Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
Qarshi kurash strategiyasi. Zamonaviy ekstremizm va ter-rorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ko`p qir-rali siyosatni amalga oshirishda sabrlilik va sobitlikni ta-lab etadi. Shakllanib, keng tarmoqotgan terrorizmga qarshi kurashda kuch ishlatmagan davlatlar zaiflashib o`z xalqi, mam-lakati, osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf os-tida qoldiradi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog’liqbo`lgan yago-na jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Shunday ekan, terrorizm global miqyosga chiqqan h’ozirgi sharo-itda, davlat o`z ichki va tashqi siyosatida unga qarshi kurashar ekan, ichki vatashqi omillarningta’sirini h’isobga olgan h’olda, muvozanatlashtirilgan strategiyani ishlab chiqishi kerak. O`zbekiston Respublikasi o`z taraqqiyotining o`ziga xos ji-h’atlarini, h’aligacha terrorizm, narkobiznes, noqonuniy qurol-yarog’savdosi kabi qator taxdidlar mavjud bo`lgan Markaziy Osiyo-dagi kuchlar nisbatini h’isobga olib, ishlab chiqqan ichki va tashqi siyosati aloh’ida ah’amiyatga molikdir. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ushbu strate-giyasida mamlakatimizning xalqaro h’amkorlik dasturlarida, dav-latlarning terrorizmga qarshi kurashdagi sa’y-h’arakatlarini birlashtirishda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadlari o`z ifodasini topgan. Bu soh’ada o`zbek tashqi siyosatining netizini o`z kuchlarini h’ozirgi davrning asosiy taxdidi bilan qarshi kurashga yo`nal-tirishga tayyor barcha davlatlar bilan faol h’amkorlik qilish tashkil etadi. Shu o`rinda, O`zbekiston amalda mintaqada va bu-tun dunyoda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan barcha xalqaro dastur va ikki tomonlama h’amkorlik aloqalarida faol ishtirok etayotganini ta’kidlash zarur. Shuningdek, O`zbekiston davlatining barqaror taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ichki siyosati h’am ekst-remizmning paydo bo`lishi va rivojlanishi h’amda ekstremizm-dan terrorizmning kelib chiqishini bartaraf etishga qaratil-gan faol strategiyadir. Unda ekstremizmga qarshi kurash orqali bunday tuzilmalar bag’rida voyaga etishi mumkin bo`lgan terror-chilar faoliyatining oldini olishga intilish o`z aksini topga-nini ko`rish mumkin. Bugungi kunda o`zbek davlati tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa soh’alarda amalga oshirilayotgan keng qam-rovli isloh’otlar bu kurash strategiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish, iqtisodiyot, qishloq xo`jaligi, ta’lim, xususan, o`rta maxsus ta’lim tizimi, sog’liqni saqlash, sport va boshqa soh’alardagi keng ko`lamli ijobiy o`zgarishlar bu strategiyaning tarkibiy qismi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi aqvolni belgilab beradi-gan, mamlakatdagi barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga xiz-mat qiladigan chora-tadbirlar tizimi h’isoblanadi. Kuchli iqti-sodiyotga ega O`zbekistonning barqarorligi butun mintaqaning barqarorligini bildiradi. Bu, sog’lom mutanosiblikka asoslangan, serqirra va x.ar xil darajali strategiyada ma’naviyat va mafkuraviy tarbiya aloqida o`rin tutadi. Mutaxassislar ekstremizmning paydo bo`lishi va rivojlani-shiga sabab bo`lgan omillar ichida mafkuraviy bo`shliqning ta’-siri va qadriyatlar mo`ljallaridagi beqarorlikda namoyon bo`lgan nomutanosiblikni aloqida ajratib ko`rsatadilar. Mafkuraviy bo`shliq ko`pincha kishilarda jamiyatdagi mavjud h’olatni, ijti-moiy muh’itni noto`g’ri idrok etishga, uning irodasini boshqa kishiga bo`ysundirish va dunyoqarashida agressivlikni shakllan-tirishga xizmat qiladigan nosog’lom g’oyalar bilan to`ldirilishi-ga zamin yaratadi. «Zombilashtirish» deb ataladigan"bu texnolo-giya yaxshi shakllanmagan ma’naviyat, bo`sh iroda va nosog’lom intilishlar muh’itidagina ta’sir kuchiga ega bo`ladi. Shuning uchun h’am, O`zbekiston ekstremizmga qarshi kurashda, uning paydo bo`lishi va rivojlanishini bartaraf etish ishlarida g’oyaviy tarbiya, xususan, mamlakat yoshlarida yuksak ma’naviyatni shakllantirish masalalariga aloqida e’tibor bermokda. Zero, bunday yondashuvda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, milliy o`zlikni tiklash va mustaqillikni mazmunan boyitishga asoslangan milliy istik/yul g’oyasi, ma’naviyat va ma’rifat, to`g’ri shakllantirilgan ong ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash h’amda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muh’im tizimi sifatida yuzagachiqadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling