Devoniy foniy
Download 135.5 Kb.
|
Devoniy foniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT
Forsiy ham la’lu durhoi samin chun bingari.
Go‘yiyo dar rost bozori suxan bukushodaam, Yak taraf do‘koni qannodi-yu yak su zargari. Tarjimasi: Ranginu lazzatli ma’no menda behad turkiyda, Forsisiga bir nazar sol, bebaho dur, gavharim, Men suxan bozorida go‘yo ochibman rastakim, Bir tomon qandolatu xalvo-yu bir yoq zargarlik. Xullas, Alisher Navoiyning “Devoni Foniy” tarkibiga kiritgan lirik she’rlari fors-tojik mumtoz adabiyoti uchun ulkan hissa bo’lib qo’shildi hamda uning kelgusidagi taraqqiyoti uchun nihoyatda samarali ta’sir o’tkazdi deyish mumkin. Alisher Navoiyning Hofiz Sheroziy g‘azallariga bog‘langan tatabbulari 237 ta bo‘lib, biz bu yerda “Devoni Foniy”ning alif harfidagi to‘rt tatabbusini tanlab oldik va shoirning tatabbunavislikdagi o‘ziga xos mahoratini ochishga harakat qildik. Lug‘atlarda tatabbuning uch ma’nosi berilgan: birinchisi – bir narsaning izidan borish, bu borada harakatchan va ildam bo‘lish, izlanish; ikkinchisi – tadqiqot o‘tkazish; uchinchisi – tobelik, bo‘ysunish va payravlik. Ayni mazmunlari bilan tatabbu she’riy janrga aylanib, izdoshlik, payravlik ma’nolarini bildiradi. Shoirlar o‘rganish va ijod jarayonida biror yaxshi g‘azalni uchratsalar, shu zahoti unga payravlik qilib, uning ohangiga mos yangi bir g‘azal yaratadilar va bu o‘sha g‘azalning tatabbusi bo‘ladi. Tatabbudan tashqari adabiyotshunoslik ilmida mazkur mazmunlarni ifoda etadigan yana bir nechta termin (atama) mavjud. Ularning birinchisi – payravlik. Bu atama taqlid va tobelik ma’nolarini bildiradi. Ya’ni payravlik tatabbuga yaqin turadi va ba’zan uning o‘zidir. Bu doiraning ikkinchi ko‘rinishi – nazira. Bu atama monandlik – o‘xshashlikdir. Uning qolipida naziri yo‘q asar yaratiladi. Mazkur mavzuning uchinchi doirasi – istiqboliy asarlar. Istiqbol – peshvoz chiqish, bir narsaga intilish demakdir. Ya’ni shoirning ko‘z o‘ngida eng yaxshi va tengi yo‘q asar bo‘lsa, xohlasa uning istiqboliga, peshvoziga chiqadi va unga o‘xshash bir narsa aytishga jazm qiladi. To‘rtinchi doira tavr deb ataladi. Tavr, avvalambor, hol-ahvol, qiyofa va suvratni anglatadi. Adabiy atama sifatida uning tarzida, tavrida, unga muvofiq aytishni anglatadi. Tavrga o‘xshash beshinchi qolip – rang. Ya’ni o‘ziga yoqqan asarning rangi-ro‘yiga qarab, yoxud uning rangi-ro‘yini eslatib hamohang asar yaratishdir. Qolipning oltinchisi – tazmin. Tazminda hamohang asarning oxirida, yoxud biron joyida originaldan bir bayt, misra, yoxud uning muallifiga yaqqol ishora keltiriladi va shu bilan bu tazminning boshqa kishi g‘azaliga bo‘lgan hamohangligi hujjat qilinadi. “DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT Navoiy forsiy g‘azallarida ko‘proq tatabbu, tavr, rang va tazminga e’tibor beradi. Jumladan, Hofiz bilan musobaqaga kirishganda uning g‘azallari tarzida, rangida va ohangida g‘azallar yaratadi va bu holatda, ko‘ramizki, taqlid va payravlik omili umuman yuz bermagan. Boshqacha qilib aytganda, Foniy o‘sha g‘azallarni bir o‘qib, yoxud ko‘rib, ularning ohangini esda tutib, sirtdan g‘azal yozgan edi va shu o‘rinda, bizningcha, rangomuz yoxud tavrcha g‘azallarning Hofizga bo‘lgan aloqasi xiyla kam seziladi va ularni, agar maxsus ishoralar bilan ajratmaganda, hech kim tavrona yoxud rangomuz demasdi. Ammo shoir tatabbularini bunday deyish qiyin. Ularda hofizona ohang va payravlik sezilib turadi va shu sabab ular haqli ravishda tatabbulardir. Shu tariqa, Foniy Hofiz Sheroziyga bo‘lgan katta hurmati va e’tiborini uch jihatdan: rangomuz, tavriya va tatabbular bilan rasmiylashtirgan va bu ish esa ular o‘rtasida haqiqiy adabiy aloqalarni barqaror etgan. Navoiy “Devoni Foniy”dagi tavr va tatabbu g‘azallarida ularning asos va sarchashmasini ko‘rsatadi. Lekin uning o‘zbekcha g‘azallarida ham Hofizdan olingan taassurot ba’zan seziladi. Ular tavr yo tatabbu bo‘lsa, shoir adabiy an’anaga ko‘ra ularga albatta ishora qilardi. Bizningcha, ba’zi o‘zbekcha g‘azallaridagi hofizona ta’sir tavorud shaklida vujudga kelgan va ular noma’lum o‘xshashlikdan boshqa narsa emas, deb o‘ylaymiz. Masalan, quyidagi g‘azalga razm solamiz: Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling