Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet27/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

«XAMAS» («X.arakat al-muqavama al-islomiya» — «Islom qar-shilik xarakati»). Ushbu tashkilotga 1987 yil Falastinda shayx Ah’mad Yosin tomonidan asos solingan,
Qoh’iradagi Aynush-Shams islom universitetida o`qigan dav-rida «birodarlar» tashkiloti mafkurasi bilan yaqindan ta-nishgan Yosin 1970 yillarda xayriya ishlari bilan shug’ulla-nuvchi «Islom birlashmasi» nomli uyushma tuzgan va yaxudiylarga qarshi faoliyat yuritmagani h’amda ushbu masalada Yosir Arofot boshchiligidagi Falastinni ozod qilish tashkiloti bilan ix-tilofga borgani uchun Isroil rah’bariyatining xayrixoh’ligiga erishgan edi.
Biroq 1979 yilda Erondagi islom inqilobi ta’sirida Yosin radikal g’oyalarni o`ziga shior qilib olgan «Mujoxidlar shuh’-rati» nomli tashkilottuzdi. Falastin intifodasi (1987—1993 yillarda arablarning G’azo va Iordan daryosining g’arbiy so-qilida Isroilga qarshi ommaviy chiqishlari)ning birinchi bosqichida esa «Birodar musulmonlarning G’azo sektori va Iordan daryosi g’arbiy qanoti» va «Islom jih’rdi — Falas-tin» kabi ikki tashkilotning birlashuvi asosida «XAMAS» tashkiloti tuzildi.
«XAMAS»ning siyosatini ifodalovchi «Alloh’yo`li» nomli qujjatda barcha islom davlatlariga zulm va adovat tarqatila-yotgani, buning oldini olishga va Falastinning barcha x^udu-dida islom davlati barpo etishga esa faqat jixdts yo`li bilan erishish mumkinligi ta’kidlanadi. Yuqoridagi da’vatlar bi-lan bir qatorda, Yosinning falastinliklarni yah’udiylarni qirib tashlashga chaqirib, terrorchilik amaliyotida yosh bolalar va ayollar h’am ishtirok etishi mumkin, deb fatvo berishi esa tashkilotga ko`plab o`smir va ayollarning jalb qilinishiga va uning faoliyatining yangi, o`ziga xos jih’atlar kasb etishiga zamin yaratdi.
«XAMAS» tomonidan isroilliklarga nisbatan qator terror-chilik h’arakatlarining amalga oshirilishi 1989 yilda Yosin-ning qamoqqa olinishi va tashkilotga AQShda doimiy ravishda yashab keluvchi Musa Abu Mazruqning rah’bar qilib tayinlani-shiga olib keldi. Mazruq AQSh, G’arbiy Evropa va Fors ko`rfa-zi davlatlarida «XAMAOning mah’alliy bo`limlarini shakllan-tirish va tarafdorlar sonini ko`paytirish x,isobigatashkilotni moliyaviy va tarkibiy jih’atdan mustah’kamladi.
Bugungi kunda «XAMAS» ijtimoiy-siyosiy soxada ochiqfao-liyat yurituvchi vaterrorchilik amaliyotlarini amalga oshiruvchi maxfiy jangovar tizimlardan iborat ikki qanotga ega. Ijtimoiy-siyosiy tizim tarkibidagi bo`linmalar xayriya ishlari h’amda masjid va ommaviy axborot vositalari orqali radikal islom g’oyalarini targ’ib qilish h’amda jamoat muassasalarida tashki-lotga yangi a’zolarni yollash bilan shug’ullanadi.
«Azadin al-Kassam» nomi ostida faoliyat yurituvchi jangovar tizim rasman mustaqil faoliyat yuritsa-da, aslida o`z h’arakatla-rini siyosiy tizim rah’bariyati bilan muvofiqashtirgan h’olda olib boradi. Jangovar tuzilma asosini maxsus tayyorgarlikdan o`tgan, boshqalardan qora kombinezon va «Alloh’u akbar» deb yozil-gan peshonabog’ ajratib turuvchi 300—500 jangaridan iborat guruh’ tashkil etsa-da, bir necha ming kishidan iborat yordamchi guruh’-lar h’am mavjudligini ta’kidlash zarur.
«XAMAS» jangarilari amalga oshiradigan terrorchilikh’ara-katlari Isroil askarlariga xujum uyushtirish, jamoat joylarida minalashtirilgan avtomobillardan h’amda terrorchi-kamikadzelar-dan foydalanish orqali bomba portlatish va yah’udiylar yashaydigan h’ududlarni reaktiv raketalar bilan o`qqa tutishga asoslangan.
Tashkilot bir qator mamlakatlarda o`z tarmoqlariga ega bo`lsa-da, terrorchilik faoliyatini faqat Falastin h’ududida amalga oshiradi. Boshqa joylardagi bo`limlar mablag’ to`plash, qurol-aslah’a sotib olish, ularni Falastinga olib kirish h’amda targ’i-bot-tashviqot ishlari bilan shug’ullanadi.
Keyingi yillarda «XAMAS» o`zining terrorchilik faoliya-tida ko`proqterrorchi-kamikadzelardan foydalanishga intilmoqda. Asosan o`smirlar va ayollar ishtirokida shunday usul bilan 2002 yilda 46 ta va 2003 yilda 17 marta terrorchilik h’arakati amalga oshirilgani buni tasdiqlaydi.
Bunday h’arakatlarga javoban esa Isroil h’ukumati «XAMAS» etakchilarini yo`qqilish usulini qo`llamoqda. 2003 yilda Ismo-il Abu Shanab, 2004 yilda Ah’mad Yosin, Abdel Aziz ar-Rantisi, Adnan al-Gul va Imod Abbos kabi etakchilar yo`qqilingani h’am buning isboti bo`la oladi.
Umuman olganda, «XAMAS» amalga oshirayotgan terrorchilik amaliyoti Falastin avtonomiyasiningtinch yo`l bilan shakllani-shiga g’ov bo`lib kelmoqda h’amda ko`plab begunoh’ insonlarning nobud bo`lishiga sabab bo`lmokda. Bundan tashqari, ushbu tashki-lot qo`llayotgan terrorchi-kamikadzelardan foydalanish usuli boshqa diniy-ekstremistik tashkilotlar uchun tajriba manbai si-fatida xizmat qilmoqda.
Arab—Isroil mojarosi manbaiga aylangan Falastinni ozod Qilishni o`ziningasosiy maqsadlaridan biri sifatida e’tirof qilish barobarmda o`z faoliyatida terrorchilik amaliyotini keng ; ko`lamda qo`llab kelayotgan qator diniy-ekstremistik guruxlar !mavjud bo`lib, ular ichida «Xizbulloh’» partiyasi aloh’ida o`rin tutadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling