Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR
- Tabariyning « Tarixi Tabariy » , Beruniyning « Qadimgi xalqlarlan qolgan
- « Shohnoma » , Mahmud Koshg‘ariyning « Devonu lug‘otit turk »
- « Gotlar » va « Yashtlar »
- « din tili
Savol va topshiriqlar: 5. Noma janrining xos xususiyatlarini sanang. 6. Tasavvufda komillik bosqichlari nima deb ataladi? 7. Badiiy asarda syujet, syujet elementlari va konflikt qanday shaklda namoyon bo‘ladi? 8. Adabiyotda ruhiyat tahlili qay tarzda amalga oshiriladi? 9. Intim va ijtimoiy lirika qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi? 10. Memuar asar deganda qanday asarlarni tushunasiz? 8. ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR Turkiy xalqlar madaniyati tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. So‗nggi yillarda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar natijasida tariximizning eng qadimgi davrlariga – ilk tosh asriga oid bo‗lgan Selung‗ur, Ko‗lbuloq, Uchtutga qarab Markaziy Osiyo odamzodning ilk ajdodlari paydo bo‗lgan mintaqaga kiradi degan g‗oyani ilgari surish imkoniyati tug‗ildi. Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlardan qolgan eng qadimgi og‗zaki adabiy yodgorliklar asotir va afsonalar bo‗lib, ular mazkur xalqlarning hayot va tabiat haqidagi tasavvurlari badiiy ifodasi hisoblanadi. Asotir va afsonalar bizgacha «Avesto» asari, sharq tarixchisi Tabariyning «Tarixi Tabariy», Beruniyning «Qadimgi xalqlarlan qolgan 149 yodgorliklar», yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix», Polienning «Harbiy hiylalar», Firdavsiyning «Shohnoma», Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarlari orqali yetib kelgan. 8.1. «Avesto» «Avesto» so‗zi «o‘rnatilgan, muqarrar qilingan hayotning asosiy yo‘riqnomasi» ma‘nosini beradi. Asar O‗rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy mushtarak yozma yodgorligidir. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‗lib, O‗rta Osiyoda yashagan qadimgi aholining asosiy qismi shu dinga e‘tiqod qilgan. «Avesto»dagi ma‘lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 3000 – 2000- yillarga taalluqli. Ular «Gotlar» va «Yashtlar» deb nomlangan. Beruniy (973 – 1048) «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida «Avesto» haqida shunday ma‘lumotlarni beradi: «Podsho Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo‘qolib ketdi. «Avesto» o‘ttiz «nask» edi. Majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask, chamasi, qoldi. Biz Qur’on bo‘laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask «Avesto» bo‘laklaridan har bir bo‘lakning nomidir». «Avesto» o‗sha davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida ma‘lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Bu buyuk asar hozir dunyodagi ko‗plab xalqlarning tillariga o‗girilgan. Mustaqillik sharofati bilan u o‗zbek tiliga ham (Asqar Mahkam va Mirsodiq Is’hoqov) tarjima qilindi. Hozirda «Avesto» bizning qo‗limizga ikki ko‗rinishda yetib kelgan: 1. Gatlar (o‗zbek adabiyotshunosligida «got»lar deb beriladi), zardushtiylikning asoschisi Zaratushtra tilidan aytilgan o‗ziga xos 17 qo‗shiqdan iborat. 2. Zend. Bu «Avesto»ga bitilgan pahlaviy tilidagi sharhlardir. Uning pahlaviy tilidagi eng eski nusxasi 1288-yilga daxldor bo‗lib, to‗rt qismdan (Yasna, Visparad, Videvdat, Yashta) iborat. Gatlarning tarjimalarida va «Zend»dagi shaharlarda noaniqliklar, qorong‗i nuqtalar juda ko‗p. Bu 150 tabiiy. Zardushtiylik o‗ziga xos e‘tiqod edi. Mana shu sababga ko‗ra, qadim yunonlar (Aleksandr Makedonskiy) ham, so‗ng esa arablar ham bu dinni qabul qilmadilar. Shunga ko‗ra, zardushtiylik diniga mansub ajdodlarimiz e‘tiqodlari ular tomonidan ta‘qib ostiga olindi. Kitoblari yo‗q qilindi. «Avesto» tili o‗lik tildir. Mutaxassislar fikricha, hatto «Avesto» yozilgan davrlarda ham xalq bu tilda so‗zlashmagan. U «din tili» vazifasini bajargan, xolos. Shunisi aniqki, kitob Xorazmda maydonga kelgan, chunki matnda «Xvayrizem» (Xorazm) va «Aranha» Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling