Donni saqlash va qayta ishlash
Download 0.87 Mb.
|
dondan labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning mazmuni
LABORATORIYA IShI № 3
M a v z u: Don mahsulotlarini omborxona zararkunandalari bilan zararlanish darajasini aniqlash. 1-chi.Dondagi kanalar va hashoratlarni aniqlash. 2-chi.Donning yashiringan zararlanish shakllarini aniqlash. Ishning maqsadi: Talabalarga donni saqlashda kana va hasharotlarning donni zararlantirishini,don sifatini baxolashda zararlanish darajasi muxim kursatkich ekanligini don massasining yorkin va yashirin ifodalangan zararlanishlarini aniqlashni urganish. Ishning mazmuni: Don massasida ochiq va yashirin ifodalangan zararlanish darajalarini urganish. Ishning bajarilishi: 1-ish. Donning harorat,kanalar ta’sirida zararlanishida maydon,transport vositalari,omborxonalar,inventar va taralar asosiy manba bulishi mumkin. Donning zararlanganligi avtomashinalarda yoki vagonlarda don qabul qilish korxonalariga keltirilgan donning xar bir partiyasidan olingan o’rtacha namunalarni elakdan utkazish orqali aniqlanadi. Omborxonada tukilgan holda saqlanayotgan donning zararlanganligi maydoni 100m2. bulgan xar bir bulimida olingan urtacha namunada aniqlanadi. Uyumning balandligi 1,5m .bo’lsa uchtadan, namuna yuqori qavatdan yuzadan 10sm. chukurlikda urta qism va pastki qavatlardan olinadi. Donning zararkunandalar bilan zararlangan namunasi tahlili namuna olingan kunning uzida amalga oshiriladi. Tahlil qilinishgacha namuna zararsizlantirilgan shisha bankada maxkam qopkok bilan bekitilgan holda saqlanadi. Olingan xar bir namuna aloxida tahlil qilinadi. Zararlanganlik darajasi haqida 1kg. dondagi tirik zararkunandalar soniga qarab xulosa qilinadi. Namuna diametri 1,5-2,5mm. bulgan qul elakda har minutaga 120 marta aylana holda silkitib 2minut davomida elanadi. Bu ishni mexanizasiyalashgan usulda ham bajarish mumkin. Elashda shuni hisobga olish kerakki 5o dan past haroratda kana va hasharotlar harakati sust bo’ladi,shuning uchun elakka namuna elash uchun solingan termostatda 25-30o da 10-20min. davomida isitib solinadi. Namuna elangandan keyin avvalo yirik shaqldagi zararkunandalar miqdori aniklanadi.buning uchun 2,5mm .li teshikli elak tagiga almashtiriladigan taxta quyiladi. Namunada kanalarni aniqlash uchun namuna 1,5mm .diametrli elakda elanib lupa yordamida elakdan utkazilgan kanalar soni aniqlanadi. Zararlanish darajasi 1kg. dondagi zararkunandalar soni bilan aniqlanadi. 1-20ekz. zararkunanda bo’lsa 1-darajali 20 ekz. yuqorida 2-darajali Kanalar kup bulib ma’lum bir yaxlit qobik qilgan bo’lsa-3-darajali bo’ladi. 2-ish. Ombor uzunburun zararkunandasi o’zining urug’ini donning ichki qismiga teshib quyadi va teshikcha og’zini don zarraachalari va so’lagi bilan maxkamlaydi. Bunda tiqinli joyni oddiy ko’z bilan kurish qiyin. Bunday donning yashirin zararlanish holatini aniqlash uchun o’rtacha namunadan tanlamasdan 50 dona butun don ajratilib taxta ustiga quyiladi. Xar bir don uzunasiga kesilib lupa bilan qaraladi. Zararlangan donda uzunburun zararkunandasining lichinkasi u yoki bu boskichda rivojlanishini kuzatish mumkin bo’ladi. Zaralangan don sonining taxlil uchun olingan don soniga nisbatan foiz miqdori hisoblanadi. Donning yashirin shakldagi zararlanish darajasini Brudnoy usuli yordamida quyidagi rasm yordamida aniqlash mumkin. Bu maqsad uchun o’rtacha namunadan G’0,02g aniklikdaG’texnik torozida 15g. don tortiladi. Don xar xil begona qushimchalardan tozalanadi,zaralangan donlar ham ajratiladi va rasmda kursatilganidek setkacha solinib donli setka bir minut 30o isitilgan suvli idishga botirib turiladi. Uzun burun urug’ quygan tiqinli don xajmi kattaradi. Keyin donli setkali kosaga 20-30sek. Margansovkali G’10g. KmpO4 1l suvdaG’ idishga solinib keyin don doza sovuk suv bilan yuviladi yoki vodorod peroksidli,sulfat kislota eritmasi G’1ml. 3% vodorod peroksidni 100ml. 1% sulfat kislota eritmasiga solinadiG’. 20-30sek botiriladi,bu eritmada don o’zining me’yoriy rangiga ega bo’ladi.Zararlangan dondagi tiqin qora rangli bulib xalqa tarzida ajraladi. Donni yuqoridagi eritma bilan qayta ishlangandan keyin zararlangan donni hisoblashga kirishiladi. Buning uchun don filtr kog’ozi ustiga yopilib qora nuktalari bor donlar aloxida va sog’lom donlar aloxida ajratiladi. 1kg. dondagi yashirin zararlangan donlarni hisob kitob qilish uchun 15g. tortimdan topilgan yashirin zararlangan donlar sonini 3ga bulib 200ga .kupaytiriladi. Kerakli materiallar va asboblar: Elaklar majmuasi 2,5mm. va 1,5mm. li 4-4,5marta katta kursatadigan lupa olib quyiladigan taxtalar,pinsetlar,skalpel,yumshoq shyotka, zararlangan va zarralanmagan don namunasi, reaktivlar nabori. N a z o r a t s a v o l l a r i: Don qanday zararlanishi mumkin? Donning zararlanish manbalari nimalar? Donda yorqin ifodalangan zararlanishni qanday aniqlash mumkin? Donning yashirin zararlanish shaklini qanday aniklanadi? Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling