Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
Misr tajribasi. Arab — musulmon davlatlari ichida Misr Arab Respublikasi birinchi bo`lib terrorizm muammosi bilan duch keldi. Zero, aynan Misrda 1928 yilda Yaqin Sharkdagi bi-rinchi radikal islom tashkiloti — «Ixvan al-muslimin» («Mu-sulmon birodarlar») uyushmasi paydo bo`ldi.
Shu tarzda Misr bu xavfli xrdisa bilan kurashda katga tajriba to`pladi h’amda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda musulmon davlatlari orasidatan olingan etakchiga aylandi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, musulmon davlatlarining mazkur h’odisaga qarshi kurash usullarini Misr misolida tah’-lil qilish o`rinli va foydalidir. Misr birinchi marta bu muam-moga 1940 yillarda, «Musulmon birodarlar»ningo`z faoliyatida ishontirish usullaridan radikal terrorchilikka — davlat, poli-tsiya va armiyaning ko`zga ko`ringan arboblarini jismonan yo`qqilish yo`liga o`tishi natijasida duch keldi. X,ukmron rejim tomonidan bu tashkilotga qarshi 1950-60 yillarda olib borilgan yirik h’ibsga olish va repressiv choralar «Musulmon birodarlar»ni fa-qatgina vaqtinchalik yashirin faoliyatga o`tishga majbur qilib, ichki siyosiy maydonda faol h’arakatlanish imkoniyatini chekladi, xolos. «Musulmon birodarlar» qiyofasidagi islom muxolafatini kuch bilan bostirishga urinishi kutilmagan natijaga — turma va lagerlarda fundamentalizmning yangi oqimi - ekstremizmning paydo bo`lishiga olib keldi. Bu radikal diniy oqimning mafkura-viy moh’iyati esa zamonaviy musulmon jamiyati va xukmron siyo-siy rejimning qonuniyligini butunlay inkor etishga borib taqaladi. Bir vaqtningo`zida, mutaassib islom tashkilotlari va guruxlari paydo bo`la boshladi. 1970 yilda Misrda xrkimiyat tepasiga prezident Anvar Sa-datning kelishi bilan mamlakatning ichki va tashqi siyosatidankeskin o`zgarishlar sodir bo`ldi. Sadat va uning h’ukumati o`zla-rini din va diniy qarashlarning bosh h’imoyachisi sifatida ko`rsa-tishga h’arakat qilib, dinni kuchaytirish orqali so`l kuchlarga qarshi kurashni asosiy maqsad qilib belgiladilar. Yangi radi-kal islom guruh’lariga xayrixoh’lik va ularni nooshkora rag’bat-lantirish bu guruxlarningfaollashuviga imkon yaratdi. Shunday qilib, bu yillarda «At-takfir val-h’ijra» («Dah’riylikda ayb-lash va jamiyatdan chiqish») va «Al-Jih’od al-Muqaddas» («Mu-qaddas jih’od») tashkilotlari shakllandi. yillar boshlarida islomchilar ommaviy h’arakatlarni amalga oshira boshladilar. Xususan, ular 1980 yilda Qoh’irada 400 mingga yaqin dindor qatnashgan namoyish uyushtirdilar. Is-lomiy tashkilotlar bir necha million misrlikni o`zida bir-lashtirgan sufiylar tashkilotlariga ta’sir o`tkazishga urinib ko`rishdi. Jumladan, sufiylar tariqatiga o`z qarashlarini olib kirishga intilgan «Musulmon birodarlar» tashkilotining ay-rim vakillari unga a’zo bo`la boshladilar. yilning sentabrida konfessiyalararo to`qnashuvlar xav-fining oldini olish maqsadida kechiktirib ko`rilgan xavfsiz-lik choralari, shuningdek, barcha muxolif siyosiy va diniy tash-kilotlar, oqimlar vakillarining keng miqyosda h’ibsga olishlar muvaffaqiyat keltirmadi. Hibsga olinganlar orasida 1500dan ortiq turli partiya va h’arakatlar, jumladan, radikal islom tashkilotlari a’zolari, mashh’ur yozuvchi va j^rnalistlar bor edi. Yuzaga kelgan qulay vaziyatdan islomchilar zudlikbilan foy-dalanadilar. Muh’ammad Payg’ambar h’ayotidan keltirilgan misol-larga tayangan, islomni qutqarish zaruratini ta’kidlagan, mu-sulmon va yah’udiylar orasidagi murosaga keltirib bo`lmaydigan ziddiyatlarni ro`kach qilgan h’olda islomchilar arablar h’uquqla-rini qayta tiklash uchun kurashga chaqira boshladilar. Ularning fikricha, bunday maqsadni amalga oshirishdagi birinchi qadam Prezidentni yo`q qilishdan iborat bo`lishi kerak edi. 1981 yilning 6 oktabrida h’arbiy parad vaqtida Anvar Sadat va yana 7 kishi «Jih’od» tashkiloti a’zolari tomonidan otib tashlandi. Sadatning o`limidan so`ng «Jih’od» tashkiloti o`rta asr islom xalifaligiga o`xshash islom davlatini tashkil etish maqsadida Asyut shah’ri ustidan nazorat o`rnatishga xarakat qildi. Ammo bu amalga oshmadi va g’alayon bostirildi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling