Don va don mahsulotlari ularning ozuqaviy qiymati va taom tayyorlash. Reja: Kirish


Un, un tortish usullari, assortimenti va sifatiga qo‘yiladigan talablar


Download 54.54 Kb.
bet6/8
Sana05.04.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1274943
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Don va don mahsulotlari ularning ozuqaviy qiymati va taom tayyorlash

Un, un tortish usullari, assortimenti va sifatiga qo‘yiladigan talablar
Un tortish sanoati korxonalarining geografik notekis joylashishining yo‘qotilishi, ularning yangi, ilg‘or texnika bilan jihozlanishi, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilishi, uning qat’iy assortiment belgi- langanligi, unga standart tasdiqlanganligi, un tortish texnologik tizimlarining har xilligi cheklanganligi hozirgi zamon un tortish sanoatining katta yutuqlaridir. Un, asosan, bug‘doy va javdardan, ba’zan arpa, makkajo‘xori, suli, no‘xat, soya va ba’zi boshqa ekinlardan tortiladi. Oldin turli aralashmalardan tozalangan don tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan: dag‘al yoki oddiy va mayin yoki navlab tortish usuli bilan olinadi. Dag‘al tortilganda don valets yoki tegirmon toshida bir yo‘la un qilinadi. Bunday usul bilan, asosan, javdar uni olinadi.
Bug‘doy uni (kepakli undan tashqari), odatda, mayin tortish usuli bilan olinadi. Mayin tortish usulining mohiyati shundan iboratki, unda bug‘doy doni begona aralashmalardan tozalangandan keyin yorma qilib yanchiladi, yorma yirik-maydaligiga qarab navlarga ajratilgach, yana alohida-alohida tortiladi. Un necha nav qilib tortilishiga qarab, mayin tortish bir xil navli, ikki xil navli va uch xil navli bo‘lishi mumkin.
Un tur va navlarga bo‘linadi. Uning turi un olingan don ekini bilan belgilanadi. Nima maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab, uning turlari (nonbop, makaronbop va boshqalarga) sifatiga qarab, tovar navlariga bo‘linadi.
Javdar uni. Javdar unining jaydari, qobig‘i shilingan va elangan navlari chiqariladi. Jaydari un olish uchun javdar doni jaydar mashi- nasidan o‘tkazilib, begona aralashmalardan, popuk va murtagidan tozalanadi, keyin tortiladi. Dagal tortilgan, kul rang — oq rangli va anchagina kepakli un hosil bo‘ladi. Jaydari unning kul miqdori 2% bo‘ladi. Qobig‘i shilingan un, jaydari undan farqli o‘laroq (dompo‘st shilish mashinasidan o‘tkaziladi), kepak va murtagi ikki barobar kam bo‘ladi, chunki tortish vaqtida u butun don og‘irligining 9%i miqdorida elanadi. Un nisbatan mayda va bir tekis och kul rang zarrachalardan iborat bo‘ladi. Kul miqdori 1,5% dan ortmaydi.
Elangan un — mayin tortilgan va elangan kul rangsimon oq rangli un bo‘lib, u asosan, donning o‘zak qismidan olinadi. Elangan unda kepak 1,2% dan oshmaydi, kuli ko‘pi ‘bilan 0,75% bo‘ladi.

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling