Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


«Hizbulloh’» («Alloh’ partiyasi»)


Download 1.03 Mb.
bet28/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

«Hizbulloh’» («Alloh’ partiyasi»). Hozirgi kunda Yaqin Sharqagi shia musulmonlarining etakchi kuchlaridan biriga aylangan
Hizbulloh’» tashkilotiga 1982 yilda Livanda shayx Muxammad :| Husayn Fadallo boshchiligida shia dindorlari tomonidan asos solingan.
Tashkilotning mafkuraviy asoslari 1985 yilda e’lon qilingan deklaratsiyada o`z ifodasini topgan. Unda jiqod yo`li bilan '[!yah’udiy, frantsuz va amerikaliklarni Livandan siqib chiqarish ];! h’amda ozod qilingan h’ududda islom davlati tuzish g’oyalari ilga- ri surilgan h’amda AQSh bilan Isroil tashkilotning asosiy dushmani sifatida bah’olangan. Shuningdek, Falastinni yah’udiylardan ozod qilish h’am asosiy maqsadlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Isroil armiyasining Livanga bostirib kirishi natijasida ko`plab tinch axrlining qurbon bo`lishi va «Hizbul-lox»ning isroilliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etishi tashkilotning ommaviylashuvi va ko`plab livanliklarning unga a’zo bo`lishiga sabab bo`ldi.
1985 yilning yanvar-fevralida Isroil qo`shinlari Livandan chiqib ketgach, «Qizbulloh’» xorijdan olgan katta mikdordagi yordam evaziga Bayrut va Livanning janubiy h’ududlari ustidan deyarli to`la nazorat o`rnatdi.
1992 yilda tashkilot tuzilmasida jiddiy o`zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, uning h’arbiy qanoti — «Islom qarshilik h’arakati» mustaqil tashkilot sifatida ajralib chikdi. Shuning-dek, maktab, shifoxonalar ochish kabi ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish va ochiqsiyosiy faoliyatni kuchaytirishga aloh’i-da e’tibor berila boshlandi. Xususan, «Hizbullox» Livan par-lamenti saylovlarida ishtirok etib, 1992 yilning kuzida 128 o`rindan 8ta, 1996 yili 7ta h’amda 2000 yili 12ta joy olishga erishgani h’am mazkur jarayonga xos evolutsiyani yaqqol ko`rsataoladi deyish mumkin.
Ayni paytda, «Hizbullox»ning 2000 yilda Livan parlamen-tiga o`tkazilgan saylovlar oldidan e’lon qilgan dasturi tashki-lot strategiyasida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`lganini, chunon-chi, G’arbga qarshi kayfiyatlarning deyarli yo`qligi, dunyogI, ma’rifiy islomni tarqatish asosiy maqsad sifatida e’tirofqilingani bilan ajralib turishini qayd etish zarur.
Bugungi kunda «Hizbulloh’»ni bosh kotib rah’barligidagi 12 kishidan iborat kengash («sho`ro») boshqarmokda. Uz navbatida, sho`roga quyi pog’onadagi diplomatiya, mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy, h’arbiy va razvedka bo`limlari faoliyatiga rah’barlik qiladigan h’ar biri 15 kishidan iborat Siyosiy byuro va Ijroiya qo`mitasi bo`ysunadi. «Hizbulloh’»ning ma’naviy rah’bari shayx Xoji Islom Husayn Fadallo bir vaqtning o`zida Livanning shia musulmonlari jamoasida bosh qozi vazifasini h’am baja-rib kelmokda.
Aloh’ida batalon va maxsus guruh’larga bo`lingan, boshqa tu-zilmalar a’zolaridan yashil beretlari bilan ajratib turadigan 4000-5000ga yaqin jangarilar guruh’ining mavjudligi tashki-lotning bugungi kunda h’am etarli jangovar kuchlarga egaligini ko`rsatadi.
Ma’lumotlarga ko`ra, Livan shialari yashaydigan h’ududlarda joylashgan «Hizbulloh’»ning h’arbiy tizimida turli davrlarda Jazoir, Saudiya Arabistoni, Afg’oniston, Kuvayt, Sudan, Bos-niya va Gertsegovinadan kelgan jangarilar tayyorgarlik o`tashgan.
«Hizbulloh’» 1980-1990 yillarda AQSh va Isroilga nisba-tan eng ko`p terrorchilik h’arakati amalga oshirgan tashkilot h’isoblanadi. Dastavval tashkilot jangarilari samolyotlarni ga-rovga olish, fuqarolarni o`g’irlash usullarini keng qo`llagan bo`lsa, keyinchalik ular ko`proq portlovchi moddalar ortilgan avtomashinalar va terrorchi-kamikadzelar yordamida qo`poruvchi-lik h’arakatlarini amalga oshirish, IsroiLning shimoliy h’udud-larini muttasil ravishda reaktiv minomyotlardan o`qqa tutish vositalarini qo`llashga o`tgan. Xususan, 1993 yil 23 oktabrda Bay-rutda tashkilotning ikki a’zosi portlovchi moddalar ortilgan yuk avtomashinalarini h’arbiy kazarmalarga yo`naltirishi nati-jasida ro`y bergan portlash oqibatida AQSh ning 240, Frantsiya-ning 58 h’arbiy xiz.matchisi h’alok bo`lgan va bir necha yuz kishi yarador bo`lgan. Umuman olganda, 1990—1995 yillar oralig’ida «Xiz-bulloh’» tomonidan yuzlab kishilarning h’alok bo`lishiga olib kelgan 823 ta terrorchilik xarakati amalga oshirilgan.
1994 yil 18 iyulda Argentina poytaxti Buenos-Ayresda joy-lashgan Yah’udiy madaniyat markazi binosida terrorchi-kamikad-zeningo`zini portlatib yuborishi natijasida 86 kishining h’alok bo`lishi, ko`plab odamlarning turli darajada tan jaroh’ati oli-shiga olib keldi. Bu «Hizbulloh’» tomonidan amalga oshiriladi-gan qo`poruvchiliklarning ko`rinishi va ko`lamini yaqqolroqta-savvur qilish imkonini beradi.
So`nggi yillarda «Xizbulloh’» etakchilari o`z faoliyatlariga ochiqsiyosiy mazmun berishga h’arakat qilayotgan bo`lishlariga qaramay, uning h’arbiy qanoti yil sayin jangovar qobiliyatini o`stirib borayotgani, jumladan, uchuvchisiz boshqariladigan raz-vedka samolyotlari bilan qurollanayotgani uning bundan buyon qam Yaqin Sharquchun terrorchilik xarakatlari manbai sifatida saq-lanib qolishini ko`rsatadi.
Umuman, ushbu mintaqada Arab- Isroil muammolariningtu-gal qal etilmagani ba’zi mutaassib guruxlar uchun diniy qarama-qarshiliklarni transmintaqaviy darajaga ko`tarishlariga asos bo`lmoqda. «X.izbut-tah’rir al-islomiy» tashkilotining faoliyati bunga misoldir.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling