E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet23/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

4. Fiziokratlar

Fiziokratlar (lat. – tabiat, hukmronlik) – bu XVIII asrdagi frantsuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Frantsiyada feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. O’sha davrda Frantsiyada manufaktura ancha rivojlangan bo’lsa-da, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo’jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qish-loq xo’jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisob-ladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsim-lanadi, xolos. Shunga ko’ra fiziokratlar tadqiqotni muomala soha-sidan ishlab chiqarish sohasiga olib o’tdilar va bu bilan kapi-talistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar.


Fransua Kene (1694–1774) fiziokratlar maktabining asos-chisi hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyin-chalik tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752 yilda Qirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. Tibbiyot va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug’ullana boshladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oya-lari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxiri-gacha o’sha erda yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqola-lari Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus» da e’lon qilindi. 1758 yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini ham shakllan-tirdi. Uning fiziokratik g’oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator frantsuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ’ibot qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o’sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70-yil-lariga to’g’ri keladi.
O’rganish metodi. F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining meto-dologik maslagi (platformasi) ni uning tomonidan ishlab chiqil-gan tabiiy tartib to’g’risidagi kontseptsiya tashkil etadi. Uning-cha, mazkur kontseptsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning mlddiy va ma’naviy qonunlari hisoblanadi. F.Kenening yozishicha, tabiiy tartibning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfa-ati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo’ladi. Ana shunda dunyo o’z-o’zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yi-rik er egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin. U, yuqori davlat hokimiyati davlat boshqa-ruvini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi biladigan, o’qimishli bir shaxs qo’lida bo’lishini maqsadga muvofiq deb hisoblagan.
Sof mahsulot to’g’risidagi ta’limot. F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (hozir uni milliy daromad deb atashadi) to’g’risidagi ta’limoti muhim o’rin egallaydi. Uning fikriga ko’ra, sof mahsulotning manbai er va unga sarflangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof mahsulot) ko’payi-shi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan «er in’omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq xo’ja-ligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. F.Kene: «Dehqonlar kambag’al bo’lsa, qirollik kambag’al bo’ladi, qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi», deb hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va hunarmandlar qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga etkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi. U erdagi tovarning o’sgan qiymati faqat-gina savdo va sanoat xarajatlarini qoplash vositalarini o’z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda ko’paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlarning sanoatning «unumsizligi» to’g’risidagi g’oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham boylik yaratilishini ko’rsatib beradi.
F.Kene merkantilistlarning “boylik savdoda yaratiladi” de-gan tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovar-larning ayirboshlanishi ekvivalentli bo’ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o’sishi sodir bo’lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo’q boylik hisoblagan, unga faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning boyishi pul kapitalining o’sishga emas, balki qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rivojla-nishiga bog’liq bo’ladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling