Devoniy foniy
Download 135.5 Kb.
|
Devoniy foniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT
Agar on turki sherozi ba dast orad dili moro,
Ba xoli hinduyash baxsham Samarqanu Buxororo. Mazmuni: “Agar ul sherozlik turk bizning ko‘nglimizni olsa, hindu xoliga Buxoro va Samarqandni baxsh etaman”. Foniy mazkur baytlarni g‘azal matlasiga bunday tatabbu qilgan: Gar on turki xitoyi no‘sh sozad jomi sahboro, Naxust orad so‘yi mo turktozi qatlu yag‘moro. Mazmuni: “Agar ul xitoylik turk may jomini ichib yuborsa, birinchi navbatda biz tomonga turkcha qatlu g‘oratni olib keladi”. Shu tariqa, bir-biriga mos tushgan bu g‘azallarning biri original va ikkinchisi uning tatabbusidir. Lekin tatabbu, bizningcha, originaldan qolishmagan. Hofiz g‘azalidan hofizona ulug‘vorlik va oliy martabalik maqomi sezilib turadi va u haqiqiy mo‘jizaga o‘xshab ketgan. Uning maqomi – baland, oshyoni – osmono‘par, husnu malohati – beqiyos, tabiati – maftunkor, san’ati – bemonand va g‘oyasi – betakror. Shu sifatlarni Foniy g‘azaliga ham tatbiq qilish mumkin, ammo uni tatabbu doirasida amalga oshirsa, nuran alo nur bo‘ladi, zero hazratning o‘zi bu muddaoni hisobga olib, g‘azalni tatabbu degan. U esa vazn, ohang, qofiya, mazmun, inchunin so‘zlarning ishlatilishi va iboralar tizimi jihatidan tatabbu qoidalariga muvofiq tushgan. Chunonchi ko‘ramiz: Hofiz g‘azalida sherozlik turk – mahbuba, hindcha xol – qora xol, lo‘lilar – ishvali sho‘x dilbarlar, yag‘mo – qatlu g‘orat, ya’ni mahbubaning jabru jafosi. Foniyda ham shu gap: xitoylik turk – mahbuba, sahbo – may, turktozi qatlu yag‘mo – g‘oratgarlik, ya’ni mahbubaning zulmsitami. Har ikkala g‘azalda ham go‘zal mahbubaning vafosi ko‘zda tutilgan va javr-jafo qilmasligi talab qilinadi. Shunda agar u – mahbuba yor ko‘nglini ovlashga intilsa, yor unga ulug‘ hadyalar bermoqchi bo‘ladi. Lekin Foniyga binoan agar yor mastlikka berilib, sitam qilmoqchi bo‘lsa, oshiq albatta barcha to‘siqni yengadi va mahbubaga erishadi. Hofizdagi sirli orifona mazmun Foniyda oshkora bayon etilgan va har ikki shoir ham g‘azallar orqali ko‘zlangan oshiqona mazmunni go‘zal bir tarzda ifoda etganlar. Alif bobida aytilgan Foniyning uchinchi tatabbusi Hofizning shu bobdagi yana bir mashhur g‘azaliga bog‘langan va u keyingi baytlar bilan davom etadi: Dil meravad zi dastam, sog‘ibdilon, Xudoro, Dardo, ki rozi pinhon xohad shud oshkoro. Kishtishikastagonem, ey bodi shurta, barxez, Boshad, ki boz binem on yori oshnoro? Mazmuni: “Dilim qo‘limdan ketayapti, ey dil egalari, Xudo haqqi (bilinglar), hayhotki, yashirincha sir (albatta bir vaqt kelib) oshkora bo‘ladi. Bizning kemamiz sinib, pora-pora bo‘lib ketdi, ey shamol, turaqol, shoyadki (sening yordaming ila) u oshna yorni ko‘rib qolsak edi?!” Hofizning bu g‘azali yuqorida keltirilgan va tatabbu mavzusi bo‘lgan ikki g‘azalidan ham balandroq va jozibaliroq sado beradi va undagi mazmun hiyla muhim ahamiyatga ega bo‘lib, haligacha xalq hikmatlari kabi takrorlanib keladi. Bu g‘oya g‘azalning irfoniy va pandomuz xususiyatidan hosil bo‘lgan va unda oddiy xalqona pand-nasihat so‘fiyona axloq-odob bilan qorishib, tasavvufona teran mazmunni hayratomuz bir tarzda bayon etgan. “DEVONIY FONIY” XAQIDA MA’LUMOT Qo‘ldan dilning ketishi – oshiq bo‘lish, sohibdillar, ya’ni dil egalari – so‘fiy murshidlar, yashirin sir – ishq savdosi, shikastlangan kema – jonsiz tana, bodi shurta, ya’ni muvofiqlashgan muloyim shamol – qiyomatda farishta Isrofil nayidan chiqadigan ovoz, yori oshno – ruh va jon manbai. Shu tariqa Xoja Hofiz aytadi: ey mushrid so‘fiylar, men oshiq bo‘ldim (Olloh ishqiga mubtaloman). Ammo so‘fiy zohidlar talabi bo‘yicha (diniy ta’limot bo‘yicha) oshiq bo‘lish – gunoh (man etiladi). Bu gunohni qancha yashirsam ham, u albatta oshkor bo‘ladi. Binobarin, ey sohibdillar – orif so‘fiylar, bilinglarki, men sizlarning saflaringizga qo‘shilganman va Olloh ishqini tanlab, orif bo‘lganman. Ikkinchi baytda ham orifona vahdat ul-vujud, ya’ni birlik g‘oyasi ifoda etilgan. Jism bilan jon qorishgan edi, jism vafot etib, jon o‘z manbaiga qaytdi. Endi qiyomatda jona yana qaytib, jism tiriladi(Puli Sirotga borib undan o‘tish uchun). Ana shunda inson yana o‘zi yori bilan uchrashadi. Jism jon bilan tirik, jon yana o‘z joyiga qaytib, uni o‘z ixtiyoriga oladi. Gunohsiz bo‘lsa, jannatga ravona etib, Olloh nuridan bahramand etadi. Ular bir manbani tashkil etadi va birlik hosil bo‘ladi. Foniy tatabbusidagi birinchi baytlar qo‘yidagicha: Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling