Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


«Jamoat al-ixvon al-muslimin» («Musulmon birodarlar


Download 1.03 Mb.
bet26/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

«Jamoat al-ixvon al-muslimin» («Musulmon birodarlar jamoasi»). XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Misr-da jamiyatda islomning o`rni masalasida turlicha yondashuv va qarashlar shakllandi. Jumladan, ba’zilar jamiyatda amalga oshi-rilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy isloh’otlar dinga bo`lgan munosabatda h’am qo`llanishi zarur deb h’isoblasalar, boshqalar, aksincha, o`tgan asrning 20-yillarida mamlakatda ro`y bergan iqtisodiy turg’unlikni musulmonlar h’ayotiga ky-rib kelgan G’arb tsivilizatsiyasiga xos «yangiliklar» bilan bog’-lab, mamlakatda shariatga asoslangan teokratik davlat tuzu-mini o`rnatish orqaligina taraqqiyotga erishish mumkin, degan da’vat bilan chikdilar.
Aynan so`nggi yo`nalish tarafdorlarining g’oyalari asosida Hasan al-Banno tomonidan 1928 yilda «Musulmon birodarlar» tashkilotiga asos solindi.
Hasan al-Banno G’arb madaniyatining musulmon dunyosiga kirib kelishi islomning inqiroziga sabab bo`lgani uchun, musulmonlar-ni saqofiylik ruh’ida qayta tarbiyalash zarur, deb h’isoblardi.
Dastavval, islom aloh’ida bir davlatda tinch (islom qadriyat-larini targ’ib qilish, xayriya ishlari o`tkazish, diniy ulamo-larning shaxsiy namuna ko`rsatishi va sh.k.) yo`l bilan tantana qilishi mumkin, degan g’oyani ilgari surgan Hasan al-Banno keyinchalik faoliyatiga siyosiy tus berib, 1939 yilda «Musul-mon birodarlar»ni Qur’on va sunnani jamiyatni rivojlanti-rishning yagona asosi sifatida ko`ruvchi siyosiy tashkilot, deb e’lon qildi. Shundan keyin «birodarlar» «Allox,— maqsadimiz, payg’ambar — etakchimiz, Qur’on — konstitutsiyamiz, jih’od — buyuk orzuimiz» degan shior asosida faoliyat yuritib, markazi Misrda joylashgan musulmonlarning yagona «buyuk islom davla-ti» qurishni asosiy maqsad sifatida e’tirof etdilar.
Ikkinchi jah’on urushi davrida jamiyatning quyi va o`rta tabaqalar vakillari h’isobigatez kengayib borgan tashkilot o`zi-ning xorijiy bo`limlari va jangovar faoliyatga mo`ljallangan maxfiy tizimlarini vujudga keltirdi. Ma’lumotlarga ko`ra, 1946 yilga kelib, «Musulmon birodarlar» 5000 ta maxalliy bo`lim va umumiy x^isobda 500000 a’zoga ega yirik tashkilotga aylangan.
1948—49 yillari tashkilot a’zolari Falastindagi Arab—Is- h’ roil urushida mustaqil jangovar birliq sifatida Isroil qo`shinlariga qarshi jang qildi. Urushdan keyin esa «birodar-lar» etakchilari Misr rah’bariyatini jur’atsizlikda ayblab, mam-lakatda qator terrorchilik xarakatlarini amalga oshirdi. Bunga javoban, h’ukumattashkilotni qattiqta’qib ostiga oldi va 1949 yilning fevralida Hasan al-Banno o`ldirildi.
1950-1960 yillarda «birodarlar»ga rah’barlik qilgan Sayid Kugb tashkilot faoliyatining yanada radikallashuviga zamin yaratdi. Xususan, u 1965 yilda yozgan «Yo`ldagi belgilar» kitobida arab jamiyati «joh’iliya» davriga qaytib, ma’naviy tanazzulga uchra-di, bunday vaziyatda asl dindorlar jamiyatdan ajralib, aloh’ida jamoalar tuzishlari h’amda joqiliyaga aylangan jamiyatni is-lomlashtirish uchun jih’od olib borishlari lozim, degan g’oyani ilgari surdi. Bunda u «jih’rd» tushunchasini dinsizlarga h’atto, uningtalqiniga qo`shilmagan musulmonlarga qarshi qurolli ku-rash ma’nosida qo`llay boshladi.
Bundan tashqari, Sayid Qutb ilk marta dunyoviy h’ukumat va o`ziga qo`shilmagan musulmonlarga nisbatan «takfir» (kofirlikda ayblash)ni qo`llagan qolda islomga umuman yot bo`lgan — «fitna» (amaldagi davlat tuzumiga qarshi qurolli qo`zg’olon ko`tarish ama-liyoti)ni yoklab chiqdi. Shunisi diqqatga sazovorki, h’ozirda fa-oliyat yuritayotgan qator diniy-ekstremistik tashkilotlar uchun xam bunday yondashuv mafkuraviy asos bo`lib xizmat qilmokda.
1950 yillarning boshlarida Misr h’ukumati «Musulmon bi-rodarlar»ga ochiqfaoliyat yuritishga ruxsat bergan bo`lsa-da, tash-kilot rah’bariyatining Misr inqilobiy Kengashi faoliyatiga ta’sir o`tkazishga intilishi oqibatida bu h’uquq bekor qilinib, uning ko`pchilik faollari qamoqqa olindi. Tashkilot a’zolari-ning bir qismi Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya va Li-vanga qochib ketishga majbur bo`ldi.
1964 yilda «birodarlar» faollari amnistiya bilan ozodlikka chiqqach, h’ukumatga qarshi faoliyatni yangidan boshladilar. Ular-ning Prezident Jamol Abdul Nosirga bir necha bor suiqasd uyushtirishi oqibatida, tashkilot yana tazyiqqa uchradi va 1966 yili Sayid Qutb boshchiligidagi bir guruh’etakchilar qatl qilin-di. Bu «birodarlar» faoliyatidagi terrorchilik unsurlarining birmuncha susayishiga sabab bo`ldi.
Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko`ra, 1967 yildagi Arab— Isroil urushidan so`ng, «birodarlar» arab dunyosini birlashti-rish maqsadida davlat rah’barlariga nisbatan terrorchilikh’ara-katlarini amalga oshirishdan voz kechgan.
Ayni chog’da, 1970—1981 yillarda diniy uyushma sifatida ochiq faoliyat yuritgan «birodarlar»ning jamiyatdagi ta’siri kenga-yibborgan. Biroq«Musulmon birodarlari»ningrah’barlari Misr-ning 1978 yildagi Kemp-Devid va 1979 yildagi Vashington shart-nomalari asosida Isroil bilan bir bitimga kelishini tanqid qilgan h’olda, h’okimiyatga nisbatan murosasiz, radikal muxola-fatchilik mavqeiga o`tdilar.
1979-1989 yillarda tashkilot o`zining faol h’arakatini ko`proq xorijda amalga oshirdi. Jumladan, T979—82 yillar ichida «birodarlar»ning Suriyadagi bo`linmasi tomonidan h’arbiy bi-lim yurtlari kursantlari, h’arbiy xizmatga chaqiruv joylarida sodir etilgan terrorchilik h’arakatlari natijasida 200 dan ziyod kishi nobud bo`ldi. 1982 yil 2 fevral kuni Xam shaxrida «biro-darlar»ning qurolli qo`zg’oloni h’ukumat qo`shinlari tomonidan katta talafotlar bilan bostirildi.
Aynan shu davrda tashkilotga mansub jangarilar Afg’onis-tonda sovet qo`shinlariga qarshi janglarda faol ishtirok etdi. Shuningdek, «Musulmon birodarlar»ning Falastin bo`limi Usoma bin Lodin bilan Pokistonda jangovar h’arakatlar uchun ko`ngil-lilar yollash uchun «Maktab al-xidamat» nomli uyushmasiga asos solganlari ma’lum.
Ma’lumotlarga ko`ra, h’ozirgi kunda «Musulmon birodarlar»-ningmintaqaviy bo`linmalari Baxrayn, Misr, Iordaniya, Yaman, Qatar, Kuvayt, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokis-ton, Saudiya Arabistoni, Sudan, Suriya, Turkiya, Buyuk Brita-niya, Daniya, Shveytsariya, AQSh, Frantsiya va Germaniya kabi Mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda «Musulmon birodarlar» 28 kishidan iborat qo`mita tomonidan boshqarilib, uning eng quyi bo`g’inini «amir» etakchiligidagi 20 ga yaqin a’zoni o`z ichiga oladigan terrorchi-lik amaliyoti, targ’ibot-tashviqot ishlari, moliyaviy, moddiy-texnikta’minot kabi soxalarga ixtisoslashgan «jamoati islo-miya» guruh’lari tashkil etadi. Qo`mita ushbu guruxlarning faoliyatini «usar al-islomiya» («islom oilapari») deb ataluvchi o`rta pog’ona tizim orqali muvofiklashtirib turadi.
Tashkilot a’zolari tayyorgarlik o`tayotgan, biroq Qur’onda qasamyod qabul qilmaganlar — «al-musoid» (yordamchilar), qasam ichgan h’olda rasman tashkilot safiga kirganlar — «al-mutano-sib» (qo`shilganlar), tashkilot faoliyatida bevosita ishtirok etayotganlar — «al-amil» (faoliyat yuritayotganlar) h’amda tashki-lot o`zagini tashkil etuvchm rah’bariyat a’zolari va etakchilari — «al-mujoh’id» (jih’odchilar) kabi to`rt darajaga bo`linadi. Shu bilan birga «Musulmon birodarlar» tarkibida g’oyaviy rah’namo-lar vazifasini bajaruvchi, xususan, tashkilot amalga oshirajak xarakatlarga fatvo beruvchi «said»lar xam faoliyat yuritishini
qayd etish lozim.
Tashkilot jangarilari maxsus lagerlarda terrorchilik ama-liyotini tayyorlash va o`tkazishda zarur bo`lishi mumkin bo`lgan xufya ishlash asoslari, avtomashina xaydash, topografik xarita bo`yicha joy topish, quroldan foydalanish, qo`l jangi va qo`po-ruvchilikni amalga oshirish bo`yicha mashg’ulotlarni o`taydilar.
Ba’zi ma’lumotlarga ko`ra, faol x.arakat qiluvchi «birodar-lar»ning soni Misrda 5 mingdan 20 minggacha, Suriyada 2 ming, Iordaniyada 10 mingga yaqin (agar mafkuraviy jih’atdan «biro-darlarga» yaqin turuvchi Islom tiklanish partiyasi a’zolarini qo`shib h’isoblaganda) h’amda Irokda 3 mingdan 5 minggacha ki-shini tashkil qiladi.
Ta’kidlash joizki, h’ozirgi kunda «birodarlar»ning maxdl-liy bo`limlaridan ajralib chiqib, mustaqil faoliyat yuritayotgan bir qator diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud. Ular qatorida Misrda faoliyat yuritayotgan «Al-jamoa al-islo-miya», «al-Jih’od», «at-Takfir val-Hijra», «Jundulloh’», Jazo-irdagi «Qurollangan islom guruh’i», Falastindagi «XAMAS», h’ «Islom jih’odi», Saudiya Arabistonidagi «Jumaymana al-Utey-; biy», barcha davlatlarda ildiz otishga h’arakat qilayotgan «Hizbut taxrir al-islomiy» kabi tashkilotlarni ko`rsatish mumkin.
«Musulmon birodarlar»ning bo`limlari h’amda undan ajralib chiqqan mustaqil guruxdar o`z maqsadlari yo`lida asosan yam terror va portlovchi modda o`rnatilgan avtomobillarni portlatish usulidan foydalangan h’olda terrorchilik amaliyotini o`tkazib kelmoqtsa. Bunga 1990 yilda «al-Jamoa al-islomiy» guruh’i tomonidan Misr parlamenti spikeri R.Maxgub otib o`ldirilgani h’am misol bo`la oladi.
1990 yillarda «Musulmon birodarlar» tashkiloti Misr davlat budjetiningasosiy manbalaridan biri bo`lgan sayyoh’likka zarba berish orqali iqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqarishga h’ara-katqildi. Masalan, 1996 yil 18 aprelda Qoh’irada 18 greksayyoh’i, 1997 yil 17 noyabrda esa Luqsorda 58 nafar turli davlat fuqarola-ri otib tashlandi. Oqibatda, sayoxdarning ommaviy tarzda mamla-katni tark etishi natijasida mamlakatning turizmdan ko`radigan foydasi jiddiy zarar ko`rdi, Bundan tashqari, xizmat ko`rsatish infrastrukturasida faoliyat yurituvchi, milliy h’unarmandchilik bilan shug’ullanuvchi minglab misrliklar ishsiz qolishdi.
«Musulmon birodarlar» Misrda rasman taqiqdangan bo`lsa-da, deyarli ochiq faoliyat yuritmoqdaki, buni «birodarlar»dan 16 tasi mustaqil deputat sifatida Misr parlamentidan joy olganida h’am ko`rish mumkin.
Garchi, «Musulmon birodarlar» ko`pchilik davlatlar, xusu-san, AQSh tomonidan terrorchi tashkilotlar ro`yxatiga kiritil-magan bo`lsa-da, guruh’ o`zining reaktsion mazmunini yo`qotgani yo`q. Jumladan, tashkilot etakchisi M.Okifning, 2004 yil ba-h’orida «XAMAS» tashkiloti etakchilarining isroilliklar to-monidan yo`q qilinishiga javoban, barcha tyusulmonlarni AQSh va Isroilga nisbatan jih’odga chaqirdi. Shuningdek, 2004 yil-ning 12 mayida Misr politsiyasi tashkilotning 54 nafar a’zo-sini Checheniston, Iroq va Falastinda jangovar tayyorgarlik o`tish va Misrda davlatto`ntarishi amalga oshirishni rejalash-tirishda ayblab qamoqqa olgani h’am fikrimiz isbotidir.
Yuqorida amalga oshirilgan tah’lil «birodarlar»ning uzoq yillar davomida olib borayotgan faoliyati Misrda davriy ra-vishda ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqarishi bilan bir qatorda musulmon dunyosiga mansub boshqa davlatlar-Da radikal islomiy tashkilotlar vujudga kelishiga mafkura-viy va tashkiliy zamin yaratgani h’aqida xulosa chiqarish imko-nini beradi.
«Musulmon birodarlar» targ’ib etgan g’oyalar Misr bilan geo-Fafik jih’atdan tutashib ketgan Falastin h’ududida turli di-niy-ekstremistik uyushmalar, xususan, «XAMAS» tashkiloti vUjudga kelishiga sabab bo`lgani h’am mazkur fikrning o`rinli ekanini tasdiqlaydi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling