www.qmii.uz/e-lib
www.qmii.uz/e-lib
yig’indisi bo’lib, tizimning ichki xususiyatlarini o’zgarishiga uni
o’zining rivojlanishi olib keladi.
Bizningcha, A.M.Ivlev
qarashlarida ko’p chalkashliklar bor. Birinchidan, tizim mavjudligi
va faoliyatini olsak, ekotizim faoliyat qilmasdan oddiygina
mavjud bo’lishi
mumkin emas, faoliyat ko’rsatmasa ekotizim
mavjudligini yo’qotadi. Ikkinchidan, ekotizimda tashqi ta‘sirga
javoban reaktsiya paydo bo’lishini asoslab berish mumkin emas.
Iqlim,
quyosh energiyasi, tuproq, jinslar, relef va boshqalarni
tashqi omillar deb qarash mumkin. Lekin bu omillarni biz
ekotopga (biotop) beogeotsenozning
bir qismi sifatida
birlashtiramiz. Biogeotsenoz yoki ekotizimga nisbatan ular
nafaqat tashqi, balki ichki omil hisoblanadi. Faraz qilaylik, bu
omillar ekotizimga ta‘sir qilmay qo’ysa nima bo’ladi? Ma‘lum bir
vaqt ekotizim faoliyatini davom etkazadi. Masalan: o’txo’r
hayvonlar o’simlik
qoldiqlaridan, yirtqich-konsumentlar esa ular
bilan oziqlanadi. Shunday qilib tashqi ta‘sir ekotizimni
qo’zg’atuvchi yagona sabab emas.
6.2 Ekotizimning tashkil topishi. Har qanday tizimga
nisbatan ko’pchilik va umumiylik tushunchalari mavjud.
Ko’pchilik – matematik mantiqdagi keng hajmli tushunchadir.
Ko’pchilik boshqa tushunchalar orqali aniqlanadi. N.I. Kondakov
bo’yicha ko’pchilik - bu ularni hammasi uchun tavsifli
xususiyatga ega bo’lgan yig’indi, ba‘zi hududlarning qo’shilishi.
O’z navbatida umumiylik deganda,
bir xil belgilariga qarab
birlashtirilgan hududlar yig’indisi tushuniladi. Masalan: qazilma
organizmlar yig’indisi namunasi, zararkunandalar kollektsiyasi va
boshq.
Umumiy holda tizimlarning tashkil topishi deganda,
Do'stlaringiz bilan baham: