Elektr mexanikasi va texnologiyalari


O‘zgartkich transformatorlar parametrlarining to‘g‘rilash sxemasiga bog‘liqligi


Download 1.41 Mb.
bet27/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

O‘zgartkich transformatorlar parametrlarining to‘g‘rilash sxemasiga bog‘liqligi
O‘zgartkich transformatorlarini loyihalash (yoki tanlash) uchun bajariladigan hisoblashlarda dastlabki qiymatlar sifatida to‘g‘rilangan kuchlanish , tok larning o‘rtacha qiymatlari va tarmoq kuchlanishining effektiv qiymati qabul qilinadi.
Transformator asosiy parametrlarini hisoblash uchun qo‘llaniladigan bog‘lanishlar tarkibida boshqarilmaydigan o‘zgartkichlarda kommutatsiyalararo va kommutasion oraliqlar qatnashadilar; bu bog‘lanishlar boshqariluvchi o‘zgartkichlarda to‘g‘rilangan kuchlanishning eng katta qiymatlariga mos keladi.

Nazorat uchun savollar

1.O‘zgartkich agregatlar transformatorlari mo‘ljallangani qanday turkumlarga bo‘linadi.


2.O‘zgartkich transformatorlari eksplutatsiyasi jarayonida qanday sodir bo‘ladi.
3.Uch fazali o‘zgartkich transformatorlar tarmoq chulg‘amlari qanday usulda ulanadi.

11-Ma’ruza: Rostlagichlar. Rostlagich sxemalarining xususiyatlari. Rostlagichlarning universal blokli tizimlari


Reja:
1. Rostlagichlar
2. Rostlagich sxemalarining xususiyatlari.
3. Rostlagichlarning universal blokli tizimlari
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy:Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi:Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.

Ushbu sxemada ga mos keluvchi to‘g‘rilangan tok ideal silliqlangan deb faraz qilinadi.


Kommutasion jarayonni hisoblash uchun ishlatiladigan ifodalarni va tenglamalar yordamida aniqlanadi; bunda tenglamalardagi ikkilamchi chulg‘am tarqoq induktivligi transformatorning to‘la tarqoq induktivligi bilan almashtiriladi; to‘la tarqoq induktivlik esa transformatorning tarmoq chulg‘ami tarqoq induktivligini ventil chulg‘amiga keltirilgan qiymati bilan ventil chulg‘ami tarqoq induktivligi yig‘indisiga teng deb olinadi.
Qisqa tutashuv induk-tivliklarining bunday holatda kiritilishi natijasida va tenglamalardagi e.yu.k. yuksiz ishlash rejimidagi holatdagidek birlamchi chulg‘am kuchlanishi va transformatsiyalash koeffisienti orqali aniqlanish imkoni yaratiladi.
Transformator yuksiz ishlagandagi ikkilamchi chulg‘am e.yu.k. ning ta’sir etuvchi qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1)
Transformatsiyalash koeffisienti quyidagicha aniqlanadi:
(2)
Ventil chulg‘amlar tokining ta’sir etuvchi qiymati aniqlanishida quyidagilar taxmin qilinadi: o‘zgartkich transformatorlari chulg‘amlaridagi tokning shakli, ushbu vaziyatda, ishorasi o‘zgaruvchi to‘rtburchak shaklga yaqin, yon tomonlari nishabligi kommutasion oraliqlarga mos keluvchi trapesiyadan iborat va ularning har biri galma-galdan kuchlanishning musbat va manfiy yarim davrlarida oqadi; demak tokning ta’sir etuvchi qiymati
Birlamchi chulg‘am ta’sir etuvchi tokini aniqlashda yuksiz ishlash toki e’tiborga olinmaydi:

Tarmoq chulg‘amining quvvati ga teng, bunda Rd0qUd0Id – yukning quvvati.
Ikki ventil chulg‘amining umumiy quvvati

O‘zgartkich transformatorlarining mo‘ljallangan (tipik) quvvati birlamchi va ventil chulg‘amlari mo‘ljallangan quvvatlarining yarim yig‘indisiga teng:

Ventillardagi tokning kommutasion burchagi quyidagi ifodadan aniqlanadi:

Ventillar orasidagi kommutasion oraliqdan kelib chiqqan induktivlikdagi kuchlanishlar pasayuvining o‘rtacha qiymati

ga teng. To‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati esa quyidagiga teng:

bunda ud0 – yuksiz ishlagandagi to‘g‘rilangan kuchlanish qiymati; va - chulg‘amlardagi aktiv qarshilik va ventillar qalinligi tufayli hosil bo‘lgan kuchlanishlar pasayuvi.
Nol chiqish (klemma) li sxemalar shu bilan ajralib turadilarki, ikkilamchi chulg‘amlarda bir tomonga yo‘nalgan tok oqadi; uning tarkibida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilari mavjuddir; ventil chulg‘amlari m.yu.k. ning o‘zgarmas tashkil etuvchisi kompensatsiyalash uchun bir fazali ikki sterjenli transformatorlarda 3-rasmdagi sxema qabul qilinadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling