E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi
P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Frantsiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayi-shi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...»
- «Frantsiyani qoralash»
3. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti
Frantsiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646–1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o’xshab huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 yoshida Normandiyada sudyalik lavozimini egal-ladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat o’limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’liga topshirib ketdi. Sinchkov aql, jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda mamlakatning iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri XVIII asrning boshidagi Frantsiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga bo’lgan qiziqish uyg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mu-lohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 yoshida yozgan «Frantsiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayi-shi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida e’lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi. Bu siyosatning boshida o’sha davrdagi Lyudovik XIV qirolligida moliya vaziri lavozimini egal-lab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Frantsiya tovarlari eksportini rag’batlantirishni, Frantsiyaga keladigan import tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqa-rishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodiyotdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo’llarini aniq-lash P.Buagilberning keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asar-larining ham asosiy vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkan-tilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asos-lab berdi, iqtisodiy o’sishning va davlat boyligining asosi deb bilgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor qaratdi. Bunday qarash Frantsiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o’sha davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi mavqeini targ’ibot qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi. 1707 yili P.Buagilberning «Frantsiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Frantsiyaning kambag’allik holati ko’rsatildi, merkantilistik siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o’tkazish to’g’risida yangi g’oyalar ilgari surildi. Biroq ular o’zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e’tiborga olin-madi, qo’llab-quvvatlanmadi. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Frantsiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi kat-ta bo’ldi. Aynan uning asarlari merkantilistik g’oyalarning batamom obro’sizlanishi va Frantsuz klassik iqtisodiy maktabi-ning shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo’lib xizmat qildi. U Pettidan qat’iy nazar, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne’mat-lardan tashkil topadi degan kontseptsiyani ilgari surdi. Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi. P.Buagilberning muhim yutug’i, U.Pettiga o’xshab, qiymatning mehnat nazariyasini «asos-lab» berishi hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o’rtasidagi almashuv nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini hisobga olgan holda tahlil qiladi. Bu kontseptsiya nomukammal bo’lishiga qaramasdan (uning asosida sarfli printsip yotadi) o’z davri uchun progressiv hisoblanadi, negaki merkanti-listlarning bahoning shakllanishida pulning tabiiy roli to’g’ri-sidagi kontseptsiyasidan keskin farq qiladi. P.Buagilber merkantilizmni ko’p jihatdan to’g’ri tanqid qilish bilan birga, pulning iqtisodiyotdagi ahamiyatini mensi-magan holda, mamlakatning iqtisodiy o’sishida qishloq xo’jaligi ahamiyatini mutlaqlashtirdi, boylikni ko’paytirishdagi sanoat va savdoning ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni bekor kilish mumkin va zarur deb hisoblagan yagona iqtisodchi hisoblanadi, uningcha pul tovar-larning «haqiqiy qiymatlari» bo’yicha ayirboshlanishini buzadi. Birinchi Frantsuz klassigining fikri bo’yicha, iqtisodiyot-dagi asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo’jaligi hisoblanadi. P.Buagilber o’z asarlarida iq-tisodiyotning «tabiiy» qonunlari to’g’risida qayd qilib o’tadi. Davlat yuqori soliqlarni joriy etish yoki protektsionizm siyosa-tini qo’llash bilan ularga halaqit bermasligini tavsiya etadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling