Ecologiya MurodovSh lot doc
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
7.6 Zilzila va vulkanizm. Bu jarayonlarning juda katta
energiyasi shubhasiz organizmlar evolyutsiyasi va ekotizimlarning muhim tashqi omillari hisoblanadi. Seysmik energiyaning quvvati 10 7 kvt/yil, zilzilaning maksimal energiyasiga esa –5,6·10 24 erg. Bir yilda 1 mln. ga yaqin zilzilalar ruyxatga olinadi, shulardan 100 ga yaqini vayronalik keltiruvchi hisoblanadi. Vulkanlardan yanada ko’proq issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. U taxminan 1000 marotaba zilzilaning kinetik energiyasidan ortiq bo’ladi. Ye.K. Marxininning (1965) hisoblari bo’yicha, vulkandan otilib chiqayotgan mahsulotlarning bir yildagi massasi –9,3·10 8 t. bo’lib, Yerning butun mavjud bo’lgan tarixi davomidagi umumiy massasi -14·10 8 t. tashkil etadi. 90 111 www.qmii.uz/e-lib www.qmii.uz/e-lib harorati nisbatan yuqori bo’lgan geologik davrda shakllangan. Bunday davr uchun kuchli tropik rivojlangan geografik mintaqalar tuzilishi xosdir. Sovuq davrlarda ikkinchi turdagi mintaqaviylik hukmronlik qilgan: geografik mintaqalarning va poyaslarning umumiy miqdori ko’paydi, ichki tropik bo’shliq qisqardi va mintaqalar chegarasi ekvatordan surilib, uning hisobiga tropiklarda tashqari bo’shliq kengaydi (Markov va boshqalar, 1978, b. 137-138). Issiq davrda, masalan poleogenda deyarli butun Grelandiya tropik mintaqa chegarasida joylashgan edi. O’sha paytda iqlim shunchalik iliq ediki, hatto shimoliy qutbda o’rtacha yillik harorat 15-17 0S tashkil qilgan. Quruqlik relefi, asosan tekisliklardan iborat bo’lib, u uncha chuqur bo’lmagan, yaxshi isiydigan dengizlar bilan qurshalgan. Paleogen davri oxirida (oligetsenda) iqlimning global sovishi kuzatilib, uni ko’pchilik mualliflar quruqlikning ko’tarilishi va tog’lar paydo bo’lishi bilan bog’lashadi. Sovush tendentsiyasi miotsenda (quyi neogen) yanada kuchaygan. Natijada Yer yuzasi tuzilishida mintaqaviy o’zgarish paydo bo’ldi. Pliotsenda (yuqori neogen) uning qayta qurilishi sodir bo’lgan. Tropik mintaqa qisqarib, muntazam bir - necha mustaqil mintaqalarga bo’linadi. Pliotsenda (to’rtlamchi davr) maksimal sovush va muzlash davrida mintaqalar tuzilishining qayta qurilishi yuqori nuqtaga yetdi. Yer tarixida eng murakkab bo’lgan hozirgacha, ba‘zi o’zgarishlari bilan saqlanib qolgan geografik mintaqaviylik vujudga keldi. Bu bizning muz qoplamlari (Antarktida, Grenlandiya, baland tog’lar va boshq.) keng tarqalgan sovuq davrda yashayotganligimizga asos bo’ladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling