Dilmurodova fayoza gulmurod qizi


-rasm 3-rasm: odam organizmida kalsiy almashinuv jarayoni


Download 1.03 Mb.
bet7/9
Sana08.05.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1444719
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
adabiyotlar sharxi

2-rasm





3-rasm: odam organizmida kalsiy almashinuv jarayoni
Kalsiy yuqori faolikka ega. Organizmda turli funksiyalarni bajaradi:

  • Hujayra ichidagi jarayonlarni trtibga solish

  • Hujayra menbranalarining o’tkazuvchanligini tartibga solish

  • Nervda o’tkazuvchanlik va qisqarish jarayonlarini tartibga solish

  • Yurak faoliyatini barqarorlashtirish.

  • Suyak to’qimasini shakllanishi

  • Tishlarning minerallashuvi

  • Kaogulyatsiya jarayonlarida ishtirok etish.

Magniyning fiaiologik roli: magniy tanaga suv va oziq ovqat bilan birga kiradi. Kunlik miqdori odatda 200-400 mg ni tashkil qiladi. Ko’katlar ayniqsa magniyga boy bo’ladi. Ionlangan magniyning bir qismi qonga so’riladi. Qiyin eriydigan magniy tuzlarining asosiy qismi ichakka o’tadi va yog’ kislotalari bilan birlashgandan keyin tanaga so’riladi. Inson qonidan magniy jigarga boradi u yerda biologic faol moddalar sintezi uchun ishlatiladi. Voyaga yetgan odamning tanasida 140 g magniy mavjud uning 2/3 qismi suyak to’qimasida bo’ladi. Magniy asosan siydik bilan (15-120mg)va ter bilan (5-15mg) chiqariladi. Magniy hujayra ichidagi eng muhim elementdir. Magniy metabolic jarayonlarda ishtirok etadi, kaliy natriy va kalsiy bilan chambarchars ta’sir qiladi. Tanadagi normal miqdori hayotiy jarayonlarning ,,energiyasini” ta’minlash, nerv-mushaklar o’tkazuvchanligini tartibga solish, silliq mushaklar tonusini taminlash kabi vazifalarni bajaradi.
Mg organizmda quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Oqsil va nuklein kislotalar sintezida

  • Oqsil yog’ va uglevod almashinuvida

  • Energiyani uzatish saqlash va undan foydalanishda ishtirok etish

  • Mitaxondrial jarayonlarda ishtirok etish

  • Neyronlarning neyrokimyoviy uzatilishi mushaklarning qo’zg’aluvchanligida va tartibga solishga ishtirok etadi.

  • Ko’plab fermentativ reaksiyalarda koafaktor vazifasini bajaradi.

  • Hujayra ichida kaliy balansini nazorot qiladi

  • Asab to’qimalarida atsetilxolin miqdorini kamaytiradi.

  • Qon bosimni pasaytiradi

Odamlar uchun toksik doza: toksik emas
Odamlar uchun o’ldiradigan doza: ma’lumot yo’q
Zn ning odam organizmidagi roli: ruhning odam tanasidagi kunlik qabul qilish miqdori 10-15mg ni tashkil qiladi. Toksiklik chegarasi 600 mg ni tashkil qiladi. Zn odam organizmiga oziq ovqat bilan kiradi. U mol go’shti, jigar, dengiz maxsulotlari, bug’doy doni, gruch kepagi, jo’xori uni, sabzi, no’xat, piyoz ismaloq yong’oqlarda ko’p bo’ladi. Zn organizmga yaxshi so’rilishi uchun A va B6 vitaminlari kerak. Katta odamlar tanasida 1,5-3g Zn mavjud. Odam organizmining organlar va to’qimalarda va ayniqsa prostata bezida, urug’da, terida, sochda ko’p bo’ladi. Bu element oqsil sintezi uchun zarur. Shu bilan birga suyak va kollagen shakllanishida muhim rol o’ynaydi. [54].
Mikroelementlar rux , temir , marganets , mis , molibden , bor , xlor va nikel (Ni) muhim va kremniy (Si), natriy (Na), kobalt (Co) va stronsiy (Sr) o'simliklar uchun foydali yoki zaruriy. O'simlik uchun zarur bo'lgan ushbu mikroelementlardan tashqari, odamlar va hayvonlar uchun xrom (Cr), yod (I) va selen (Se) kerak. Mikroelementlar nisbatan oz miqdorda ishlatiladi va quruq o'simlik to'qimalarining 0,1% dan kamrog'ini tashkil qiladi. Ba'zi mikroelementlar yuqori miqdorda iste'mol qilinganda toksik bo'lishi mumkin. Tuproq o'simliklar uchun mikroelementlarning asosiy manbai bo'lib, katta atmosfera cho'kindilari yoki ifloslangan suvlarning toshqinlari bundan mustasno. Tuproqdagi mikroelementlar bir necha o'zgarishlarga uchraydi va ularning o'simliklar uchun mavjudligi kimyoviy shaklga va tuproqning qattiq va suyuq fazalari o'rtasida taqsimlanishiga bog'liq bo'lib, bu tuproq sharoitlari, xususan, pH, tekstura va tuproq aeratsiya holatiga ta'sir qiladi. Mikroelementlar o'simliklarda turli funktsiyalarni bajaradi. Ayrim mikroelementlar fermentlarning tarkibiy qismi bo'lishdan tashqari, fermentlarni faollashtirishda ishtirok etadi va o'simlik metabolizmining oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida rol o'ynaydi. O'simliklardagi mikroelementlarning yetishmasligi nafaqat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini cheklaydi, balki inson oziqlanishiga ham ta'sir qiladi, chunki o'simlik oziq-ovqatlari dietani iste'mol qilishning asosiy manbai hisoblanadi. Odamlarda mikroelementlar bir qancha fiziologik funktsiyalarni bajaradi, jumladan fermentlar, gormonlar va boshqa moddalar sintezi, o'sishni tartibga solishga yordam beradi. Tuproq va o'simliklardagi mikroelementlarning etishmasligi kimyoviy o'g'itlarni o'zi yoki organik o'g'itlar bilan birgalikda qo'llash orqali tuzatiladi. Odamlarda mikronutrientlar darajasini dietani diversifikatsiya qilish, mineral qo'shimchalar, oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish yoki oziq-ovqat mahsulotlarida ularning kontsentratsiyasini oshirish orqali optimallashtirish mumkin. Ushbu ishda mikroelementlarning manbalari, ularning tuproqdagi o'zgarishi, o'simliklar va odamlardagi funktsiyalari haqida tadqiqotlar o’tkazishgan.[55].



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling