Dilnavoz Yusupova


she’riy yo‘lda, sakkiz bo‘g‘inli hijo vaznida, biroq qofiyalar satr so‘ngida emas


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

she’riy yo‘lda, sakkiz bo‘g‘inli hijo vaznida, biroq qofiyalar satr so‘ngida emas, 
ko‘pincha misra o‘rtasida, hatto boshida keladi. Tili shirali, ta‘sirchan. Kitobda 
Kayumars, Yima, Gershasp, Arjasp va boshqalar haqidagi miflar, afsonalar ham o‗rin 
olgan va bularning barchasi ezgu fikr, ezgu so‗z va ezgu amalni ulug‗lashga xizmat etadi. 
Bejiz emaski, asarning 2700 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati markazi Urganch 
shahrida tiklangan obida peshlavhasiga «Ezgu o‗y, Ezgu so‗z, Ezgu amal» so‗zlari o‗yib 
yozilgan edi.
Gerodot (mil. av. 484 – 425)ning «Tarix» kitobi orqali yetib kelgan «To‗maris» 
afsonasi o‗ziga xos o‗ringa ega. Afsona yozuvchi Mirkarim Osim tomonidan hikoya 
shaklida qayta ishlangan bo‗lib, ayrim o‗zgarishlar va badiiy to‗qimalar kiritilgan. 
Hikoyaga ko‗ra, voqealar qadimgi O‗kuz (hozirgi Amudaryo) daryosi qirg‗oqlarida bahor 
faslida yuz beradi. Eron shohi Kir massagetlar yurtiga ko‗z olaytirib, ularning boyligiga 
egalik qilish uchun malika To‗marisga uylanmoqchi bo‗ladi. Lekin To‗maris (olima 
F.Sulaymonova fikriga ko‘ra Tumor) Kirning niyatini fahmlab, uning taklifini rad etadi. 
Kirning Krez ismli maslahatchisi massagetlarni hiyla bilan qo‗lga tushirish rejasini taklif 
qiladi, natijada To‗marisning yosh, tajribasiz o‗g‗li Sparangiz hamda uning safdoshlari 
halok bo‗ladilar. Bu voqeadan qattiq qayg‗urgan To‗maris quyosh xudosi Mitradan madad 


152 
so‗rab jangga otlanadi va Eron shohini yengadi. Afsona so‗ngida To‗maris jangda 
o‗ldirilgan Kirning boshini kesib, qon to‗ldirilgan meshga solib qo‗yadi.
Afsonada, shuningdek, Kirning o‗g‗li Kambiz, Gishtaspning katta o‗g‗li Doro kabi 
timsollar haqida ham so‗z boradi.
Polienning «Harbiy hiylalar» asari orqali yetib kelgan «Shiroq» afsonasi ham 
yozuvchi M.Osim tomonidan qayta ishlangan bo‗lib, voqealar Yaksart – «Sirdaryo» 
atroflarida yoz faslida bo‗lib o‗tadi. Eron shohi Doro shak (sak) qabilalari ustiga bostirib 
kelmoqchi bo‗ladi. Bundan xabar topgan yurt oqsoqollari kengash o‗tkazadilar. 
Kengashda qabila boshlig‗i, nomi Sug‗diyada ham, Eronda ham mashhur bo‗lgan Rustak, 
oqsoqollar Saksfar, Omarg va boshqalar ishtirok etadilar. Shu vaqt ularning huzuriga 
Shiroq ismli cho‗pon kirib Eron qo‗shinini hiyla bilan halok etajagini, buning evaziga 
uning oilasi va bolalariga g‗amxo‗rlik qilishga va‘da berishlarini talab qiladi. Va‘dani 
olgach Shiroq o‗z quloq-burnini kesib, eroniylar dam olib turgan joyga boradi. Shiroq 
Doroga qabila boshlig‗i Rustak uning quloq-burnini kesganligini, buning uchun undan 
qasos olmoqchi ekanligini va Eron qo‗shinini saklar yashaydigan chekka yerlarga olib 
bormoqchiligini aytadi. Eron qo‗shini bir haftalik oziq-ovqat olib yo‗lga tushadi. Lekin 
oradan bir hafta o‗tsa hamki saklardan darak topolmaydilar. Eron qo‗shini aldanganini 
bilib Shiroqni ura boshlaydi. Sarkarda Ranosbat Shiroqni yaxshilikcha yo‗lga solmoqchi 
bo‗ladi. Lekin botir cho‗pon uning taklifini rad etadi. Eroniylar Shiroqni chopib, qiyma-
qiyma qilib tashlaydilar.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling