Ecologiya MurodovSh lot doc


Ekoton turlar chegarasi nafaqat ekotizimlarni ajratadi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Bog'liq
ekologiya

 
Ekoton turlar chegarasi nafaqat ekotizimlarni ajratadi, 
balki ularni o’ziga xos birlashtiradi. Katta ierarxik sathlarni 
tashkil topishida bog’lovchi tugun bo’lib qatnashadi. 
O’rmoncho’lni o’rmon va cho’l ekotizimlar oralig’idagi 
global ekoton sifatida qarash mumkin. Vertikal chegaralarni 
ajratish murakkabroq. Masalan, ba‘zi mualliflar (A.R.Reytyum, 
K.N.Dyakonov va boshq.). geomajmualar yuqori chegarasining 
holatini, ularning toksonomik darajasi bilan to’g’ridan-to’g’ri 
bog’liq deb hisoblashadi. Boshqa mualliflarning (masalan, 
A.G.Isachenko) ko’rsatishicha, ko’pgina atmosfera hodisalari 
(bulutlilik, yoғinlar va boshq.) qaysi balandlikda shakllanishiga 
bog’lik bo’lmagan holda, biogeotsenozda ham yuqori darajadagi 
toksonlarda ham teng ko’rsatkichda tavsiflanadi. N.L. 
Beruchashvili bo’yicha, biogeotsenozning yuqori chegarasi eng 
baland daraxtlar uchi bilan aniqlanadi. Mualliflarning fikricha, bu 
biogeotsenoz, biotsenoz yig’indisi deb tushunilib, tashqi muhit 
qayta shakllanishi (o’zaro ta‘sir), ko’proq (bu holda havo massasi) 
o’simlik qatlamlarida seziladi. 
Quyi chegarani belgilashda umumiy tushuncha yo’q. 
M.A.Glazovskiy quyi chegarani o’simliklar tizimi ildizlarining 
asosiy qismi joylashgan (99% ko’proq) quyi sathdan o’tkazishni 
tavsiya qiladi. 
Boshqa mualliflar esa uni yumshoq va asosiy tog’ jinslari 
birlashgan joydan, sizot suvlari sathi-holatiga qarab, doimiy 
o’zgarmas harorat chuqurligi va boshqalar orqali o’tkazishni taklif 
qiladi. Bu holatda ba‘zi neftgaz qatlami mavjud bo’lgan 
hududlarda yer yuzasidan 3-4 km chuqurlikda topilgan anaerob 
bakteriyalarni nima qilish kerak? 
Ekotizimlarning vaqtinchalik chegaralari undan ham 
murakkabroq masala. Vaqtning bir tomon yo’nalishiga bog’liq 
Yirik meteoritlarning qulashi davrida katta miqdorda 
energiya ajralib chiqadi: kraterning diametri 1 km bo’lganda – 
1,2·10
18
, 100 km – 3·10
24
va 1000 km – 5·10
27
J ajralib chiqadi. 
Bu 1883 yilda insoniyat tarixida eng yirik halokatli vulkan 
hisoblangan Krakatau vulkoni portlashidan (portlash energiyasi 
1,8·10
22
J) hosil bo’lgan energiyadan 5 martaga ortiqdir.
Taqqoslash uchun AQSh termoyadro uskunalarida hosil qilingan 5 
Mt portlashda 8 seysmik magnit qimirlash sodir bo’ladi va 
5,7·10
16
J energiya ajralib chiqadi. 
Hayvonlarninng eng ko’p qirilib ketishi ma‘lum mezozoy 
va kaynazoy eralari chegarasida sodir bo’lgan. Shu munosabat 
bilan Moskvada (1984) bo’lib o’tgan XXVII Xalqaro geologik 
kongressda professor D.Mak-Larenning (Kanada) faunalarni 
global qirilib ketish davri iridiyani, indikator sifatida 
cho’kindilarda meteorit moddalari aralashmasining katta tarkibi, 
unchalik uzoq bo’lmagan vaqtda avj olganligi to’g’risidagi 
ma‘ruzasi qizg’in kutib olindi. Ortiqcha iridiya miqdori bo’r 
davriga qarashli qatlamlarida topilgan. Yer bilan to’qnashgan 
meteoritning diametri 10 km ga yaqinligi aniqlandi. Astronom A. 
Krjivskiy xuddi shu kongressda, portlashdan hosil bo’lgan 
energiya 10
4
– 10
6
vodorod bombasi portlashiga 100-1000 metr 
balanlikka ega bo’lgan tsunami to’lqini (meteoritlarning 
okeanlarga qulashi), bug’langan suvdan hosil bo’lgan bulutning 
diametri 100-1000 metr va balandligi 100 km bo’lib, u 
mintaqalarning qirg’oq oldi qismlarida xarobalik va global sovuq 
tushishiga sabab bo’ladigan energiyaga teng. Bu mezozoy 
erasidagi stenoterm organizmlarga halokatli ta‘sir qildi. M.I. 
Budiko (1982) taklif qilganidek, mezozoy davrining ikkinchi 
yarmida atmosferada kislorod miqdorining kamayishi vaziyatni 
qiyinlashtirdi, bu esa ko’plab hayvonlarning biologik qarshiligini 
kamaytirdi, xususan yirik va uchadiganlarning (masalan 
dinozavrlar) biologik karshiligini kamaytirdi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling