Ecologiya MurodovSh lot doc


 Evolyutsiyaning yo’nalishi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125
Bog'liq
ekologiya

7.10 Evolyutsiyaning yo’nalishi. Shunday qilib, biz yana 
bir marotaba evolyutsiyaning asosiy qonunlaridan biriga – 
evolyutsiyaning 
yo’nalish 
qonuniga 
yoki 
aniqrog’i 
evolyutsiyaning orqaga qaytmasligi qonuniga astoydil yondashdik.
Birinchi 
bor 
hayotning 
qaytmaslik 
hodisalarini 
rivojlanishiga Ch.Darvin («Proisxojdenie vidov» kitobi qarang: 
uning 1952 yilda rus tilida chop etilgan) e‘tibor berdi. U har xil 
jins va sinflarning turlari bir xil darajada o’zgarmaydi, xuddi 
shunday hammasi birdan o’zgarmaydi deb ta‘kidlagan. Biroq uzoq 
vaqt oralig’ida ushbu chegara doirasida hamma turlar o’zgaradi, 
bittasining o’zgarishi boshqasining o’zgarishiga va raqobatga olib 
boradi. Muhimi shundaki, bir marta yo’qolib ketgan tur, agar 
organik va noorganik hayotning atrofida barcha shart-sharoitlar 
takrorlanganda ham yana shunday tur paydo bo’lmaydi. Ushbu 
qoidaga oila va avlodlar ham amal kiladi. Yo’qolib ketgan 
guruhlar hech qachon qayta paydo bo’lmaydi. 
85 
116 


www.qmii.uz/e-lib 
www.qmii.uz/e-lib 
o’rganilgan. N.L. Beruchashviliga (1990) ko’ra, chegara turlari 
quyidagilarga bo’linadi: aniq, agar o’tish qatorining kengligi 
tabiiy-hududiy majmuaga nisbatan ancha kichik bo’lsa; ketma-ket, 
agar o’tish qatorining kengligi tabiiy-hududiy majmuasi bilan 
barobar bo’lsa va ekoton – o’tish qatori bitta tabiiy-hududiy 
kompleksidan boshqasiga kesishsa, unda tabiiy-hududiy 
majmualar chegarasini aniqlash juda qiyin. 
6.1-rasm. Materiyaning tarkibiy tuzilishida ekotizimlar 
holati 
Xuddi shunday ekologiyada ekoton, ekotop yoki jamoalar 
oralig’idagi o’tish mintaqasi bo’lib hisoblanadi. (Masalan: 
dengizdagi yumshoq va qattiq gruntlar orasidagi chiziq). 
Ekotonlar jamoasiga himoyalanuvchi jamoa turlarining katta 
(akvatoriya yuzasi, daryo va botqoqlik) funktsiyasi hisoblanadi. 
Shubhasiz, Yer iqlimiga ancha o’zgaruvchan kosmik 
omillar, Quyosh yorug’ligi, Yer o’qi qiyaligi, Yer orbitasi shakli 
va Yerning aylanish tezligi ta‘sir etadi va ta‘sir etish davom 
etmoqda. Iqlimning «Yerdagi» omillari uning tashqi po’sti 
(atmosfera va gidrosfera) asosan, issiq va nam almashinuv sarfi 
muvozanatini aniqlaydi.
Yer po’stidagi harakatlar transgressiyaga (dengizning 
quruqlikka kirib borishi) regressiyaga (dengizdan suvning 
pasayishi - quruqlikning paydo bo’lishi) olib keladi. Transgressiya 
davrida okean va dengizlarning maydoni ko’payadi, bu esa yerda 
namlik va issiqlik iqlimning hukmronlik qilishiga olib keladi 
(hatto baland kengliklarda). Regressiya davrida odatda 
materiklarning sathi ko’tarilish kuzatiladi, namlik va harorat 
taqsimlanishining ko’zga tashlanadigan farqi kuchayadi. Biroq 
litosfera plitasi dreyfi bilan bog’langan materiklarning global 
holati iqlimga kuchli ta‘sir etadi. O’sha davrda materiklar 
quruqligi, qutb va qutb oldi hududlarida bo’lganligidan havo 
massasi va dengiz oqimlarining tsirkulyatsiyasi kuchli ravishda 
o’zgardi va muzlash davri boshlandi. Katta muzliklar masalan 
quyi ordovik va quyi toshko’mir vaqtida, Janubiy qutb yaqinida 
Gondvan supermaterigida paydo bo’ldi (keyin Janubiy Amerika, 
Afrika, Hindiston va Avstraliya yarim orollariga parchalanib 
ketgan). 
Iqlimga yuqorida qayd etilgan omillar – vulkanizm, 
meteoritlar qulashi va boshq. ham ta‘sir etadi. Masalan vulkon 
atmosferada CO

tarkibining oshishiga va yuqori termik rejim 
mavjud bo’lishiga sabab bo’ladi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, biosfera muhitning o’zgarishini 
aniq his etdi. Qadimgi Yer atmosferasida SO2 miqdorining yuqori 
darajada mavjud bo’lishi, oldin dengiz keyin esa quruqlikdagi 
floralarning evolyutsion tezlashishi, tiklovchi atmosferani 
oksidlantiruvchi bўlishiga olib keldi. Natijada biosfera o’zi uchun 
himoya ozon ekranini yaratdi va hayotni suvdan quruqlikka 
chiqishini ta‘minladi. Atmosferada kislorodning to’planishi yer 
usti faunasining jadal rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratdi. 
Yerning iqlim tarixida har xil miqyosdagi davriy 
tebranishlar kuzatilgan. Bunda qisqa muddatda iqlim va ob-
86 
115 


www.qmii.uz/e-lib 
www.qmii.uz/e-lib 
qismi, ba‘zan esa faqat ekoton uchun tavsifli turlar kiradi. 
Ekotonda bo’lgan turlar soni va populyatsiyalar jamoasi ko’p 
hollarda uning ikki tomondagi ekotizimlardagidan ko’proq 
bo’ladi. Tirik organizmlar zichligi va xilma-xilliklarining 
ko’payish tendentsiyasi jamoalar chegarasida chetki effekt nomi 
bilan ma‘lum. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling