E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Fizokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri


Download 0.98 Mb.
bet26/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

6. Fizokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri

Iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratlar o’ziga xos o’rinni egallaydi. A.Smit o’z vaqtida: «fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal bo’lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqti-sodiy g’oyalar ichida haqiqatga eng yaqini edi», - deb aytgan. Bu ta’limotning merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan er boylikning asosi ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklovlarini bekor qilishni taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi, ayniqsa, uni yaratishdagi meh-natning ahamiyati diqqatga sazovor: boylik - bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste’mol qiymatlar yig’indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan.


Kapital va uning ikki qismga ajratib ko’rsatilishi (asosiy va aylanma), takror ishlab chiqarish jarayonining tahlil qili-nishi, erkin sohibkorlik to’g’risidagi g’oyalar, jamiyatning sinf-larga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor muno-sabatlariga o’tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamay-tirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o’tish kerakligi to’g’risi-dagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Chunki sohibkor va tadbir-korlar shaxsiy manfaatdorlik bo’lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarining unsurlarini asosan to’g’ri hal etib berdilar.
Xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida muayyan mutanosiblik bo’lgan sharoitda takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayoni-ning uzluksiz davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muam-moni hal etishda fiziokratlar tomonidan mamlakatdagi uch sektor o’rtasidagi munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda, ayniqsa, hozirgi davrda, bunday sektorlar juda ko’p bo’lib, ular o’rtasidagi aloqalar Nobel mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish» balansida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans tarmoqlararo balans deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g’oyaning kurtaklari fizio-kratlar asarlarida yaratilgan bo’lib, u klassik iqtisodiy maktab ta’limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o’rin egallaydi.
Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuq-taiy nazaridan fiziokratizm g’oyalari o’z ahamiyatini tezda yo’qotdi va o’tkinchi xarakterga ega bo’ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqti-sodiy hayotidagi o’zgarishlar nisbatan mukammal g’oyalarning ishlab chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro’y berdi. Ayniq-sa, boylikni faqat dehqonchilik bilan bog’lab tushuntiruvchi fiziokratizm g’oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o’zgarishlar tufayli tez unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmo-nidagi yorqin yulduzning so’nishini eslatadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling