Elektr mexanikasi va texnologiyalari
Bir fazali ko‘priksimon sxema
Download 1.41 Mb.
|
2-курс.Ma\'ruza 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rtacha nuqtali uch fazali sxema.
Bir fazali ko‘priksimon sxema. Ushbu sxemada nol nuqtali sxemadan farqli ravishda transformator bitta tarmoq va bitta ventil chulg‘amiga ega. Ventil chulg‘ami eyuk ning ta’sir etuvchi qiymati va transformatsiyalash chulg‘ami (1) va (2) ifodalardan aniqlanadi. Bu sxemada ventil chulg‘ami tokining ta’sir etuvchi qiymati to‘g‘rilangan tok qiymatiga teng va
Demak, ventil va tarmoq chulg‘amlari quvvati quyidagiga teng bo‘ladi va transformatorning mo‘ljallangan (tipik) quvvati Kommutasion burchak quyidagi tenglamadan aniqlanadi: Bundan ko‘rinadiki, avvalgi sxemadan farqli ravishda, ushbu sxemada chulg‘amlarning qisqa tutashuv induktivligining kommutatsiya davomiyligiga ta’siri ikki marta kattaroq ekan. Demak, shuni ta’kidlash zarurki, chulg‘amlarning joylashishiga qarab o‘rtacha nuqtali transformatorda va ko‘priksimon sxema uchun mo‘ljallangan ikki chulg‘amli transformatorda qisqa tutashuv induktivliklari tubdan farqli bo‘lishi mumkin. Ikkinchi turdagi transformatorda ventil chulg‘amlarning tejamli va hajmining kichik qilib bajarilishi tufayli tarqoq induktivlik qiymatining kamayishi va ikkala sxemada ham kommutasion davomiylikning amalda tenglashuvini kuzatish mumkin. Ko‘priksimon sxemada to‘g‘rilangan (chiqish) kuchlanishi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: va undan nol nuqtali sxemaga nisbatan induktivlikdagi va ventildagi kuchlanishlar pasayuvining ortganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga, ushbu sxemada ventil chulg‘amlar tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi yo‘qdir va transformatordan foydalanish ortadi; bu esa to‘g‘rilagichning chiqishidagi tok bir xil bo‘lganda transformatorning tipik quvvati sezilarli kamayishini ta’minlaydi. O‘rtacha nuqtali uch fazali sxema. Uch fazali o‘rtacha nuqtali sxemada ventil chulg‘amlari «yulduzcha» ulanib, tarmoq chulg‘amlari albatta «uchburchak» ulanadi; bunday «uchburchak» ulash ventil chulg‘ami toki o‘zgarmas tashkil etuvchilarining transformatorga ta’siri kamaytiriladi Bunday sxema uchun transformator ventil chulg‘ami e.yu.k. ning ta’sir etuvchi qiymati ifodadan aniqlanadi, ventil chulg‘am tokining ta’sir etuvchi qiymati esa toklarning vaqt diagrammasidan kelib chiqib ga teng bo‘ladi; tarmoq chulg‘ami tokining ta’mir etuvchi qiymati ga teng. Keltirilgan sxemaning asosiy kamchiligi ventil chulg‘amlari alohida fazalarida tokning o‘zgarmas tashkil etuvchilarining mavjudligidir. Ular natijasida ventil chulg‘amlari m.yu.k. ning qismini hosil qilgan m.yu.k. nomuvofiqligi (nebalans) hosil bo‘ladi va transformatorning magnit o‘zagida yo‘nalishi va vaqt bo‘yicha o‘zgarmas ortiqcha magnit maydoni hosil bo‘ladi. Bu magnit oqimi barcha sterjenlardan oqib o‘tadi, yarmodan havo orqali transformator bokiga ham o‘tadi; bu esa transformator o‘zagining kesim yuzasini kattaroq tanlashga majbur etadi, hamda qo‘shimcha quvvat isroflari paydo bo‘lishiga olib keladi. Zigzag ulanganda tarmoq va ventil chulg‘amlarining mo‘ljallangan quvvatlari Ventillardagi kommutasion burchagi quyidagi ifodalardan aniqlanadi: va yuklardagi to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati quyidagiga teng bo‘ladi: Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling