Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
«Hizb at-tah’rir al-islomiy» («Islom ozodlik partiyasi»)
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
«Hizb at-tah’rir al-islomiy» («Islom ozodlik partiyasi»).
Tashkilotga1953 yilda Taqiyiddin Nabah’oniy-(1909—1979) tomonidan asos solingan. Dastavval o`ziga Falastinni yah’udiylardan ozod qilishni maq-sad qilgan Nabaxrniy, keyinchalik musulmon davlatlarini bir-lashtiruvchi xalifalikdavlatini qurishni bosh maqsad deb e’lon qiddi. Ta’limot nazariyasi Nabaxrniy va uning izdoshi Abdul Qaddim Zallumning «Islom nizomi», «Islom davlati», «Xalifa-lik», «Islomiy olamga qaynoq nidolar» va «Hizbut-tah’rir»ning tushunchalari», «Demokratiya - kufr nizomi» va «Siyosiy ong» kabi asarlarida bayon etilgan. Ularda G’arb tsivilizatsiyasi va dun-yoviy davlat tamoyillari qoralangan, demokratiya, konstitutsiya, saylov kabi siyosiy institutlar inkor qilingan h’olda, turli mamlakatlarda radikal islom g’oyalarini targ’ib qilish, davlat to`ntarishi orqali xrkimiyatni qo`lga kiritish h’amda xalifa-likka asoslangan tuzumni o`rnatish asosiy maqsad sifatida il-gari suriladi. «Hizbut-tah’rir» 1960—70 yillarda bir necha bor xukumatga nisbatan fitna tayyorlashda qatnashganidan so`ng uning faoliyati Iordaniya va Misrda, keyinroq Suriya, Iroq, Misr, Liviya, Tunisda, shuningdek, Sudan va Malayziyadan tashqari deyarli barcha musulmon davlatlar, 2003 yildan Rossiya va Germaniyada xam man qilindi. «Hizbut-taxrir» piramida shaklidagi tuzilishga ega bo`lib, uning quyi pog’onasini 5 kishilik «xalqalar»ga birlashgan «dorislar» tashkil etadi. Xalqaga «mushrif» rah’barlik qilib, 4—5 mushrifdan iborat «mah’alliy jih’rz» «naqib»ga, naqib-lar viloyat darajasida «musoid»ga bo`ysunadilar. Musoidlar faoliyati mintaqaviy rah’bar — «mu’tamad» tomonidan bosh-qariladi. Tashkilot rah’bari - «Amirul-a’zam» tashkilotning oliy bo`g’ini — «Qi’yodat» orqali mu’tamadlarning faoliyat yo`nalishini belgilab turadi. Bunday tuzilish tashkilotning o`z faoliyatini mumkin qadar yashirin olib borish imkonini berish bilan bir qatorda butunlay fosh bo`lish eh’timolini kamaytiradi. Hozirgi kunda esa tashkilot rah’barlari tomonidan ilgari surilgan «Arab - Isroil muammolarini h’al etishning yagona vositasi — yah’udiylarni ommaviy qirg’in qilishdir», degan re-aktsion g’oya «Hizbut-tah’rir»ning h’aqiqiy moh’iyatini belgilab beradi deyish mumkin. Yaqin Sharq mamlakatlari h’ozirgi kunda h’am «Qizbut-tah’-rir» uchun faoliyat markazi sifatida saklanib qolmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko`ra, faqat Iordaniya, Livan va Falastin h’udud-larida tashkilotning 3000-5000 a’zosi faoliyat yuritadi. Tash-kilotning Bayrutda chop etiladigan «al-Va’y» («Ong») jurna-li esa h’izbiy g’oyalarni tarqatishga o`zining ulushini qo`shib kelmokda. «Hizbut-taxrir»ning faol h’arakati 1970-80 yillardan buyon Pokiston, Indoneziya, Filippin, 1990 yillar boshidan esa Markaziy Osiyo davlatlarida, 2003-2004 yillardan Qrim yarim oroli va Rossiyaningbir qator mintaqalarida kuzatilmokda. Bundan tashqari, «Hizbut-tah’rir» G’arbiy Evropadagi bir qator mamlakatlarda o`z bo`linmalariga ega. Ba’zi ma’lumotlarga ko`ra, tashkilotning Buyuk Britaniyada joylashgan bo`linmasi muvofikdashtiruvchi markaz vazifasini bajar.mokda. Garchi «Qizbut-tah’rir» o`z faoliyatida faqat g’oyaviy kurash usullaridan foydalanishni e’lon qilsa-da, tashkilot mafku-rasini ifodalovchi h’ujjatlar buning aksini ko`rsatadi. Xu-susan, «Hizbut-tah’rir» tomonidan tarqatiladigan varaqalar va qilinadigan da’vatlarda «musulmon bo`lmagan h’ukumatlarga qurolli jih’od e’lon qilish zarur», degan g’oyaning keng targ’-ib qilinishi, «al-Va’y» jurnalining 2001 yil iyunda chop etilg’an 170-sonida islom xalifaligini qurish yo`lida barcha vositalarni qo`llash, h’atto, qotillik qilishning oqlanishi, begunoh’ odamlarning o`limiga sabab bo`luvchi terrorchi-kami-kadzelarning «shah’idlar» qatoriga kiritilgani h’am buni tas-diklaydi. «X.izbut-tah’rir» faollarining musulmon dunyosiga mansub bir qator davlatlarda konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan ter-rorchilik amaliyotlarida ishtirok etgani h’am ularning asl qiyofa-sini ochiq-oydin namoyish etadi. Jumladan, 1968, 1974 va 1977 yillarda «Hizbut-taxrir» a’zo-lari Iordaniyada, 1974 yilda esa Misrda h’arbiy isyon ko`tarish- ga uringan. 2000 yil yanvarda esa Suriya h’uquqni muxrfaza qilish idoralari tomonidan h’ukumatga qarshi g’alayonlar ko`tarishga tay-yorgarlik ko`rayotgan tashkilot faollarining 800 nafari qamoqqa olingan. Shu bilan birga, fitnalarningdoimiy muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, «Hizbut-taxrir» rah’bariyati orasida ushbu h’arakatlar tashkilotning «ajralib» chiqqan qismi tomonidan amalga oshi-rildi, degan da’vo bilan aybni bo`yinlaridan soqit qilishga intilishdek amaliyotni keltirib chiqarganini ta’kidlash zarur. Voqelik boshqa diniy-ekstremistik tashkilotlar singari, «Hizbut-tah’rir» a’zolarining faoliyati h’am o`ta radikal tus ola-yotganini ko`rsatmokda. 2003 yil aprelda tashkilotning Buyuk Bri-taniyadagi bo`linmasi a’zolaridan birining Isroilning Tel-Aviv shaqrida joylashgan «Mayks Pleys» kafesida o`zini portlatib yuborishi natijasida 23 kishi nobudbo`lgani h’am bunitasdiklaydi. 2002 yilda Filippinda qamoqqa olingan tashkilotning bir guruh’ faollaridan katta mikdordagi portlovchi moddalar va o`qotar qurollar qo`lga olinishi barobarida ularning «al-Krida» terrorchi tashkilotining mah’alliy tuzilmalari bilan yaqin alo-qada bo`lgani h’am aniqlangan. Bu esa «Hizbut-tah’rir» tashkiloti o`z faoliyatini xalqaroterrorchiliktiziminingtarkibiy qismi sifatida tashkil etayotganidan dalolat beradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling