Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet32/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Kurash strategiyasi. Misr Arab Respublikasi h’ukumatining diniy ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi bevosita va bil-vosita qarshilik ko`rsatish usullarini o`z ichiga oladi. Bevosita qarshilik ko`rsatish o`z ichiga h’uquqni muqofaza qilish idorala-ri tomonidan ko`riladigan choralarni oladi.
Bilvosita choralarga h’ukumatning rasmiy diniy muassasalar-ni o`ztarafiga og’dirishga, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan dastak va tizimlar kiradi.
Bevosita qarshilik ko`rsatishda so`nggi yillarda mamlakatda qabul qilingan aksilterrorchilik qonunlarining h’uquqiy aso-sidan keng foydalaniladi. Bilvosita qarshilik usullariga, shuningdek, islom muxolafatining mo`’tadil qismini faollash-tirish, zo`ravonlikka qarshi kurashda diniy arbob va muassasa-larning axamiyatini oshirish orqali radikal islomchilarni «ji-lovlab» turish h’am kiradi. Bugungi kunda bu kurash bevosita qurolli qarshilik ko`rsatish va qatag’onlardan tortib, h’aligacha ijobiy natija bermagan murosaga kelishga urinishdek xilma-xil uslublardan foydalangan h’olda olib borilmokda.
Radikal islom tashkilotlari bilan muloqot qilish diniy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirishni tashkil etish shaklini olgan edi. U muftiyat va Misr Vaqflar vazirligi boshchiligidagi ras-miy diniy muassasalar tomonidan o`tkazilib, turli viloyatlar, ayniqsa, radikal islom guruxlari ko`proq faol bo`lgan xudud-larga maxsus diniy arboblar yuborilar edi. Viloyatlarda bunday tashkilotlar raxbarlari va a’zolari bilan ularni to`g’ri yo`lga solish, zo`ravonliklarning oldini olish masalasiga bag’ishlab uchrashuv va baxslar o`tkazilar edi.
Barcha h’ollarda radikal islom tashkilotlari va guruxlari bilan o`tkazilgan muloqotlar cheklangan h’arakat kasb etgani uchun zo`ravonliklarning kamayishiga olib kelmadi.
Jangarilik h’olatlarining oldini olish va unga qarshi ku-rashda h’ukumat o`z ichiga asosan, repressiv choralarni qamrab ol-gan ochiq kurash yo`lini tanlagan edi. U favqulodda h’rlatni e’lon qilish, favqulodda sudlarni tashkil etish va amalga oshirish, siyosiy ishlar bo`yicha o`lim jazosini qo`llash, jinoyat sudining qarorlarisiz ma’muriy qarorlar yordamida aloh’ida olingan fu-qarolarni h’ibsga olish va saqlab turishdek profilaktik xibsga olish tadbirlarini qamrab olar edi. Shuningdek, terrorchilik xurujlari va mamlakat ichidagi zo`ravonliklarning oldini olishda h’ukumat armiya qismlaridan faol foydalanardi.
Misrda qabul qilingan va kuch ishlatishga asoslangan chora-lar doirasida profilaktik h’ibsga olish, qamoqda sakushsh h’amda xarbiy tribunallar faoliyati aloh’ida o`rinni egallaydi. Bunday amaliyotda «Favqulodda vaziyatlar to`g’risida»gi va «Harbiy tri-bunallar to`g’risida»gi qonunlarga amal qilinadi. Ungaasosan, Prezident fuqarolar ishini h’am h’arbiy tribunallarda ko`rib chiqish uchun jo`natishi mumkin.
1981 yilda Prezident Sadatningo`limidan so`ng, mamlakatda favqulodda h’olat e’lon qilingan. 1958 yilda qabul qilingan 162-qonunning birinchi moddasiga binoan «Favqulodda vaziyat respublika yoki mintaqalar chegarasi doirasida xavfsizlikka, mavjud tuzumga taxdid tug’ilganda, urush kelib chiqqan yoki uning xavfi paydo bo`lganda, umumiy inqiroz yoki g’alayonlar yuzaga kelganda, shuningdek, epidemiya tarqalishi xavfi bo`lgandae’don qilinadi».
Misr Konstitutsiyasiga binoan, favqulodda h’olat e’lon qilish respublika Prezidentining mutlaq vakolatlari doira-siga kiradi. Qayd etilgan qonunning 148-moddasiga ko`ra Pre-zident favqulodda h’olatni e’lon qiladi, so`ng 15 kun davomida uni Xalq yig’ini (Respublika Parlamenti)ga Taqdim etadi. Fav-qulodda h’olat Prezident qarori bilan to`xrtiladi. Mazkur qonun 1967 yildan 1980 yilning mayigacha amalda bo`lgan bo`lsa-da, 1981 yilning «oktabr voqealari»dan so`ngina uning rasman kuchga kirgani e’lon qilindi. O`shandan buyon h’am uning amal qilish muddati bir necha marta uzaytirildi. Favqulodda h’olat oxirgi marta 1997 yilning mayida Misrning Xalq yig’ini tomonidan uzaytirildi. Bundan tashqari, Yuqori Misrning shah’ar va qish-loqarida kommendant soati va boshqa cheklovlar qayta-qayta o`rnatilgan edi.
Fuqarolar ishlarining h’arbiy tribunallarda ko`rib chiqish uchun yuborilishi murakkab ichki vaziyat, jangarilik amaliyoti-ning ortishi, sayyoxlarga qarshi qaratilgan h’arakatlarning so-Dir etilishi va siyosiy qotilliklarning davom etishi bilan bog’liqedi. Hukumat h’arbiy tribunallarni radikal islom tash-kilotlari bilan kurashning yangi usuli sifatida joriy etdi.
Shunday qilib, kuchli repressiv choralar bilan bir qatorda kurashning h’uquqiy choralaridan h’am samarali foydalandi. Shu o`rinda Misr qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqikdashini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, davlat noqonuniy ravishda qurol saklaganlar, zo`ravonlikni tar-g’ib etuvchilar, radikal islomni moliyaviy qo`llab-quvvatlovchi-larga nisbatan qattiq ma’muriy-jinoiy choralarni qo`llaydi.
1990 yillarda zo`rlik va terror xarakatlarining kuchayishi Misr h’ukumatini «Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida»gi qonun kabi bir qator yangi h’uquqiy h’ujjatlarni qabul qilishga maj-bur kdldi. Bunday maxsus qonunning qabul qilinishi xavfsiz-lik idoralariga ko`proq erkinlik berish va ular olib borayot-gan faoliyatning samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq edi. Chunki avval qabul qilingan «Favqulodda h’olatlar to`g’risida»-gi qonun mah’buslarga davlat xavfsizligining oliy sud va uning h’ududiy bo`linmalariga 30 kun mobaynida appelyatsiya bilan mu-rojaat qilish x^quqini berardi. Biroq bu muddat xavfsizlik idoralariga ashyoviy dalillarni to`plash uchun etarli emas edi. Shundan kelib chiqib, davlat zo`rlik va terror bilan bog’liq fuqarolik ishlarini h’am h’arbiy tribunallarda ko`rib chiqishga o`tkaza boshladi. Bu qadamning h’uquqiy asosini yaratish uchun Prezident Muborak 1992 yildan islom tashkilotlari faoliyati-ga aloqadorlikda gumon qilinganlarning ishini xarbiy tribu-nalga oshirish to`g’risida maxsus 375-sonli farmonni qabul qildi. 1993 yilda qabul qilingan «Kasaba uyushmalariga saylov to`g’risida»gi qonun xam 1980 yillarningo`rtalaridan bir qator, xususan, muh’andislar, o`qituvchilar va duquqshunoslar kasaba uyushmalarini qo`lga olgan islomchilarga qarshi qaratilgan edi. O`z faoliyatining dastlabki davrida Qusni Muborak diniy muxolafat bilan kurashning differentsial yondashuvga asoslan-gan strategiyasini ishlab chiqdi. Uning doirasida h’ukumat «ras-man tan olmagan h’olda chidash» siyosatini qo`lladi. Bu xukumat-ning islom h’arakatining mo`’tadil qismiga chidamli munosabati va radikal qismiga keskin javobida o`z ifodasini topdi.
Ma’lumki, Anvar Sadat tomonidan 1970 yillarda boshlangan liberallashtirish siyosati doirasida Misr Arab Respublikasida ko`ppartiyaviyliktizimi yaratilgan edi. BiroqMisr qonunchili-gi diniy asosdagi partiyalar tuzishni taqiqlagani uchun h’am is-lom muxolafati mamlakat ichki siyosatida qatnasha olmagan edi.
Prezident Muborak tomonidan 1980 yillarda ishlab chiqil-1
gan strategiya «Musulmon birodarlar» va boshqa islom guruh’la-;
riga parlamentga yakka tartibda va qonuniy faoliyat ko`rsatayot-
gan boshqa partiyalar bilan ittifoqqa kirishgan h’olda parlament]
tarkibiga kirish imkoniyatini berdi.
Parlamentdan joy olishda ifodalangan islom muxolafati-ning kuchayishi natijasida 1987 yilda kuchlar nisbati dunyoviy kuchlar foydasiga h’al bo`lmadi. Islom muxolafatining mo`’tadil va radikal qismlarining o`zaro birikib ketishini ko`zlagan va shu yo`l bilan muxolafatning diniy va dunyoviy qanotlari o`rta-sida muvozanatni ta’minlashga qaratilgan h’ukumat strategiyasi butunlay barbod bo`ldi.
Husni Muborak milliy birlikning kengasosini yaratishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan edi. Anvar Sadat o`ldirilgandan so`ng rasmiy h’okimiyatga asosiy xavf tug’dirayotgan radikal is-lom h’arakatiga qarshi kurash maqsadida turli siyosiy oqimlar va h’arakatlar, shu jumladan, mo`’tadil islom kuchlarini birlash-tirishga h’arakat qildi.
Bu strategiya doirasida h’ukumat islom muxolafatining mo`’ta-dil qismiga va «Musulmon birodarlar» tashkilotiga mamlakat siyosiy h’ayotida rasmiy ishtirok etishga imkoniyat yaratib, radi-kal qismini esa yo`q qilishga qaratilgan murosasiz kurash olib bora boshladi. Hukumat diniy muxolafatga parlament saylovla-rida ishtirok etish, o`z gazetalarini nashr etish, OAVda o`z ovo-ziga ega bo`lishga yo`l qo`yib berdi. U islom jangarilari bilan al-Azh’ar shayxlari o`rtasidagi televizion bah’slarni moliyaviy ta’minladi.
Mazmun-moh’.iyati va tanqidiy yondashuvlardan qat’i nazar, televidenieda diniy dasturlar namoyiiUqilinishiga, gazeta-larda maqolalar chop etilishiga imkoniyatberildi.
Biroq radikal islom tashkilotlarining xorijda yashayotgan etakchilari mavjudtuzumni kuchsiz deb bilar, uni qulatish uchun mamlakat ichida ozgina qo`zg’alish bo`lsa kifoya deb h’isoblar edi. Shu sababli radikal islom guruh’lari mamlakat ichida h’am, tashqarida h’am terrorchilik h’arakatlari sodir etishning yuqori sur’atini saqab qolishga intildilar.
Jumladan, sayyoxlarga nisbatan terror amaliyotini qo`llash kuchaydi. Islomchilar davlatning iqtisodiy quvvatini izdan chiqarib, so`ng mamlakatning qonuniy h’ukumatini qulatishga Harakat qilmokdalar. Davlatga qarshi ochiq qurolli kurash sharo-itida islomchilar odamlar ko`p to`planadigan joylarda portla-tishlarni amalga oshirish, sayyoh’larga h’ujum uyushtirish, avto-bus va poezdlarni o`qqa tutishda davom etmoqdalar. Davlat tomonidan amalga oshirilgan h’imoya choralariga qaramasdan ra-Dikal islom tashkilotlarining qibtiylar va nasroniylarga terrorchilik h’arakatlari h’am o`sib bormoqda.
1990 yillarda davlat faoliyat ko`rsatayotgan islomiy kuch-larga nisbatan qo`llanilgan differentsial yondashuvni qayta ko`rib chiqdi.
Misrterrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish, radikal islom tashkilotlari va guruxdarini yo`q qilish orqali mamlakatda bar-qarorlikni ta’minlashga intilmokda. Xususan, 1995 yilda Misr-ning xavfsizlik idoralari tomonidan «Al-Jamoa al-Islomiya» tashkilotining 20dan ortiq, «Al-Jixdd al-Islomiya» tashkiloti-ning ikkita, «At-Takfir val-Jixrd» va «At-Tavaqquf vat-Tab-yin» tashkilotlarining bittadan guruh’i fosh qilingan edi.
Radikal islom tashkilotlari faolligi va ular amalga oshi-rayotgan h’arakatlarning xavfi o`sib borayotgani h’amda oldin qabul qilingan choralarningetarli samara bermayotganini inobatga olib, Misr h’ukumati va h’uquqni h’imoya qilish idoralari terrorizm va radikalizmga jiddiyroqyondashishga majbur bo`ldilar.
Maxsus ishlab chiqilgan ilmiy dasturga ko`ra, Misr h’ukuma-ti diniy ekstremizm va terrorizm bilan xam ichki, h’am tashqi jabh’ada kurash olib bora boshladi.
Ichki frontda bu kurash davlat tomonidan ishsizlik, kam ta’minlangan oilalarning yashash darajasining pastligi, savod-sizlik, uy-joy etishmasligi kabi muammolarni echishga qara-tilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirishni ko`zda tutadi. Hukumat Misrning qoloq tumanlari va viloyatlarini rivoj-lantirishga qaratilgan va ustuvor yo`nalishlarni o`z ichiga ola-digan aniqdastur ishlab chiqishni o`z oldiga vazifa qilib qo`ydi. Bundan tashqari, davlat diniy ekstremizm va zo`ravonlik muammolarini ilmiy va keng qamrovda echish bo`yicha amaliy ish-larni tashkil etmokda. Jumladan, terrorizmga qarshi kurash bo`yicha Xalqaro markaz tashkil etish barobarida Misrning ilmiy-tek-shirish institutlari va strategik markazlarida bu muammoning ilmiy- tizimli taxliliga katta e’tibor berilmokda.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling