mutlaqo dushman bilmang. Negaki, unga o‘zidan ortiq g‘anim mumkin emas. U sho‘rlik har soat, har kun ichidan o‘zini-o‘zi tiriklayin yeydi. Shuning uchun ham Mir Alisher Navoiy qit’asida: “Dushmaning hasadchi bo‘lsa, yaxshidir”, deyilgan. Va uni adoyi tamom qiladigan qarshi kuch yomon fe’li deb ko‘rsatilgan. Albatta, u hech payt, xulqini tuzatish bir yoqdi tursin, o‘ziga tanqidiy ham qaray olmaydi. Yomon fe’li – dushmani unga yo‘ldosh bo‘lgach, bu dushman uni bir kunmas, bir kun yakson etishi anglashilarlidir. Olimu johil agar chi har du jinsi mardumand, Farq boshad dar miyon az osmon to xoki rax, Durru jola hardu az abrandu dar hay’at shabih, On ravad bar toji shax In lek dar xoki siyah. She’r avvalida aytilganidek, olim ham, johil ham inson. Ularning har ikkalasi odam toifasidan. Lekin oralaridagi farq osmon bilan yer qadardir. Chin olimni nurli kunga qiyoslaydigan bo‘lsak, johil qorong‘u tun timsoli. Olimning matlabi – haqiqat, ezgulik, odamiylik, hurlik. U hayotdan ilmu hikmatning qo‘li baland bo‘lsin, deydi. U: “Ey inson, o‘zingni angla, qadringni arzon sotma, senga non-tuz bergan xalqingni sevgil, joningni Vataningdan ortiq ko‘rma” deb o‘rgatadi. Haqiqiy olim mana shular uchun zahmat chekadi, odamlarning o‘zaro ittifoq yashashi, ulug‘ orzular yo‘lida hamjihat kurashishlarini istaydi. Johilchi? U burnidan narini ko‘ra olmaydi. U jaholatning quli. Uning hayotini gumrohlik, vahshiylik boshqaradi. Qit’ada bular quyidagi tamsiliy so‘zlarda yoritilgan: Durru jola har du az abrandu dar hay’at shabih, On ravad bar toji shah, In lek dar xoki siyah. Mazmuni: dur va do‘l – har ikkisi ham bulutdan paydo bo‘lib, zohiran bir-biriga o‘xshasa-da, dur podshoh tojiga chiqadi, do‘l esa qora tuproqqa kiradi. Bu mantiq mulohazaga yo‘l ochadi. Endi Siz olim kim, johil kim, olim qadrining yuksakligi-yu, johil qadrsizligining sabablari to‘g‘risida istagancha fikrlashingiz mumkin. Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling