13
qo‘shildi. Universitet o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha baka-
lavr va magistr mutaxassislarni tayyorlay boshladi.
2018-yil 16-aprelda mamlakatimiz Prezidentining
Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Islom akademiyasi va
Tosh kent islom universitetlari negizida O‘zbekiston
xalq aro islom akademiyasi tashkil etildi.
DIN SOTSIOLOGIYASI, FALSAFASI,
PSIXOLOGIYASI, FENOMENOLOGIYASINI
O‘RGANISH DAGI YANGI TENDENSIYALAR
Dinshunoslik tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya
kabi ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqdir. Bu
bog‘liqlik natijasida dinshunoslik tarkibida bir qancha
sohalar yuzaga kelgan.
Din sotsiologiyasi – din
va jamiyat munosabatlari
hamda shu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi natija-
larni o‘rganuvchi dinshunoslik sohasi. U dinning davlat,
xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida
yuzaga
keluvchi ijtimoiy voqea–hodisalarni, turli diniy jamoa-
larning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq qi-
ladi. Din
sotsiologiyasi ham ijtimoiy, ham diniy ilmlarga
tayanadi.
MA’LUMOT
UCHUN
Din tarixi —
dinlarni
tarixiy
nuqtayi nazardan
o‘rganadigan
dinshunoslik
sohasi. Unda
asosan
dinlar
yuzaga keli-
shining tarixiy
shart-sharoitlari,
asoschilari, ilk
jamoalar,
rivojla-
nish bosqichlari
va
hozirgi ho-
latiga ahamiyat
beriladi.
Quyidagi hujjatni o‘qing va mazkur qoida milliy qonun
hujjatlarida
qanday aks etganligini aniqlang.
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq...
toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusum hamda marosimlarni om-
maviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi,
shuningdek, bosh qalar bilan birga amal qilish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: