Dunyo dinlari tarixi
-& HINDUIYLIK DINI TARIXIDAN
Download 489.19 Kb.
|
дин
13-& HINDUIYLIK DINI TARIXIDAN
Hinduiylikning paydo bo’lishi Hindiston ko‘p dinlar Vatani. Hind xalqi ming yilliklar davomida brahmanlik, keyinchalik brahmanlik bilan bir qatorda buddaviylikka ham e’tiqod qilganlar. Miloddan awalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida brahmanlik bilan buddaviylik o‘rtasida kastachilik masalasida kurash boshlandi. Brahmanlik hind jamiyatida kastachilik tartibini saqlab qolishga intilgan bo‘lsa, buddaviylik bu tartibni bekor qilishni targ‘ib etgan. Kastachilik tartibi bekor bo‘lsa, jamiyatda hukmron mavqega ega bo‘lib olgan kastalar, birinchi navbatda brahmanlar (ruhoniylar) o‘z mavqelaridan mahrum boiishlarini yaxshi tushunib yetganlar. Shuning uchun ham ular kastachilik tartibini saqlab qolish uchun jon-jahdlari bilan harakat qilganlar. Ayni paytda ular brahmanlikni eski ko‘rinishda saqlab qolish mumkin emasligini ham anglab yetganlar. Endi brahmanlar o‘z oldilariga kastachilik tartibini saqlab qolish hamda brahmanlik dinining omma orasida borgan sari ta’siri kamayib borishining oldini olish uchun bu dinni isloh qilish vazifasini qo‘yganlar. Shu tariqa, brahmanlik dinini isloh qilish — uning marosim va urf-odatlarini davrtalabiga moslashtirish boshlangan. Islohot boshlanishi bilan brahmanlik dini tarixida yangi davr keyinchalik hinduiylik deb atalgan davr boshlangan. Islohotlar kishilarning e’tiborini o‘ziga tortadigan — buddaviylik dini ibodatxonalaridan ham ulkan ibodatxonalar qurilishidan boshlangan. Endilikda, odamlar ibodatxonalarga kelib bevosita o'zlari diniy marosimlarni bajo keltiradigan boldilar. Bundan tashqari, avvallari xudolar samoviy tarzda aks ettirilgan bo‘lsa, islohot tufayli ular odamlarga o‘xshatib tasvirlanganlar va ibodatxonalarga qo‘yilganlar. Shu yo‘l bilan xudolar odamlarga «yaqinlashtirilgan». Shu tariqa, awal samoviy bo‘lgan xudolar, endilikda xalq xudolariga aylanganlar. Odamlar endi bemalol bevosita xudolar bilan muloqot qila oladigan bo‘lganlar. Shunday qilib, milodning 1- ming yilligi boshlarida hinduiylik dini vujudga kelgan. Oradan 500 yil o‘tgach, bu din davlat diniga aylangan. Yana 500 yildan so‘ng, u Hindistonda deyarli tanho mavqega ega dinga aylandi. Milodning VIII asridan boshlab, Hindistonda islom dini tarqala boshlangan. Bu dinni qabul qilmaganlar shartli ravishda «hindlar» deb atala boshlangan. Isloh qilingan brahmanlik esa keyinchalik «hinduiylik» nomi bilan ilmiy adabiyotlarga kirgan. Hinduiylik barcha dinlardagi o‘zi uchun zarur deb hisoblagan tomonlarni o‘z ta’limotiga singdira olish xususiyatiga ega bo‘lgan dindir. Xususan, u buddaviylikning insonparvarlik g‘oyalarini qabul qilgan. Shuning uchun ham bu din boshqa dinlar bilan kelisha olishi jihatiga ko‘ra ajralib turadi. Ayni paytda, bu dinga qo‘shilishni istagan qabila, xalqning asosiy sajda qiluvchi narsalarini hinduiylik xudolarining tasviri, deb e’lon qilgan. Biroq, bu dinga boshqa dindagi shaxslar yakka tartibda qabul qilinmaydi. Bunga kastachilik to‘g‘risidagi ta’limot to‘sqinlik qilar edi. Shuning uchun ham hinduiylikka qabul qilishning sharti — bu dinga kirishni istagan odamning Hindistonda mavjud bo'lgan kastaning birortasiga muqarrar mansub bo‘lishlik edi. Bu shart ta’limotga aylantirilganligi tufayli hinduiylik — milliy din bo‘lib, jahon diniga aylanmagan. Bugungi Hindiston aholisining 85 foizga yaqini shu dinga e’tiqod qiladi. Xo‘sh, Hindistonda bu dinga e'tiqod qiluvchilar ko‘pligiga sabab nima? Buning sababi — bu din ta’limotining hind millatiga mansub barcha odamlarga, shu jumladan, aholining eng mazlum qatlamlariga ham ibodatda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yishi edi. Bundan tashqari, oxirat hayoti haqidagi ta’limotida esajamiyatning imtiyozsiz toifalariga diniy taskin beruvchi jihatlarning kuchaytirilganligi edi. Shuningdek, bu din — jamiyatdagi barcha tabaqalarning istalgan vakili, shu jumladan, eng qashshoq qismi ham yaxshi sifat bilan qayta tug‘ilish istiqboliga ega, deb ham ta’lim beradi. Download 489.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling