Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
Hayot-mamot jangi. Biz shunday davrda yashamoqtsamizki, uni, h’ech bir mubolag’asiz, insoniyat takdirini belgilab beradigan jang sodir bo`layotgan davr deb atash mumkin. Ushbu jangda foy-dalanilayotgan vosita tom ma’nodagi qurol emas, balki g’oyalar-dir. Yaxshi ma’lumki, g’oyalar h’ar xil bo`ladi: azal-azaldan dunyo-da bunyodkor g’oyalar bilan bir qatorda, buzg’unchilik mafkurasi h’am yashab keladi. Aslida, bashariyat tarixi, muayyan ma’noda, bunyodkorlik va buzg’unchilik o`rtasidagi kurash tarixidir. Ushbu kurashda bunyodkorlik g’olib bo`lgan paytlardagina insoniyat olg’a bosgan, buzg’unchilik, yovuzlikning qo`li baland kelgan vaqtlar-da esa, tanazzulga yuz tutgan.
Axborot almashish va etkazish imkoniyatining bugungi taraq-qiyoti shunday darajaga etdiki, ular inson h’ayotini yaxshilashga xizmat qilish bilan bir qatorda, uning tinchini buzishga h’am sabab bo`lmokda. Internet kabi ma’lumotlar uzatish vositalari tom ma’nodagi ijobiy jih’atini namoyon qilish bilan birga, xalqaro terrorchilar, jumladan, diniy-siyosiy jangarilikning quroliga h’am aylanib qolmokda. Bugun muayyan kuchlar o`zlarining g’arazli maqsadlariga eri-shishda kiber-bo`shlikdan foydalanishini ifodalovchi «kiber-terrorshm» degan tushuncha h’am paydo bo`ldi. U mutaxassislar to-monidan terrorizmning boshqa h’ar qanday ko`rinishidan h’am ko`ra xavfliroqh’rdisa sifatida qayd etilmokda. Xalqaro terrorizm-ning rivojlanishidagi navbatdagi yangi bosqich kiber-urushlar shaklida bo`lishi shubh’asiz ekani ta’kidlanmokda. Xalqaro ko`lam-dagi, chegara bilmas bunday salbiy h’rdisaga qarshi kurashning xalqaro tizimini shakllantirish h’ayotiy zaruratga aylangani uqtirilmokda. Darh’aqiqat, internet qo`poruvchilikni amalga oshirish uchun mo`ljallangan nishonlar h’aqida ma’lumotlar man-bai, ularni sodir etish uchun lozim mablag’ni to`plash va terror-chi tashkilotlar orasidagi ishonchli tezkor aloqa vositasi, ma’-lum belgilar bo`yicha turli-tuman odamlarni birlashtirish yo`li, g’arazli maqsadlarni tashviqot qilish va buzg’unchi g’oyalarni tar-g’ib qilish quroli, psixologik terrorizmning tashabbuskori vazifasini o`tashi mumkin va shunday bo`lmokda h’am. Internet masofadan, ya’ni muayyan mamlakat h’ududlaridan turib boshqa o`lkada qo`poruvchilikni amalga oshirish imkonini bermokda. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling