153
«maqom, kuy» o‗rnida, «shlok» atamasi «manzuma», «madhiya» ma‘nolarida
qo‗llanilgan.
Eng qadimgi nasriy asarlarga misol qilib Singu Seli Tutung tomonidan X asrda
Beshbaliq (hozirgi Sharqiy Turkiston)da yaratilgan «Oltun yoruq»ni keltirish mumkin.
She‘riy asarlardan biri «Tong tangrisiga madhiya» bo‗lib, unda so‗zlar
takrori muhim
o‗rin tutadi. Misradagi bo‗g‗inlar soni turlicha – 3 bo‗g‗indan 10 bo‗g‗ingacha miqdorni
tashkil etadi.
8.2. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari
Ularning topilishi va o‗rganilishi XVIII asrdan boshlandi. Dastlab xabar berganlar:
Remezov, Iogann Strallenberg, Messershmidt.
Yodgorliklarni dastlab 1893-yili Vilgelm Tomson va V.Radlovlar o‗qidilar.
Yodgorliklar 545-yili vujudga kelgan va VIII asrgacha hukmronlik qilgan II Turk
xoqonligining badiiy solnomasi hisoblanadi.
«To‘nyuquq» bitiktoshi xoqonlikka asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi va
sarkardasi To‗nyuquq sharafiga 712 – 716-yillarda o‗rnatilgan. 2 ta ustundan iborat (170
va 160 sm). 1897-yili er-xotin Dmitriy va Yelizaveta Klemens Shimoliy Mo‗g‗ulistonning
Bain Sokto manzilidan topishgan. Bitiktoshda dushman tomonidan «
xoqoni bahodir ekan,
maslahatchisi donishmand ekan» deyiladi. To‗nyuquq tilidan «
tun uxlagim kelmadi,
kunduz o‘tirgim kelmadi»
, «
Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni
yugurtirmadim» degan fikrlar aytiladi.
Asarda oltinga «sariq», kumushga «oq», tuyaga «egri» singari sifatlar qo‗llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: