Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- KONFLIKT
ruvot il hadis» (Hadis roviylari qisqargan va zaif hadislar tarixi), «Kazoiy as-sahoba vat-
tobi’in», (Sahobalar tobeinlarining xulosalari), «Tarixi kabir» (Katta tarix) singari kitoblari mashhurdir. Rasululloh: «Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin!» – deb uch marta takror qildilar. Shunda sahobalar: «Yo rasululloh, kimni aytayapsiz? – deb so‘rashadi. Rasululloh: «Ota- onasining ikkalasini yoxud bittalarini keksayib qolgan vaqtda (ularni rozi qilmay) o‘zini do‘zaxga mubtalo qilgan kishini», – dedilar. Bu hadisning Abu Hurayra tomonidan aytilgani ko‘rsatilgan. Quyidagi hadis ham Abu Hurayra tomonidan aytilgan: «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Alloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishilarning duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi». SYUJET – adabiy asarda tasvirlangan harakatning, voqeaning mazmunini ifodalovchi voqealar tizimi, kengroq ma‘noda konkret voqealar tizimida namoyon bo‗ladigan xarakterlar tarixidir. Hayotni badiiy ifodalashda va zarur g‗oyani olg‗a surishda syujetning ahamiyati katta. Syujet badiiy asarning hamma turlarida bo‗ladi. Ammo har bir janrning syujeti o‗ziga xosdir: kichik lirik she‘rda ham ma‘lum bir fikr tizimi mavjud. Shu fikr tizimi she‘rning o‗ziga xos syujetini tashkil qiladi. Ba‘zi 141 she‘rlarda ma‘lum tizimga ega bo‗lgan voqealar tasvirlanadi. Bunday she‘rlar voqeaband she‘rlar yoki shartli ravishda syujetli she‘rlar deb yuritiladi. Syujetning eng go‗zal namunalari dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi. Har bir asar syujeti asosida yotgan hayotiy ziddiyat konflikt deb ataladi. KONFLIKT – badiiy asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan g‗oyalar, kayfiyatlarning ko‗rinishi («konflikt» lotincha «to‘qnashuv» demakdir). Konflikt butun asar syujeti va mazmunining yo‗nalishini ta‘min etadi. Konfliktsiz syujet yasash mumkin emas. Hayotda konfliktning uch xili ko‗proq uchraydi va badiiy adabiyotda ham, asosan, shu uch xil konflikt o‗z ifodasini topadi: 1) asar qahramonlari bilan ular yashayotgan hayotiy sharoit orasidagi konflikt; 2) bir-biriga qarama-qarshi xarakterlar o‘rtasidagi konflikt; 3) qahramonlarining ichki dunyosidagi qarama-qarshiliklarning in’ikosi sifatida ularning xarakteridagi ojiz jihatlar bilan kuchli tomonlarning kurashishi tarzida namoyon bo‘ladigan konflikt. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling