Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

BADIIY ASAR PAFOSI. Pafos yunoncha «ehtiros», «hissiyot», «iztirob» 
ma‘nolarini anglatuvchi «pathos» so‗zidan olingan. Adabiy atama sifatida esa asarga 
singib ketgan, undagi badiiy tasvirning yo‗nalishini belgilab beradigan jo‗shqin tuyg‗u va 


143 
ko‗tarinki ruhni anglatadi. Bu tuyg‗u va ruh ijobiy xarakterda bo‗lib, xayrixohlikni, salbiy 
tabiatga ega bo‗lib, inkorni bildirishi ham mumkin. Pafos bilan yozilgan asarda adib o‗z 
nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi. Aksincha, o‗zi ilgari surgan va o‗tkazmoqchi 
bo‗lgan hayotiy-estetik fikrni kuchli hayajon hamda jo‗shqin ehtiros bilan yoqlaydi. Shu 
tariqa pafos bilan yozilgan asarning o‗quvchisi ko‗pincha yozuvchi qarashlarining 
tarafdoriga aylanadi. Chunki asarning pafosi uni xolis kuzatuvchi emas, balki astoydil 
tarafdor bo‗lishga undaydi. Asarning pafosi uning o‗quvchisiga o‗z nuqtayi nazarini aniq 
belgilab olishda yordam beradi.

IJTIMOIY VA INTIM LIRIKA. She‘riyat shoirning qalb kechinmalarini ifoda 
etadi. Ammo ijod tajribasida she‘rlar intim va ijtimoiy yo‗nalishdagi bitiklarga bo‗linadi. 
Intim so‗zi lotincha bo‗lib, «eng ichki», «yashirin» degan ma‘nolarni bildiradi. Bu xil 
she‘rlarda shoir bevosita o‗ziga tegishli sezim, tuyg‗u, holatni tasvirlaydi. Cho‗lponning 
«Qalandar ishqi» she‘ri intim lirikaning yorqin namunasidir.
Har bir odamda o‗zgalarning holatini tuyish, boshqalarning sezimlarini his etish 
zarurati bor. Ayni shu ehtiyoj intim yo‗nalishdagi she‘rlarning boshqalar tomonidan ham 
o‗qilishiga sabab bo‗lgan omildir. Sof yoki intim lirikada tuyg‗ular shaxsiy bo‗lsa-da, 
uning tasviri go‗zal va ta‘sirchanligi uchun boshqalarga ham yuqadi.
Lirik turdagi asarda borliq emas, balki muallifning voqelik haqidagi o‗ylari, 
tuyg‗ulari birlamchi ahamiyat kasb etadi. Bunda subyekt bilan obyekt bir shaxsda 
namoyon bo‗ladi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling