Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Sheroziyning «Guliston»i ta‘sirida dunyoga kelgan «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» 
(Adolat kaliti) asari ham sof nasriy yo‗lda bitilgan.
 
2. Nasriy-she’riy didaktik asarlar.
Sa‘diy Sheroziyning ham nasriy, ham she‘riy, ya‘ni aralash yo‗lda bitilgan 
«Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Gulxaniyning «Zarbulmasal» 
asarlari nasriy-she‘riy shaklda yozilgan.
3. She’riy didaktik asarlar.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiyning «Gulshan ul-
asror», Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul-asror»i asosida bitgan «Gulshan ul-asror», 
Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» 
dostonlari aynan o‗zbek pandnoma (didaktik) she‘riyatning yorqin namunalari 
hisoblanadi.
Zamonaviy o‗zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. 
Masalan, O‗zbekiston xalq shoiri Shukrullo qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» 
aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo‗l bilan bitilgan.

MEMUAR ASAR. «Memuar» fransuzcha «esdalik» ma‘nosini anglatadi. 
Muallifning o‗zi qatnashgan yoki ko‗zi bilan ko‗rgan real voqealar haqida hikoya qilingan 


146 
asar memuar asar hisoblanadi. Oybekning «Bolalik», A.Qahhorning «O‘tmishdan 
ertaklar» asarlari memuar namunalaridir.
Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamoniy izchilligi jihatidan kundaliklarga 
o‗xshab ketsa, materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyligi, badiiy 
to‗qimaning yo‗qligiga ko‗ra ilmiy asarlarga yaqin turadi. Dunyo adabiyoti tajribasida 
memuarlarning bir necha turi bor. O‗zbek adabiyotida esa bu xil asarlarning tarixiy 
memuarlar va badiiy memuarlar singari ikki turi ko‗proq uchraydi. Ayni vaqtda, tarixiy 
memuarlarda badiiylik, badiiy memuarlarda esa tarixiylik xususiyatlari uchraydiki, bu 
ularning saviyasini ko‗taradi.
Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda muallif ishtirokchi yoxud tonig‘ 
(guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va adabiyotshunos 
olimdan farq qilib, real voqelikning o‗zi bevosita qatnashgan yoinki ko‗rgan qisminigina 
aks ettiradi. Bunda muallif o‗z kuzatish va dunyoqarashigagina tayanadi. Shuning uchun 
memuar asarda yo hikoyachining o‗zi yo bo‗lmasa uning nuqtayi nazari old o‗rinda 
bo‗ladi. Bu holni «Boburnoma» misolida yaqqol ko‗rish mumkin.


Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling