10-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namayon bo`lishining o`ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namayon bo`lish xususiyatlari.
2. Diniy ekstremistik rashkilotlar faoliti.
3. Jah’olatga qarshi ma’rifat.
Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo`li-shining o`ziga xos xususiyatlari. Ma’lumki, XXI asr ibtidosida jamiyat barqarorligi, xavfsizligiga taxdidlar majmuasida maf-kuraviy tah’didning tarkibiy qismiga aylangan diniy ekstre-mizm bosh omil va keng qo`llanilayotgan uslub sifatida o`zini namoyon qilmokda. Diniy ekstremizmning Afg’onistondagi o`choq-lari asosan yo`q qilingan bo`lsa-da, xavf h’amon sakdanib qol-mokda. Ma’lum doiralar bizga qo`shni bo`lgan ayrim davlatlarda o`z «uyalarini» yaratishga urinmokdalar.
Umuman Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O`zbekistonda bunday taxdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo`ldi:
«perestroyka» davrida nafaqat siyosiy va iqtisodiy inqi-roz, balki mafkuraviy parokandalik h’am yuzaga kelgan edi. Sovet imperiyasi barbod bo`lgach esa, mafkuraviy bo`shliq o`zining xatarli oqibatlarini namoyon qildi;
sho`ro davrida shakllangan SADUM (O`rta Osiyo va Qozog’is-ton musulmonlari diniy boshqarmasi) o`zgargan vaziyatga mosla-sha olmadi. Unga yangicha mazmun-moh’iyat bag’ishlash yo`lidagi uri-nishlar besamar ketdi. Oxir-oqibatda SADUM parchalanib ketdi va diniy idoralar o`rtasidagi h’amkorlik aloqalari deyarli bar-h’am topdi;
e’tiborli diniy ulamolar o`rnini soxta «islomchilar» egal-lashga intilishlari va ular tomonidan islom asoslari buzib
talqin qilinishi boshlandi;
ah’olining islom diniga bo`lgan katta qiziqishidan foy-dalanib, xalqaro ekstremistik markazlar tomonidan mintaqada
diniy mutaassiblik ruh’idagi adabiyotlarni tarqatish kengayti-rildi;
din niqobi ostida faoliyat olib boruvchi, aslida ayrim davlatlarning g’arazli geosiyosiy va geostrategik qarashlari na-tijasi o`laroq shakllangan, qo`poruvchilik maqsadini ko`zlagan turli oqim va yo`nalishlarga mansub xorijiy da’vatchilar min-taqaga o`z g’oyalarini olib kira boshladilar;
~ mintaqa davlatlari chegaralarining mustah’kam emasligi tUrli ekstremistik kuchlarga narkotrafik, qurol-yarog’larning noqonuniy savdosi orqali moliyaviy imkoniyatlarini mustah’-kamlab olishga va mintaqa bo`ylab erkin h’arakat qilishga zamin yaRatdi.
Qisqa qilib aytganda, sho`ro davridan meros bo`lib qolgan og’ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuki yuqorida qayd etil-gan sabablar bilan qo`shilib diniy ekstremistik oqimlarning shakllanishi va faollashuviga qulay sharoit yaratdi.
Umuman olganda esa, diniy ekstremizm mintaqada yashirin, ammo nisbatan passiv, keyinroqochiq-oshkora tashviqot va zo`ra-vonlikka asoslangan faol h’arakatlar, so`ng unga qarshi qaratil-gan chora-tadbirlar natijasida yana o`ta maxfiy ishlash asnosidd targ’ibot olib borish va aniq qo`poruvchilik xurujlarini sodir etishdek sifatiy bosqichlarni bosib o`tdi, deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |