Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

SYUJET ELEMENTLARI. Turmushdagi voqealar kabi syujet ham nima bilandir 
boshlanadi, rivojlanadi va nima bilandir tugallanadi. Yirik hajmli asarlarda syujetning 
ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya va yechim kabi elementlari bo‗ladi. Ba‘zi 
asarlarda syujetning qo‗shimcha elementlari – prolog va epilog ham bo‗ladi. Syujetning 
bu elementlari badiiy asar to‗qimasida o‗ziga xos vazifani bajaradi.
1. 
Ekspozitsiya – syujetning kirish, boshlanish qismi. Ekspozitsiya syujet va 
konfliktning boshlanishidan oldin keladigan muqaddimadir.
2. 
Tugun – badiiy asar syujetida konflikt va harakatning boshlanishiga turtki, 
sabab bo‗ladigan voqea. Tugun konfliktning dastlabki ro‗yobga chiqishiga, syujetning 
rivojlanishiga turtki bo‗ladi. U bevosita ekspozitsiyadan o‗sib chiqadi.
3. 
Voqea rivoji – tugundan so‗ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib 
borishi. Mana shu tugun va konfliktlarning asta-sekin hal bo‗lish jarayoni voqea rivojini 
tashkil qiladi.


142 
4. 
Kulminatsiya – badiiy asar voqealari rivojining yuksak cho‗qqisi. 
Kulminatsiyada asarda qo‗yilgan masala g‗oyat keskin tus oladi, qahramonlar xarakteri 
yorqin ochiladi.
5. 
Yechim – asardagi konfliktning eng yuqori – kulminatsiya nuqtasida 
konfliktning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishi. Badiiy asar yechimida 
o‗rtaga qo‗yilgan muammolar hal etiladi.
6. 
Prolog – badiiy asardagi muqaddimaning bir turi. Unda muallif niyati, asarda 
tasvirlanadigan voqealarga o‗quvchini tayyorlash ko‗zda tutiladi.
7. 
Epilog – badiiy asar oxirida qahramonlarning keyingi taqdiri haqida 
ma‘lumot beruvchi xotima.
8. 
Kompozitsiya – badiiy asarning tuzilishi, qismlarining asar g‗oyasi, xarakteri 
va vazifasiga muvofiq joylashtirilishi. Biror asar kompozitsiyasi, ya‘ni tuzilishi haqida fikr 
yuritish uchun undagi voqealar, hodisa va shaxslar nima maqsadda asarga kiritilgani 
xususida o‗ylab ko‗rish kerak bo‗ladi.

TRAGIK OBRAZLAR badiiy asarda kundalik hayotning mayda-chuydalaridan 
baland turadigan, turmush tashvishlarini hal qilish to‗g‗risida emas, balki umr ma‘nosini 
anglash haqida o‗ylaydigan boshqacharoq obrazlardir. Bu obrazlar fojianing qahramoni 
yoki qurboni bo‗la oladi. Shunday odamlarning hayotidagina fojia ro‗y beradi. Fojia 
buyuk odamlarning buyuk maqsadlar yo‗lidagi omonsiz kurashlari va halokatlaridangina 
tug‗iladi. Fojiaviy timsollardagi shu xil boshqachalik ularning xatti-harakatlari ham, gap-
so‗zlari ham o‗zgacharoq bo‗lishini taqozo etadi. Shuning uchun tragediyalarda, ayniqsa, 
yirik tragik timsollar tasvirida hayot haqiqatiga to‗la amal qilinmasligi, shartlilikka yo‗l 
qo‗yilishi mumkin. Tragik timsollar duch kelgan nohaqlikning ko‗lami yirik bo‗lgani 
uchun bunday obrazlarning halokati tufayli tug‗iladigan fojia ham dahshatli bo‗ladi. 


Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling