Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet30/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

«Al-Qoida» («Asos»). Radikal islom g’oyalariga asoslangan ushbu transmilliy diniy-siyosiy guruh’ning paydo bo`lishiga Usoma bin Lodin rah’barligida Afg’onistonda Sovet armiyasiga qarshi urushda ishtirok etish uchun ko`ngillilarni yollash va ularni qurol-as-lah’a bilan ta’minlash maqsadida Pokiston h’ududida tuzilgan «Maktab al-xidmat» byurosi asos bo`lib xizmat qilgan.
Tashkilotning dastlabki tuzilmalari G’arb va AQShning global etakchiligiga qarshi kurash, islomning fundamental asoslariga qaytish va yagona islomiy xalifat qurishdek maqsadlar dasturi-ga monand ravishda 1992 yilda Xartum (Sudan)da qayta shakllantirilgan.
«Al-Qoida» rah’bariyati g’oyaviy jih’atdan Muh’ammad ibn Ab-dul-Vaxxob va Sayid Qutblarning asarlarida bayon qilingan ta-moyillarga asoslanishini e’tirof qilgan h’olda, amalda musul-mon davlatlaridagi dunyoviy h’ukumatlarni ag’darib tashlash va shariatga asoslangan islomiy davlat qurishdek asosiy maqsadni
ko`zlaydi.
«Al-Qoida» rah’bariyatining Yaqin Sharqdagi Arab — Isroil muammosini musulmon va kofirlar orasidagi dinlararo kurash sifatida ta’riflashi, 1991 yilda Amerika qo`shinlarining Iroqda h’arbiy h’arakat olib borish uchun Saudiya Arabistoni h’ududiga joylashuvini musulmon dunyosiga nisbatan salb yurishi deb bah’r-lashi h’am, AQShni musulmonlarningasosiy dushmani, Isroilni esa uning yaqin yordamchisi, deb h’isoblashi h’a.m tashkilotning g’oyaviy qarashlarini aniq ifodalaydi deyish mumkin.
«Al-Qoida» boshqa diniy ekstremistik tashkilotlar kabi qat’iy ierarxiya asosida tuzilgan bo`lib, unga Oliy kengash («Majlis ash-shura») rah’barlik qiladi. Oliy kengashga h’arbiy, moliyaviy, diniy va h’uquqiy, axborot va tashviqot qo`mitalari bo`ysundirilgan bo`lib, ular quyi pog’onadagi guruh’lar faoliya-tini boshqaradi.
Manbalarda «al-Qoida»ningh’arbiy lagerlari 2001 yilga qadar Afg’oniston, Pokiston, Somali, Sudan, Yaman, Bangladesh kabi qator davlatlarning tog’li h’ududlarida, shuning’dek, Chechenis-ton h’atto, bittasi AQShning Florida shtatida faoliyat ko`rsat-gani qayd etiladi.
Taxminlarga ko`ra, h’ozirgi kunda tashkilotning yashirin gu-ruxlari 33 tadan 88 tagacha mamlakat h’ududida faoliyat yuritayot-gan bo`lishi, jangarilarining soni esa 3000—7000 kishini tash-kil etishi mumkin.
«Al-Qoida»ning dastlabki faol h’arakati 1992 yil kuz fas-lida kuzatilgan bo`lib, tashkilot jangarilari Somalidagi be-qarorliklarning oldini olish uchun kiritilgan BMTtinchlik-parvarlik kuchlari tarkibidagi AQSh maxsus qo`shinlarining 18 h’arbiy xizmatchisini o`ldirishgan.
1996 yilda AQShning Sudan h’ukumatiga tazyiqi ostida «al-Qoida»ning asosiy jangovar kuchlari Afg’onistonning «Toli-bon» h’arakati nazoratidagi h’ududlarga ko`chib o`tdi. Aynan shu erda, 1998 yilning fevralida «al-Krida» etakchiligida «al-Ja-moa al-Islomiyya», «al-Jih’od» (Misr), «Jamaati ulame Po-kiston», «Kashmir qo`zg’olonchilik h’arakati» (Hindiston), «Ji-h’od» (Bangladesh) va «Tolibon» h’arakati vakillari «Yah’udiy va salbchilarga qarshi xalqaro islom fronti» uyushmasi tuzilgani-ni e’lon qilishdi. Ushbu uyushma nomidan Usoma bin Lodin AQSh boshchiligidagi G’arb dunyosiga jih’od e’lon qildi.
Shundan so`ng, qator og’ir oqibatlarni keltirib chiqargan terrorchilik h’arakatlari sodir etildi. Jumladan, 1998 yil 25 iyunda «al-Qoida» jangarilari Saudiyaning Daxran shah’ri yonida Joylashgan AQSh Xarbiy Havo kuchlarining bazasi oldida amal-ga oshirgan portlash natijasida 19 kishi h’alok bo`lib, 300 dan Ziyod kishi tan jaroh’atini oldi. Shu yilning 7 avgustida esa
«al-Qoida» jangarilari bir vaqtning o`zida AKDIning Tanza-niya va Keniyadagi elchixonalari oldida bomba ortilgay mashina-larni portlatishi oqibatida esa 242 kishi xalok bo`ldi va 5000 ga yaqin odam shikastlandi.
Va, nih’oyat, 2001 yilning 11 sentabrida Amerika Ko`shma Shtat-larida turli reyslar bilan Nyu-York, Boston va Vashington shah’arlaridan uchgan to`rtta «Boing-757» samolyoti «al-Krida» gu-ruh’iga mansub 18 nafar terrorchi tomonidan egallab olinib, ular-ning ikkitasini Nyu-Yorkdagi xalqaro savdo Markazi joy-lashgan «egizak» binolarga, bittasini esa AKD1 qurolli kuchlari shtabi — Pentagonga yo`naltirildi. Yana bir samolyot Pensilva-niya shtatidagi Shanksvill rayoniga qulabtushdi.
Umuman olganda, mavjud ma’lumotlarga ko`ra, «al-Qoida» guruh’i jangarilari Afg’oniston (1992 yildan), Somali (1992— 1993 yy.), Bosniya va Gertsegovina (1992-1995 yy.), Kashmir (1993 yildan), Shimoliy Kavkaz (1995 yildan), Kosovo (1999 y.), Markaziy Osiyo (1999 yildan), Pokistonning Janubiy Vazi-riston viloyati (2001 yildan) va Iroq (2003 yildan) h’ududla-rida qurolli to`qnashuv va terrorchilik h’arakatlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmokda.
11 sentabr voqealaridan so`ng Afg’onistonda o`tkazilgan keng ko`lamli xalqaro aksilterror xarakati natijasida «al-Krida» jiddiy talafot ko`rgan bo`lsa-da, u o`z faoliyatini yangi sharoit-larga moslashtirishga intilmokda. Jumladan, ba’zi ma’lumotlar-ga ko`ra, tashkilot asosiy tizimlarini erkin pushtun qabilalari yashaydigan Pokistonning shimoli-g’arbiy va Kashmirdagi baland tog’li xududlarga ko`chirishga h’arakat qilinmokda.
Afg’oniston va Irokda AQSh h’arbiylariga qarshi partizan urushida faol ishtirok etish barobarida aksilterror ittifoqi-ga a’zo davlatlardan ushbu h’ududlardan o`z qo`shinlarini olib chiqishni talab qilayotgani tashkilotning bugungi kundagi o`ziga xos xususiyatidir. «Al-Krida» aynan shu maqsadga erishish bay-rog’i ostida terrorchilik h’arakatlarini amalga oshirmoqda. Jum-ladan, 2004 yilning 11 martida Madrid (Ispaniya)dagi 4 ta te-mir yo`l bekatida umumiy h’isobda 6 ta portlatish amalga oshirildi. Natijada, 200 kishi xalok bo`ldi va 1500 dan ziyod kishi yarador bo`ldi. Politsiyaningtaxminiga ko`ra, portlashlarni «al-Krida» guruh’i bilan yaqin aloqada bo`lgan marokashlik radikal islom guruqi amalga oshirgan.
Qayd etilgan dalillar h’am «al-Kridalning xalqaro terror-chiliktizimining markaziy unsuri va jah’onningturli nuqta-larida ro`y berayotgan qurolli to`qnashuvlar, terrorchilik amaliyotlarini moliyalashtirish, rejalashtirish h’amda bevosita amalga oshirishning asosiy bo`g’iniga aylanganini ko`rsatadi.
Taxlil qator xulosalarni chiqarish imkonini beradi. Eng avvalo, aksariyatdiniy-ekstremistiktashkilotlar rasmiy — ochiq ish olib boruvchi siyosiy h’amda xufya h’arakat qiluvchi jangovar qanotlar orqali faoliyat yuritishga intilayotganini ta’kidlash zarur. Siyosiy qanotjamiyat ijtimoiy-siyosiy h’ayotida faol ish-tirok etib, ah’oli xayrixoh’ligiga erishish, jangovar qanot esa terrorchilik usullari bilan h’ukumatga tazyiq o`tkazish uslubi-dan foydalanadi.
Shuningdek, keyingi yillarda ushbu tashkilotlar o`z faoli-yatiga ko`proq yoshlarni va ayollarni jalb qilishi, terrorchi-ka-mikadzelardan foydalanish va mumkin qadar ko`proq qurbonlar bo`lishini nazarda tutgan h’olda terrorchilik h’arakatlarini amalga oshirayotganini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, diniy-ekstremistik tashkilotlar o`z faoliya-tini uyg’unlashtirishga va yaxlit tizim sifatida ish olib borishga h’arakat qilmokdalar. Iroq, Afg’oniston va Chechenistondagi qo`po-ruvchilik h’arakatlarida turli millatga mansub jangarilarning ishtirok etayotgani, terrorchilik h’arakatlari bir xil shiorlar os-tida amalga oshirilayotgani bunga dalil bo`la oladi.
Diniy-ekstremistiktashkilotlarning reaktsion g’oyalari va qo`poruvchilik faoliyati barcha mamlakatlarning ijtimoiy-iqti-sodiy va ma’naviy rivojlanishiga o`zining salbiy ta’sirinio`tkazmokda.
Bundan tashqari, mamlakatlar iqtisodiyoti, o`zaro investi-tsiya muh’itiga jiddiy ziyon etkazilmokda. Xususan, AQSh kong-ressi tomonidan tuzilgan Milliy komissiyaning h’isobotiga ko`ra, 2001 yil 11 sentabrda amalga oshirilgan terrorchilik h’arakatlari AQSh va jah’on iqtisodiyotiga bevosita 135 mlrd., bilvosita 2 trln. dollar zarar etkazgan.
Shuningdek, amerikalik mutaxassislar fikriga ko`ra, Ja-zoirda h’ukumat qo`shinlari va «Qurollangan islom guruh’i» ora-sidagi urush 1996-2001 yillar orasida mamlakat budjetiga 16 mlrd. AQSh dollari mikdorida ziyon keltirgan.
Ayni paytda, diniy-ekstremistik tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan tashviqot yoshlarning soxta g’oyaga aldanib qoli-shi, yurt ravnaqi yo`lidagi faoliyatdan chalg’ishi, jamiyatdagi ma’naviy-ruh’iy muh’itning buzilishiga sabab bo`lmokda.
Diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati, shuningdek, musulmon bo`lmagan mamlakatlar ah’olisi o`rtasida islomni «yovuzlik saltanati» va taxdid manbai sifatida qabul qilinishiga, «islamofobiya»ningturli ko`rinishlari paydo bo`lishiga h’am zamin yaratmokda.
Qayd etilgan h’olatlar h’am, diniy ekstremizm va terrorizm-ning kishilik jamiyatining nafaqat bugungi kuni, balki is-tiqboliga h’am taxdid solayotgan omilga aylanganini, insoniyat bir butun vujud sifatida qarshi kurashga kirishgandagina uni enga olishi mumkinligini ko`rsatadi.
Keltirilgan misollar diniy ekstremizm va terrorizmning tobora keng miqyos va mudh’ish qiyofa kasb etayotganini tasdiq-laydi. Bu unga qarshi kurashda dunyo mamlakatlari tajribasi-ning ah’amiyati beqiyos ekanini ko`rsatadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling