Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Diniy tashkilotlar ustidan nazorat o`rnatishga qaratilgan ama-


Download 1.03 Mb.
bet33/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Diniy tashkilotlar ustidan nazorat o`rnatishga qaratilgan ama-liyot. Misr h’ukumati umummilliy strategiyaga binoan diniy va si-yosiy zo`ravonlikka chek qo`ymokda. Bu dasturning asosiy maqsadi — diniy radikalizmningijtimoiy-iqtisodiy zaminini yo`qqilish ; va yoshlarga tayanishdan maxrum etishdan iborat bo`lib, siyosiy, ax-borot, diniy, madaniy va yoshlar muassasalarining h’artomonlama va o`zaro h’amkorlikdagi ta’sirini kuchaytirishga asoslangan.
Davlat o`rta va oliy o`quv yurtlariga aloh’ida e’tibor berish; diniy dasturlar va fanlarning o`qitilishini qattiq nazorat qilish" orqali islom tashkilotlarininguniversitetlar, talabalar va kasa-< ba uyushmalari ichidagi ta’sirini jiddiy kamaytirishga erishdi. ::
Misrda terrorizmga qarshi kurash strategiyasi doirasida Vaqf vazirligi, al-Azh’ar universiteti, Muftiyat va Misr xristian cherkovi kabi tashkilotlarga h’am aloh’ida mas’uliyat yuklatilgan. Davlat islomchilarning radikal g’oyalarining asos-sizligini ko`rsatish, tarqalishining oldini olishda sof is-lomga da’vat qiluvchi, radio va televidenieda tashkil etila-yotgan diniy seminar va munozaralarda faol qatnashayotgan, xalq orasida mashh’ur diniy ulamolarning chiqishlaridan x.am unumli foydalanmokda.
Hozirgi kunda «xususiy» yoki «xalq masjidlari» deb atala-digan masjidlarning faoliyati va siyosiy faolligi kuchaygani tufayli davlat tomonidan ularning faoliyatini nazorat qilishni bosqichma-bosqich Vaqf vazirligiga o`tkazila boshlashi baroba-rida ularga al-Azh’ar universitetini bitirganlarni imom qilib tayinlash, qishloqardagi Qur’onni o`rganish markazlarida savodsizlikni tugatishni targ’ib qilish h’am davlatning din soh’asidagi siyosatininguzviy qismiga aylandi.
Davlat dasturiga ko`ra, barcha masjidlar Vaqf vazirligi qaramog’iga o`tkazilishi lozim. Bu tadbirlar ko`plab xususiy mas-jidlarni nazorat qiladigan va shu erda yangi a’zolarni jalb qiladigan radikal islom tashkilotlari va guruh’lariningta’si-rini kamaytirishga qaratilgan.
Uning yana bir maqsadi jamiyatning chalasavod, o`rta va quyi tabaqalarini radikal diniy g’oyalar ta’sirtsdan h’imoya qilishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur jarayon juma namozida o`qiladi-gan ma’ruzalar, ularning mazmunan bir xilligini ta’minlash orqali nazorat qilinayotganini h’am ta’kidlash zarur. Biroqushbu tadbirlarni moliyaviy ta’minlash va al-Azh’ar universitetini bitirgan yuqori malakalidiniy xodimlarningetishmasligi bilan bog’liq bir qator sabab va qiyinchiliklar bu siyosatning samara-dorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko`rsatmokda.
Shuningdek, zakot qo`mitalari, xususiy eh’sonlar h’isobiga moddiy ta’minlanadigan va ah’oli tomonidan qo`llab-quvvatla-nadigan masjidlarning katta qismini nazorat qilish h’am mu-ayyan qiyinchiliklarni tug’dirmokda.
Umuman olganda, 1990 yillarda diniy tashkilotlar ustidan Davlat nazorati kuchaydi, deb aytish mumkin. Bu, xususan, mamla-kat rah’bariyati tomonidan diniy soh’ada qabul qilingan qator qonun h’Ujjatlarida h’am yaqqol ko`rinadi. Masalan, Prezidentning 280-°onli farmoniga ko`ra, 1993 yildan al-Azh’ar oliy shayxi Misr bosh vaziriga bo`ysunadi h’amda o`zining moliyaviy va boshqa h’uquklari chO`yicha u bilan tenglashtirilgan. Misr Prezidenti al-Azh’ar shayxini shaxsan o`zi tayinlaydi. Masjidlar va imomlar faoliyati «Masjidlar faoliyati to`g’risida»gi qonun bilan belgilanadi. Unga ko`ra, xutbalar va diniy fanlarni o`qitishni litsenziyalash maj-buriy h’isoblanib, zakot yig’ish nazorat ostiga olingan.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling